|
Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
|
bet | 15/16 | Sana | 28.12.2019 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #5865 |
§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilargaevolyutsion o`zgaruvchanlik tiplari haqida bilim berish..
b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia - ajralish) - evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya - har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinflarga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, etologik, genetik, fiziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Galapogoss orollarida morfofiziologik xususiyatlari jihatdan farqlanadigan vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergensiyaga misol bo‘ladi (48-rasm).Divergensiya hodisasini o‘simliklar- ning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari, bargning shakl o‘zgarishi natijasidir.Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning ana- tomik-fiziologik tuzilishidagi umumiylik saqlana borgan.Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq Galapagoss orollarida o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq yashovchi vyuroklarning turlari yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora divergensiya natyaadkayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi.
48-rasm. Galapogoss orollarida tarqalgan
vyuroklarning bitta ajdod
turlardan kelib chiqqanligi.
Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l- qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.
Divergensiya tur paydo bo‘lishining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiyaning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Parallel evolutsiya (grekcha - parallelos - «yonma-yon boruvchi») - bir- biriga qarindosh bo‘lgan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan, sutemizuvchi kitsimonlar va kurakoyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar - kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (49-rasm).
Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash mutatsiyalar paydo bo‘lishi parallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsiflab beradi. Mazkur qonunga mu- vofiq, bir-biriga qarindosh turlar irsiy o‘zgaruvchanlikning o‘xshash qatorlari bilan ta’riflanadi. Shuning uchun o‘xshash belgilar bir-biriga qarindosh turlarda mustaqil - parallel holda hosil bo‘ladi.
Konvergent evolutsiya - kelib chiqishi jihatidan uzoq guruhlar (ken- ja sinf, sinf, tip) organizmlarning o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish xili.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
Evolutsiya tiplari haqida nimalarni bilasiz?
Divergent evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
Divergent evolutsiyaga misollar keltiring.
Konvergent evolutsiyaning mohiyatini izohlang.
Konvergent evolutsiyaning sababini misollar orqali tushuntiring.
Parellel evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
Evolutsion o‘zgarish tiplari
|
O‘ziga xos jihatlari
|
Misollar
|
Divergensiya
|
|
|
Parallelizm
|
|
|
Konvergensiya
|
|
| Parellel evolutsiyaga misollar keltiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
58- Mavzu: Organik olam evolyutsiyasinig asosiy yo‘nalishlari. 50 -§
Nazorat ishi-7.
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Organik olam evolutsiyasi to‘g‘risida mulohaza yuritganda nima sababdan barcha tirik mavjudotlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, ular orasida sodda va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mavjudotlar mavjud, degan savol tug‘ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qildilar. Ma’lumki, Darvin o‘z davrida evolutsion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko‘proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o‘tgan edi. Atrof- muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o‘zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarini keltirib chiqargan. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo‘lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitining o‘zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni orta borsa; 2) ular ishg‘ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo‘lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologik progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo‘qligi, tanasining birmuncha yirikligi, tajovuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g‘olib kelib, son jihatdan tobora ko‘paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko‘rish mumkin.
A. N. Seversov va I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo‘na- lishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya umumiy degeneratsiya asosida bo‘lishini aniqladilar.
Biologik progress har xil usulda amalga oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish (progress) - aromorfoz deb nomlanadi. Ikkinchi usulda organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o‘zgaradi va organizmlar tuzilishi murak- kablashmaydi, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi usulda organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o‘zgarishi natijasida biologik progressga yo‘liqqan bo‘ladi.
Morfofiziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o‘zga- rishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada moslanishga imkon beradi.
O‘simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan ko‘payishdan urug‘dan ko‘payishga o‘tishi, yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi aromorfoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqalihayvonlardanervsistemasi, qonaylanish, hazmqilish, nafasorganlariningmurakkablashaborishi, baliqlar, suvdahamquruqlikdayashovchilar, sudralibyuruvchilar, qushlar, sutemizuv- chilarsinflariningkelibchiqishihamorganikolamevolutsiyasiningaromorfozyo‘nalishidaamalgaoshgan.
Aromorfozyo‘nalishtufayliorganikolamevolutsiyasidao‘simliklar, hayvonlarningtuzilishi, hayotfaoliyatitoboramurakkablashgan, ularningyangi-yangiguruhlaripaydobo‘lgan, arealikengaygan, turkum, sinf, tiphosilbo‘lishjarayonitezlashgan.
Aromorfoz yo‘nalish uzoq davom etgan irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro‘y bergan. O‘simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin .
Idioadaptatsiya organizmlarning muayyan yashash sharoitiga mos- lashuviga yordam beradigan evolutsion o‘zgarishlardir. Aromorfozlardan farqli o‘laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilishi darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko‘tarmaydi. Hayvonlarda himoya rangi, mimikriya hodisasi, o‘simliklarda shamol, hasharotlar, qushlar yordamida chetdan changlanish bo‘yicha xilma-xil muvofiqlanishlar, meva va urug‘larning tarqalishi bilan bog‘liq moslanishlar idioadaptatsiyaga misol bo‘la oladi
Hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiyaga misoldir.
Shunga o‘xshash, suyakli baliqlar har xil tur vakillarining tana shakli, rangi, suzgich qanotlari tuzilishining o‘ziga xosligi ham idioadaptatsiya yo‘nalishidagi moslanishlar natijasidir. Bu moslanishlar har bir tur organizmlar uchun muayyan muhit sharoitida yashashga birmuncha qulayliklar tug‘diradi va biologik yuksalishga sababchi bo‘ladi.
Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o‘tish demakdir. Bunday o‘zgarishlar odatda biologik ahamiyatini yo‘qotgan organlarning yo‘qolishi bilan kechadi. Organik olam evolutsiyasining bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishiga moslashuvi uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasi metamorfozi umumiy degeneratsiyaga misol bo‘ladi. Ikki pallali molluskalarning kam harakatliligi ularda boshning yo‘qolishiga olib kelgan.Odam parazitlari, cho‘chqa solityori, tasmasimon chuvalchanglarda ichak bo‘lmaydi, nerv sistemasi sodda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo‘q. Lekin ularda «xo‘jayin» ichak devorlariga yopishish uchun so‘rg‘ichlar, kuchli rivojlangan ko‘payish organi bo‘ladi
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
1.Evolutsion jarayonlarning turli yo‘nalishlarini izohlab bering.
2.Aromorfozlarning yashash uchun kurashdagi afzalliklarini tushuntiring.
3.Idioadaptatsiyalar aromorfozlarga qiyosiy ta’rif bering.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
59- Mavzu: Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar. 51 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga Yerda hayotning paydo bo`lishi haqida haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Hayotning ta’rifi. Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan biridir.
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud.
Hayotningo‘z-o‘zidanpaydobo‘lishihaqidagitushunchalarqadimgiXitoy, VavilonvaMisrdakengtarqalganedi. MashhurAristotelhambufarazningtarafdoribo‘lgan. Bufaraztarafdorlaritirikorganizmlaro‘z-o‘zidannotiriktabiatdanpaydobo‘ldidebhisoblaydilar. 1688-yildaItaliyaolimiF. Reditajribadahayotningo‘z-o‘zidanpaydobo‘lmasliginiisbotlabberdi. F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi (50-rasm).
50-rasm. Redi tajribasi.
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.
XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.
Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi (120-rasm).
Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.
Shunday qilib, hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.
L. Pasterning tajribalari amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Oziqa mahsulotlarini konservatsiyalash, sut mahsulotlarini pasterizatsiyalash, tibbi- yotda yaralarni va jarrohlik asboblarini sterilizatsiyalash L. Paster kashfiyot- laridan keyin keng qo‘llanila boshlandi.
Panspermiya nazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fizik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofizigi va genetigi F. Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fikriga ko‘ra, hayot Yerda paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardan murakkab organizmlargacha rivojlangan.
Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi to‘g‘risidagi nazariya XX asrning 2030-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
Ch. Darvin fikriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo‘lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo‘lmasligidir. Chunki kislorod bo‘lsa, u yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo‘lar edi. Biokimyoviy evolutsiya nazariyasi bilan keyingi mashg‘ulotda batafsil tanishamiz.
Yangimavzunimustahkamlash:
Savol va topshiriqlar:
Hayot paydo bo'lishi haqida qanday qarashlar mavjud?
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi nazariyasi tarafdorlarining fikrlarini ayting.
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi qanday tajribalarda tasdiqlandi?
Panspermiya nazariyasiga o‘z fikringizni bildiring.
Biokimyoviy evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
60- Mavzu: Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi. 52 -
|
| |