|
Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
|
bet | 14/16 | Sana | 28.12.2019 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #5865 |
§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: _________________________________________________ ___________________________________________________________
b) tarbiyaviy: ______________________________________________
___________________________________________________________
d) rivojlantiruvchi:__________________________________________
___________________________________________________________
s) Darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar:__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Populatsiya o‘zidan kichik tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan, tur doi- rasidagi mustaqil evolutsion rivojlanishi mumkin bo‘lgan evolutsiyaning bosh- lang‘ich birligidir. Populatsiya individlardan tashkil topgan. Har qanday foydali mutatsiyaga ega bo‘lsa ham yakka organizm hech qachon evolutsion jarayonni sodir etolmaydi. Individlarning evolutsiya jarayoniga qo‘shadigan hissasi ko‘payish jarayonida genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazishdan iborat. Tur darajasida, ya’ni tur ichida sodir bo‘ladigan, yangi populatsiya, kenja tur, tur paydo bo‘lishiga olib boradigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi.
Populatsiya evolutsiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolutsion jarayon populatsiya ichida boshlanadi. Populatsiya individlari orasida doimo irsiy o‘zgaruvchanlik paydo bo‘lib turadi. Jinsiy ko‘payish tufayli bu o‘zgaruvchanlik populatsiya individlari orasida tarqaladi. Populatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali o‘zgarishlarga ega bo‘lgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolutsion jarayonlarda populatsiya kenja tur va turlarni hosil qiladi. Populatsiya genofondning yo‘naltirilgan o‘zgarishlari tabiiy tanlanish natijasida kechadi. Tabiiy tanlanish tufayli populatsiyalarning genofondida foydali, ya’ni mazkur muhit sharoitida organizmlarning yashab qolishini ta’minlaydigan genlar mustahkamlanadi. Ularning ulushi orta boradi va genofondning umumiy tarkibi o‘zgaradi.
XX asrga kelib irsiyat va o‘zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o‘rganila boshlandi. Genetika, ekologiya, molekular biologiya singari bio- logiyaning yangi shoxobchalari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo‘shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Evolutsiya sintetik nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Populatsiya - evolutsiyaning eng kichik, elementar birligi.
Populatsiya genetik tarkibining o‘zgarishi evolutsiyaning elementar hodisasi hisoblanadi.
Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik hisoblanadi.
Evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillari: populatsiya to‘lqini, genetik- avtomatik jarayonlar (genlar dreyfi), migratsiya, alohidalanish, yashash uchun kurashda yuzaga chiqadigan tabiiy tanlanishdan iborat.
Mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiya to‘lqini va alohidalanish tasodifiy yo‘naltirilmagan xarakterga ega omillardir.
Evolutsiyaning yo‘naltiruvchi omili yashash uchun kurash asosida paydo bo‘ladigan tabiiy tanlanishdir.
Evolutsiya asta-sekin va uzoq davom etadigan jarayondir.
Tur o‘zaro bog‘langan, morfologik, fiziologik va genetik jihatdan farq qiladigan, biroq reproduktiv jihatdan alohidalashmagan birliklar - kenja turlar va populatsiyalardan tarkib topadi.
Allellar almashinuvi, genlar oqimi tur ichidagina ro‘y beradi.
10.Evolutsiya divergent xarakterga ega, ya’ni bir turdan bir necha turlar kelib chiqishi mumkin, ba’zan esa yagona bir turdan boshqa yagona tur kelib chiqishi mumkin.
Mikroevolutsiya tur doirasida, makroevolutsiya turdan yuqori sistematik birliklarda yuzaga keladigan evolutsion jarayonlarni ifodalaydi
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
1.Genlar dreyfini tushuntirib bering.
2.Populatsiya to‘lqinini tushuntirib bering.
3.Alohidalanishni tushuntirib bering.
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
53- Mavzu: Turlarning paydo bo‘lishi.45 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mutatsiyalarga boy bo‘lgan populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul belgilarining ajralishi - divergensiya bilan bog‘liq .Individlar bir tur doirasida har xil populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo‘lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchisi - tur paydo bo‘lishining har xil organizmlarda turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan tabiiy tanlanish tufayli bir turga mansub populatsiyalar o‘rtasidagi farqlar tobora ortib boradi. Oqibatda bir tur doirasida bir-biridan belgi-xossalari bilan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo‘ladi.
Yashash uchun kurash ko‘pgina hollarda oraliq formalarining sekin-asta kamayib, qirilib ketishiga, o‘zgargan muhitga moslashganlarining esa yashab qolishiga sababchi bo‘ladi.Buning oqibatida tarixiy jarayonda bitta ajdod tur bir necha yangi turlarni vujudga kelti- rishi mumkin. Darvin ta’limotiga binoan yangiturlar tabiatda organizmlarda paydo bo‘lgan kichik o‘zgarishlarning bo‘g‘in- dan bo‘g‘inga irsiylanib, to‘planib borishi hisobiga vujudga keladi. Bir tur doirasidagi organizmning har xil sharoitga muvofiqlashuvi natijasida bir necha turlar hosil bo‘ladi, 106-rasmda siz A turdan vaqt o‘tishi bilan uchta, В turdan ikkita yangi tur kelib chiqqanligini ko‘rib turibsiz. Bu yangi turlardagi o‘zgarishlar o‘z navbatida 14 ta yangi turni hosil qilganligi ifodalangan. Ayrim hollarda bir tur asta-sekin o‘zgarib, boshqa turga aylanadi. Turlarning son jihatdan ko‘paymay o‘zgarib, E, F turlarning E10, F10 turlariga aylanganligi bunga misol bo‘la oladi.Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi. Bu ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, har qanday biologik tur politipik tuzilishga ega ekanligi, ya’ni bir-biridan ozmi-ko‘pmi morfologik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan farq qilgan individlardan tashkil topganligi yanada oydinlashdi. Yangi turning paydo bo‘lishi ajdod turning yagona, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan genlar, xromosomalar majmuasini buzib, yangi genofondini vujudga keltirish orqali amalga oshadi.
Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil yo‘nalishda kechadi .
Allopatrik yoki geografik tur paydo bo‘lishi.
Simpatrik yoki ekologik tur paydo bo‘lishi.
Tur paydo bo‘lishining birinchi turida geografik to‘siqlarning paydo bo‘lishi, ikkinchi turida reproduktiv to‘siqlarning paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.
Allopatrik yo‘nalish yoki geografik alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi.
Tur areali kengayganda yoki yirik geo- logik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari ham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografik alohidalanish natijasidir (43-rasm).
.
45-rasm. Geografik alohidalanish. Qirg‘ovulning kenja turlari.
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
Tur paydo bo‘lishida mutatsiyalarning ahamiyatini izohlang.
Allopatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
Simpatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
Allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lish jarayonlarini taqqoslang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq. Botanika va zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lishiga misollar keltiring.
Allopatrik tur hosil bo‘lishi
|
Simpatrik tur hosil bo‘lishi
|
|
|
2-topshiriq. Tur paydo bo‘lish bosqichlarini sxema tarzida ifodalang.
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
54- Mavzu: Evolyutsiyani isbotlashda molekulyar biologiya, sitologiya, embriologiya fanlari dalillari.46 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yirik sistematik birliklarning hosil bo‘lishi uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi. Turdan yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya deyiladi. Mikroevolutsiya qisqa muddatda yuz berishi mumkinligi sababli bu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish mumkin. Makroevolutsiya, ya’ni turdan yuqori bo‘lgan sistematik birliklar: avlod, oila, turkum, sinf, tiplardagi evolutsion jarayonlar million yillar davomida amalga oshgani sababli uni bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois makroevolutsiya bilvosita dalillar, ya’ni qadimgi davrlarda yashab o‘lib ketgan mavjudotlarning hozirgi paytda yashab turganlari bilan, shuningdek, keyingilarining tashqi, ichki tuzilishi, rivojlanishi, ularning hayotiy jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi hisoblanadi. Chunki mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiyaning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil bo‘lishi, evolutsiyani harakatlantiruvchi omillari makroevolutsiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Makroevolutsiyani isbotlashda bir qancha fan dalillaridan foydalaniladi.
Molekular biologiya. Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida oqsillar va nuklein kislotalar hujayra hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir.
Kelibchiqishiyaqinvauzoqbo‘lganturlarningma’lumbirtarixiytaraqqiyotdavridamakromolekulalardagio‘zgarishlarnianiqlashuchunmakromolekulalar (DNK)niduragaylash, oqsil (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) molekulatarkibidagiaminokislotalarningjoylashishtartibinibelgilashvaboshqausullarqo‘llaniladi. MolekularbiologiyarivojlanishininghozirgiholatiharxilturlargamansuborganizmlarDNKsidaginukleotidlar, oqsilmolekulasidagiaminokislotalarjoylashishidagio‘zgarishlarnitahlilqilishvaoqibatdaularorasidagio‘xshashlikvafarqlardarajasinianiqlashmumkinliginiko‘rsatmoqda. Har bir aminokislotani oqsil molekulasidagi almashinuvi bir, ikki, uch nukleotidlarning o‘zgarishi bilan aloqador. Shu bois u yoki bu oqsil molekulasidagi aminokislotalar almashinuvini e’tiborga olib, ana shu oqsil molekulasi sintezida qatnashgan gen tarkibidagi nukleotidlar almashinuv miqdorining maksimum va minimumini kompyuter yordamida hisoblash mumkin. Olingan ma’lumotlarga asoslanib ma’lum vaqt mobaynida oqsil molekulasida o‘rtacha qancha aminokislota almashinilganligi, gen tarkibidagi nukleotidlar joylanishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganligi to‘g‘risida hukm chiqarish mumkin
Odam eritrotsitlaridagi gemoglobin oqsili o‘zaro o‘xshash ikkita a va ikkita P zanjirdan tashkil topgan. a zanjirning har bir 141 tadan, p zanjirning har bir zanjiri 146 tadan aminokislota qoldig‘idan iborat. Gemoglobinning a va P zanjirlari o‘zaro farq qilsa ham, ulardagi aminokislotalarning joylanish izchilligi bir-biriga o‘xshash. Bu holat gemoglobin a va P zanjirlari tarixiy jarayonda yagona polipeptid zanjir divergensiyasi natijasida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Organik olamning tarixiy taraqqiyotida turli hayvon guruhlarida mutatsion o‘zgaruvchanlik tufayli a va P zanjirda ham aminokislotalar almashinuvi sodir bo‘lgan.
Evolutsiyaning molekular soatlari. Odatda bir qancha turlarda oqsillar divergensiyasini aniqlash orqali ularning bir-biridan ajralish muddati haqida mulohaza yuritiladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar almashinuviga qarab u yoki bu avlod oila, turkum, sinf, tiplarning divergensiya muddati aniqlanadi. Masalan, P- globin oqsili shajarasini o‘rganish natijasida uning tuzilishi bundan 400 mln yil oldin odam bilan karp balig‘i, 225 mln yil oldin yexidnalar bilan odam, 70 mln yil oldin it bilan odam ajdodlarida o‘xshash bo‘lgan degan xulosaga kelindi.
Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, hayvon, odam hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji apparatining borligi, barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam turli xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi.
Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini urug‘langan tuxum hujayra - zigotadan boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi, murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinfi: baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrional rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, ularning bosh, tana, dum, tomoqlari yonida jabra yoriqlari bo‘ladi. Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o‘xshashlik kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi, turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos belgi-xossalar paydo bo‘la boshlaydi. Chunonchi, gorilla bilan odam embrioni dastlab o‘xshash bo‘lsa-da, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligini ko‘rish mumkin.
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
Makroevolutsiyaning mohiyatini ochib bering.
Evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari nimalardan iborat?
Genlarning o‘zgarishiga nima sabab bo‘ladi?
A. N. Seversovning filoembriogenez nazariyasini qanday izohlaysiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.
Biologik qonunlar
|
Kim kashf etgan
|
Qonunning mohiyati
|
Biogenetik qonun
|
|
|
Embrionlarning o‘xshashlik qonuni
|
|
|
Filoembriogenez nazariyasi
|
|
|
2-topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Fan dalillari
|
Ta’rifi
|
Misollar
|
Rudiment organlar
|
|
|
Atavizmlar
|
|
|
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
55- Mavzu: Evolyutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya,
paleontologiya fanlari dalillari.47 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Solishtirma anatomiya. Makroevolutsiyani isbotlashda gomologik, ana- logik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya katta.
Gomologikorganlar.Bajaradiganfunksiyasidanqat’inazartuzilishivakelibchiqishijihatidanbir-birigao‘xshashorganlargomologikorganlardebataladi. Umurtqalihayvonlarningquruqlikda, suvda, havodatarqalganvakillaridaoldingioyoqyurish, yerqazish, uchish, suzishvazifasinibajaradi. Lekin ularning hammasida oldingi oyoq yelka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat (44-rasm). Gomologik organlar o‘simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no‘xat gajaklari, zirk va kaktus tikanlari shakli o‘zgargan bargdir.
Analogik organlar deyilganda bajaradigan funksiyasi jihatidan o‘xshash, ammo kelib chiqishi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kak- tusning tikanlari barg, do‘lananing tikanlari poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epidermis o‘simtalarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan (45-rasm). Boshoyoqli molluskalar ko‘zi bilan umurtqali hayvonlarning ko‘zi ham analogik organlarga misoldir. Boshoyoqli molluskalarda ko‘z ektoderma qavatining cho‘zilishidan, umurt- qalilarda bosh miya yon o‘simtasidan rivojlanadi.
44-45-rasm.Gomologik va analogik organlar.
Rudiment va atavizmlar. Evolutsion jarayonda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va ma’lum funksiyani bajargan. Evolutsion jarayonda ular o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan (46-rasm).
O‘simliklar ildiz poyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Rudiment organlar o‘simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Otning ikkinchi va to‘rtinchi bar- moqlari, kitning dumg‘aza va orqa oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar ham rudiment organlardir. O‘simlik, hayvon va odamlardagi rudiment organlar muhim evolutsion dalil hisoblanadi.
Paleontologiya. Paleontologik ma’lu- motlar qadimgi o‘simlik va hayvonot dun- yosini bilib olishga, tashqi qiyofasini tik- lashga, fauna va floraning qadimgi va hozirgi vakillari orasidagi aloqani ko‘rsatib berishga imkon beradi. Biologiya fanida to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi ekanligidan guvohlik beradi. O‘simliklar va hayvonlar o‘zgarib organik olamning hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar, aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Qattiq skeletga ega bo‘lmagan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nom- nishon qoldirmagan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o‘lib ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari birmuncha to‘liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shliflarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin.
Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelatsiya qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio - qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab, nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
46-rasm. 1 - uchmaydiganqush- kiviningqanotskeletisuyaklariqoldig‘i; 2 - kitningdumg‘azavaorqaoyoqskeletiqoldiqlari.
Yangimavzunimustahkamlash:
1.Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillarini keltiring.
2.Evolutsiyani isbotlashda embriologiya fan dalillarini keltiring.
3.Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillarini keltiring.
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
56- Mavzu: Evolyutsiyani isbotlashda biogeografiya fani dalillari.48 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga evolyutsiyani isbotlashda biogeografik dalillar to`g`risida umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o‘simliklar olami murakkabligi jihatidan bir xil emas. Ba’zi qit’alarda tuzilishi va funksiyasi bo‘yicha nisbatan oddiy, boshqalarida esa o‘ta murakkab hayvonlar va o‘simliklar tarqalgan. Hayvon va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografik viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq urug‘li, yopiq urug‘li o‘simliklar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi yashovchilar hamda quruqlikdagi sporali o‘simliklarning tarqalishini asos qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e’tirof etilgan Avstraliya, Neotropik, Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Paleoarktik biogeografik viloyatlarning hayvonot va o‘simliklari bilan tanishamiz.
Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelan- diya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda sutemizuvchilar sinfining tuban vakillari tuxum qo‘yib ko‘payuvchi- o‘rdak- burun, yexidna, xaltali hayvonlardan kenguru, xaltali krot, xaltali tiyin, xaltali bo‘ri, xaltali ayiq tarqalgan.
Yo‘ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruv- chilar, ko‘rshapalaklar, dingo itidan iborat bo‘lib, bu hayvon turlari o‘zga qit’alardan o‘tgan, deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi qushlar nihoyatda rang- barang: jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi, tuyaqushlardan emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilar tuzilishi jihatidan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan. O‘rmonlarda evkaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni ko‘rish mumkin.
Neotropikbiogeografikviloyat. JanubiyvaMarkaziyAmerikahamdaMeksikaningtropikqismi, Karibarxipelagidaniborat. Mazkurviloyatdasutemizuvchilardangajakdumlimaymun, gajakdumliayiq, pampasmushugi, skuns, dengizcho‘chqasi, JanubiyAmerikatulkisi, tubanvakillardanopossum, zirhlilar, chumolixo‘r, yalqov, qushlardankolibri, yapaloqqush, tasqara, nandu, sudralibyuruvchilardanalligatorlar, iguana, ilonlaruchraydi.
Hindomalay biogeografik viloyati. Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Yava Sumatra, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda o‘rmonlar juda ko‘p. Faqat Hindistonning g‘arbiy qismi cho‘l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida primatlardan - orangutan (odamsimon maymun), gibbon, chala maymunlar - tupaylar, hind fili, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir, nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar, sudralib yuruvchilardan - zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko‘zga tashlanadi. O‘rmonlarda bambuk, banan, qora daraxtlar o‘sadi.
Habashiston biogeografik viloyati Afrikaning markaziy, janubiy qismini, Madagaskarni egallagan. Bu viloyatning o‘ziga xos hayvonot dunyosi martishka, lemur, arslon, fil, begemot, oq va qora ikki shoxli nosoroglar, jirafa, zebra, giyena itlari, odamsimon maymunlar - gorilla, shimpanze, sudralib yuruvchilardan agama, xameleonlar keng tarqalgan. Afrikaning g‘arbiy va tog‘li joylari tropik o‘rmonlar, qolgan qismi esa savannalardan iborat. Ularda baobab, qizil daraxt, palma, akatsiya, daraxtlarda o‘suvchi o‘simliklar - epifitlar keng o‘rin olgan.
Paleoarktik biogeografik viloyati butun Yevropa, Osiyoning shimoliy, markaziy qismini, Afrikaning shimoliy qismini egallagan. Nihoyatda katta hududga ega bo‘lishiga qaramay, bu viloyatda sutemizuvchi hayvonlarning boshqa viloyatlarda uchramaydigan birorta ham turkumi yo‘q. Bu viloyatda tuyoqli hayvonlardan ot, sayg‘oq, yelik, kabarga, tog‘ echkisi, los, yovvoyi qo‘y, yirtqichlardan - qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri, tulki, qunduz, hasharotxo‘rlardan vixuxol, qalqonqanotlilardan - ko‘rshapalaklar, qushlardan kar, tustovuq, chittaklar uchraydi. O‘simliklardan ignabarglilar- archalar, pixta, qora qarag‘ay, qarag‘ay, yopiq urug‘lilardan - eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy kabi o‘simliklar uchradi.
Neoarktik biogeografikviloyatiga Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Bermud va Aleut orollari kiradi. Neoarktik biogeografik viloyatining o‘ziga xos hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, badbo‘y kaltadum, yenot, daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi. Mazkur viloyatning hayvonot olami ko‘p jihatdan paleoarktikanikiga o‘xshash. Har ikki viloyatda ham qunduz, bug‘u, los, tulki, suvsar, oq ayiq, oq sichqon, oq tovushqon, yumronqoziq, silovsinlarni ko‘rish mumkin.
Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olamining o‘xshashligi va farqi. Turli viloyatlardagi hayvonot va o‘simliklar olami o‘zaro taqqoslanganda tiplar, sinflar o‘rtasida tafovutni deyarli ko‘rmaymiz. Chunki har bir biogeografik viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o‘simliklar sinflarini uchratish mumkin. Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o‘simliklar orasidagi tafovut turkum,ayniqsa, oila, avlod vakillarini o‘zaro taqqoslaganda namoyon bo‘ladi.
Habashiston biogeografik viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to‘ti- qushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay bio- geografik viloyatida tarqalgan bo‘lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar oilasi Afrikada tarqalgan bo‘lsa-da, Hindomalay biogeografik viloyatda bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografik viloyatdagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo‘r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografik viloyatida tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografik viloyatlardagi o‘simliklar va hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o‘xshasalar ham, ular o‘rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yevropa zubri Shimoliy Amerikadagi bizonga, Sibir bug‘usi - maral, Amerika bug‘usi - vapitiga, Yevropa yovvoyi qo‘yi - muflon Amerika tog‘ qo‘yiga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. O‘simliklari ham Paleoarktik biogeografik viloyat o‘simliklarini eslatadi. O‘rmonlarda pixta, qoraqarag‘ay, boshqa ignabargli o‘simliklar, yopiq urug‘lilardan eman, buk, zarang va boshqa oilalarga mansub o‘t o‘simliklar tarqalgan.
Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o‘simliklar orasidagi o‘xshashlik va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo‘lish tarixi, ikkinchi tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e’tirof etishicha, bizning ko‘hna sayyoramiz hamma era, davrlarda shunday ko‘rinishda bo‘lmagan. Daniyalik olim A.Vegener «Materiklar dreyfi» nazariyasida qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari Yer yuzida hech qanday qit’alar bo‘lmay, sayyoramiz yagona quruqlik - Pangeya va yagona okeandan iborat bo‘lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik - Pangeya ikki bo‘lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o‘simliklar olami ham ikki tomonga bo‘lingan (47-rasm).
47-rasm. «Materiklar dreyfi» nazariyasiga ko‘ra tarixiy jarayonda qit’alarning paydo bo‘lishi.
Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o‘z navbatida bo‘laklarga ajragan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo bo‘lgan. Lavraziyaning bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o‘simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gondvanadan ajragan davrda triasning o‘rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo‘yib ko‘payuvchi turlari hamda xaltalililar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo‘ldoshlilar kenja sinfi vakillari paydo bo‘lmagan edi. Shu sababli tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar Avstraliya, xaltali sutemizuvchilar Avstraliya va Neotropik (masalan, opossum) biogeografik viloyatida saqlanib hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Boshqa qit’alarda tuxum bilan ko‘payuvchilar, xaltalilar yashash uchun kurashda ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko‘payishga ega bo‘lgan yo‘ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
AvstraliyavaNeotropikbiogeografikviloyatlarnio‘zarotaqqoslab, o‘xshashhayvonguruhlarinianiqlang.
NimasababdanPaleoarktikvaNeoarktikbiogeografikviloyatlarninghayvonotvao‘simlikolamiko‘pjihatdano‘xshash?
Quruqliknibiogeografikviloyatlargaajratishdaqaysihayvonvao‘simlikguruhlarigaasosane’tiborqilingan?
Nima sababdan odamsimon maymunlar faqat ikki biogeografik viloyatlarga tarqalgan?
Opossumlarning Markaziy va Janubiy Amerikada uchrashini qanday tushuntirasiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Qit’alarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi Alfred Vegener nazariyasiga sizning munosabatingiz haqida esse yozing.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
57- Mavzu: Evolyutsion o‘zgarishlarning tiplari. 49 -
|
| |