§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar haqida tushunchalar berish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’riflagan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil - muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘na- lishda o‘zgaradi. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlikham deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi.
Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikdaesa tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari bilan avvalgi boblarda tanishgansiz.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning tasodifiy kombinatsiyalari, xromosomalar chalkashuvi va genlarning rekom- binatsiyasi asosida kelib chiqadi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi.
Mutatsiyalar foydali, neytral va zararli bo‘ladi. Foydali mutatsiyalar, deyarli kam uchrasa ham ular namoyon bo‘lgan organizmlar tabiiy va sun’iy tanlash jarayonida saqlanib qoladi.
Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘z- garuvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi yoki bir nukleotid o‘rniga boshqasining o‘rnashib qolishi gen mutatsiyasining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning anchagina katta, mikroskopda ko‘rsa bo‘ladigan mutatsiyalardir. Xromosoma mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘zgarmaydi, ammo bir yoki bir nechta xromosomada qayta tuzilishlar kuzatiladi. Genom mutatsiyalar, bir tur organizm- lariga xos xromosomalar to‘plamidagi xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq mutatsiyalardir. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: poliploidiya - xromosoma to‘plami sonining o‘zgarishi, geteroploidiya - to‘plamdagi ayrim gomologik xromosoma sonining o‘zgarishi.
Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida poliploid organizmlar juda kam uchraydi.
Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vu- judga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, organizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi.
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
1.Darvin о'zgaruvchan 1 ikning qanday turlarini aniqlagan?
2.Darvin e’tirofiga ko‘ra muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlik qanday izoh- 3.lanadi?
4.Nima uchun nomuayyan o‘zgaruvchanlikni Darvin individual o‘zgaruvchanlik deb atadi?
5.Muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi ahamiyatini tushuntiring.
6.Irsiy o‘zgaruvchanlikning qanday turlari farq qilinadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: «Mutatsiyalarning tabiatdagi ahamiyati» mavzusida esse tayyorlash.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
47- Mavzu: 3-Laboratoriya mashg‘uloti.Organizmlarda irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganish.
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: _________________________________________________ ___________________________________________________________
b) tarbiyaviy: ______________________________________________
___________________________________________________________
d) rivojlantiruvchi:__________________________________________
___________________________________________________________
s) Darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar:__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
3-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Mavzu: Tirik organizmlarda irsiyat va o`zgaruvchanlikni o`rganish.
Mаqsаd: Bir turga kiruvchi individlar o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarni aniqlash va uning sabablarini o`rganish.
Jihоzlаr: bug`doy boshoqlari, jag` - jag` o`simligi yoki gerbariylari, formalinga solingan kolorado va bronza qo`ng`izlari kolleksiyasi yoki ularning rangli rasmlari.
Ishni bajarish tartibi:
O’quvchilar 4 guruhga bo’linadilar. Har bir guruh o’zlariga berilgan variant yuzasidan ish olib boradilar va taqdimot qiladilar.
I – variant. Jag` - jag` o`simliklaridagi o`zgaruvchanlikni o`rganish.
1. Jag` - jag` o`simliklarini raqamlab chiqing.
2. Jag` - jag` o`simliklari tuzilishidagi o`xshashliklarni aniqlang.
3. Jag` - jag` o`simliklari tuzilishidagi farqlarni aniqlang.
4. Kuzatish natijalarini jadvalga kiriting.
Kuzatilayotgan belgilar
|
Namunalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
1
|
O`simlikning uzunligi
|
10
|
15
|
O`simlik uzunligi o`lchalanadi
|
2
|
O`simlikdagi barglar soni
|
8
|
12
|
Barglari soni sanaladi
|
3
|
Barglar shakli
|
Bargi patsimon qirqilgan
|
4
|
Barglarning novdada joylashuvi
|
Navbat bilan joylashgan
|
5
|
To`pguldagi gullar soni
|
6
|
9
|
Ochilib turgan gullar sanaladi
|
6
|
Gullardagi tojibarglar soni
|
24
|
36
|
Gullar soni 4 ga ko`paytiriladi
|
7
|
Tojibarglarning rangi
|
Gullari oq rangda
|
8
|
O`simlikdagi mevalar soni:
|
18
|
22
|
Bitta o`simlikdagi mevalar sanaladi
|
- yetilmagan mevalar soni
|
8
|
6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
- yetilgan mevalar soni
|
10
|
18
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II – variant.
1. Bug`doy boshoqlarini raqamlab chiqing.
2. Bug`doy boshoqlari tuzilishidagi o`xshashliklarni aniqlang.
3. Bug`doy boshoqlari tuzilishidagi farqlarni aniqlang.
4. Kuzatish natijalarini jadvalga kiriting.
Kuzatilayotgan belgilar
|
Namunalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Murakkab boshoqdagi boshoqchalar soni
|
Boshoqdagi boshoqchalar soni sanaladi
(1-10 tagacha)
|
Boshoqning uzunligi
|
Boshoq uzunligi o`lchanadi.
|
Boshoqlarda qiltiqlarning mavjudligi
|
-
|
+
|
Qiltiq bo`lsa “+”
Qiltiq bo`lmasa “-”
|
Don shakli
|
Cho`ziq
|
Don rangi
|
Sarg`ish, qo`ng`ir, oqish
|
III – variant. Kolorado qo`ng`izlaridagi o`zgaruvchanlikni o`rganish.
1. Kolorado qo`ng`izlari kolleksiyasi yoki ularning rangli rasmlarini raqamlab chiqing.
2. Kolorado qo`ng`izlari tuzilishidagi o`xshashliklarni aniqlang.
3. Kolorado qo`ng`izlari tuzilishidagi farqlarni aniqlang.
4. Kuzatish natijalarini jadvalga kiriting.
Kolorado qo`ng`izlarining kuzatilayotgan belgilari
|
O`zaro o`xshash yoki farq qiladimi?
|
Bosh, ko`krak, qorin qismlarining mavjudligi
|
Farqlanmaydi . (bor)
|
Tanasining o`lchami
|
Farqlanadi .
|
Ustki – qattiq qanotlari
|
Farqlanmaydi.
|
Oyoqlarining soni
|
Farqlanmaydi. (6 ta (3 juft))
|
Mo`ylovlarining shakli
|
Farqlanmaydi (plastinkasimon)
|
Qanotlarida chiziqlarning mavjudligi
|
Farqlanmaydi.
|
Qanotlaridagi chiziqlarning rangi
|
Farqlanmaydi. (qora, oq)
|
Qanotlaridagi chiziqlarning soni
|
Farqlanadi . (8-10ta)
|
IV – variant. Yashil bronza qo`ng`izlaridagi o`zgaruvchanlikni o`rganish.
1. Yashil bronza qo`ng`izlari kolleksiyasi yoki ularning rangli rasmlarini raqamlab chiqing.
2. Yashil bronza qo`ng`izlari tuzilishidagi o`xshashliklarni aniqlang.
3. Yashil bronza qo`ng`izlari tuzilishidagi farqlarni aniqlang.
4. Kuzatish natijalarini jadvalga kiriting.
Bronza qo`ng`izlarining kuzatilayotgan belgilari
|
O`zaro o`xshash yoki farq qiladimi?
|
Bosh, ko`krak, qorin qismlarining mavjudligi
|
Farqlanmaydi
|
Ustki – qattiq qanotlarining mavjudligi
|
Farqlanmaydi
|
Oyoqlarining soni
|
Farqlanmaydi
|
Mo`ylovlarining shakli
|
Farqlanmaydi
|
Mo`ylovlarining uzunligi
|
Farqlanadi
|
Qanotlarining rangi
|
Farqlanadi (yashil, siyohrang, qo`ng`ir)
|
Qanotlaridagi chiziqlar shakli
|
Farqlanadi
|
Qanotlaridagi chiziqlar soni
|
Farqlanadi.
|
7. Quyidagi savollarga javob yozing.
8. Bir turga mansub organizmlar o`rtasidagi o`xshashlikning sababi nimada?
9. Bir turga mansub organizmlarning bir – biridan farq qilishining sababi nimada?
10. Irsiyat va o`zgaruvchanlikning evolyutsiyadagi ahamiyatini yozing.
Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.
XULOSA: Biz bugungi laboratoriya mashg`ulotida o`simlik va hayvonlarda irsiyat va o`zgaruvchalikni o`rganish uchun bug`doy, jag`-jag o`simliklari va kolorado qo`ng`izi , yashil bronza qo`ng`izi hasharotlari ustida kuzatish olib bordik. Tirik organizmlarning modifikatsion o`zgaruvchanligi orqali bir turga mansub o`simlik va hayvonlaridagi belgilarning o`xshashlik va farqlarini aniqladik.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
48- Mavzu: Yashash uchun kurash va uning turlari.41 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Darvin yashash uchun kurash iborasini keng ma’noda, ya’ni organizmlarning o‘zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlarini, shuningdek, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan.
Yashashuchunkurashxillari.Darvinyashashuchunkurashninguchxil:
a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash;
b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash;
d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan.
Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash nihoyatda turli- tuman. Chunonchi, bo‘ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziqlanadilar. Shunga
ko‘ra bo‘rilar bilan tulkilar, shuningdek, tulkilar bilan tovushqonlar orasida doimo yashash uchun o‘zaro kurash kuzatiladi.
3
39-rasm.Turlararo kurash.
1 - baliq yeyayotgan suvkesar;
2 - ilonburgut o‘ljasi bilan;
3 - yo‘ng‘ichqanibo‘g‘ayotgan zarpechak.
Yirtqich - o‘lja, parazit va xo‘jayin muno- sabatlari turlararo yashash uchun kurashning yana bir ko‘rinishidir. Markaziy Osiyoda ko‘p tarqalgan hind maynasi chigirtkalar bilan ham oziqlanadi. Chigirtkalar chumchuqlar uchun ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar bilan chumchuqlar orasida raqobat yuz beradi. Tuyoqli hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi. O‘simliklar bilan chigirtkalar ham oziqlanadi. Chigirtkalarning tez ko‘payishi tuyoqli hayvonlarning och qolib o‘lishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan tuyoqli hayvonlar hayoti yirtqich hayvonlarga bog‘liq. O‘simliklarning mavjudligi faqat o‘txor hayvonlargagina emas, balki ularning chang- latadigan hasharotlar, shuningdek boshqa o‘simlik o‘rtasida bo‘ladigan raqobat bilan ham aloqador. Joy uchun kurashda kulrang
Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash. Yuqoridagilardan farqli ravishda bir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha raqobat ro‘y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar o‘rtasida urg‘ochi organizmlar bilan qo‘shilish uchun kurash ketadi (40-rasm). G‘o‘za, bug‘doy va boshqa o‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular orasida yorug‘lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‘lib o‘sadilar.
Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‘p qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‘proq suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobiga qo‘shni daraxtlar zaif bo‘lib o‘sadi yoki o‘sishdan to‘xtab nobud bo‘ladi . Tur ichidagi kurash eng shiddatli bo‘ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy ehtiyojlari bir xil bo‘ladi.
40-rasm. Tur ichida kurash. 1 - kiyiklar; 2 - zebralar; 3 - fillar.
Organizmlarning anorganik tabiat- ning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi.
Anorganik tabiat omillari organizmlarning rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik o‘simliklarning hammasi, shuningdek, ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning ham yer ustki qism- lari nobud bo‘ladi, tuproq ostida ularning urug‘i, ildizi, tugunaklari, piyozlari saqlanib qoladi. Ko‘pchilik hayvonlar, masalan, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar karaxt holatga o‘tadi, qushlar migratsiya qiladi, sutemizuvchilar qishki uyquga kiradi.
II rv II III I rv II V III II
93-rasm.Bir turga kiruvchi daraxtlar o‘rtasidagi raqobat.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
Nima sababdan organizm qoldirgan nasllarning hammasi voyaga yetmaydi?
Darvin yashash uchun kurashni necha xilga ajratgan?
Yashash uchun kurashning qaysi turi shiddatli bo‘ladi va nima uchun?
Har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurashga misollar keltiring.
Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi qanday misollarda aks etadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:Jadvalni to‘ldiring.
Yashash uchun kurash turlari
|
Mohiyati
|
Misollar
|
|
|
|
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
49- Mavzu: Tabiiy tanlanish va uning turlari. 42 -
|