Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10




Download 5,73 Mb.
bet16/16
Sana28.12.2019
Hajmi5,73 Mb.
#5865
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilar egallagan bilimlarini umumlashtirish, olgan bilimlarini nazorat qilish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya nati­jasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn (1929) tomonidan yaratilgan.

Tabiatshunoslar fikriga ko‘ra, Yer bundan taxminan 4,5-5 milliard yillar oldin paydo bo‘lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000-8000°C) bo‘lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og‘ir elementlar sayyoramizning markaziga, yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.

Yerda eng qadimgi oddiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning mahsulidir.

Kimyoviyevolutsiya. Taxminqilinishicha, Yerningbirlamchiatmosferasitarkibisuvbug‘lari, erkinvodorod, karbonatangidrid, qismanmetan, vodorodsulfid, ammiakvaboshqagazlardaniboratbo‘lgan. Quyoshdankeladiganultrabinafshavarentgennurlar, chaqmoqningkuchlielektrzaryadi, yuqoriharoratta’siridagazlardanbirmunchamurakkabbirikmalarsintezlangan. Shu tarzda oddiy organik birikmalar: uglevodlar, aminokislotalar, azotli asoslar va organik (sirka, chumoli, sut) kislotalar hosil bo‘lgan. Yer asta-sekin soviy boshlashi bilan atmosferadagi suv bug‘lari kondensatsiyalanib borgan. Yer yuziga tinmasdan yoqqan yomg‘ir juda katta suv havzalarini hosil qilgan. Suvda ammiak, uglerod oksidi, metan va atmosferada hosil bo‘lgan organik birikmalar erigan. Suv muhitida oddiy organik birikmalar polimerlarni hosil qilgan.

A. I. Oparin hayotning paydo bo‘lishini tajribada o‘rganish mumkinligi g‘oyasini birinchi bo‘lib olg‘a surdi. Darhaqiqat, S. Miller (1953) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi. U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug‘lariga elektr uchquni ta’sir etib asparagin, glitsin, gluta- min aminokislotalarini sun’iy sintezladi. Bu sistemada gazlar birlamchi atmo- sferani, elektr uchquni esa yashinni imitatsiyalaydi.

D. Oro vodorod sianid, ammiak va suvni qizdirib adeninni sintezladi. Metan, ammiak va suv aralashmasidan ionlashtiruvchi nurlar ta’sirida riboza va dezoksiriboza sintezlandi. Bunday tajribalar natijasi ko‘plab tadqiqotlarda tasdiqlandi.

Evolutsiya jarayonida monomerlar biologik polimerlar (polipeptidlar, polinukleotidlar)ga aylangan. Bu farazlar ham tajribalarda tasdiqlandi. S. Foks aminokislotalar aralashmasini qizdirib proteinoidlar (oqsilsimon moddalar)ni sintezladi. Keyinchalik tajribada nukleotidlar polimerlari ham sintezlandi.

A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi (lotincha koatservus -quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi). Koatservatlar o‘ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib chiqarilgan.

Koatservatlarni tirik mavjudotlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning so‘nggi bosqichlarida koatservatlar o‘sa boshlagan, moddalar almashinishiga o‘xshagan belgilar paydo bo‘lgan. Koatservatlar membrana bilan o‘rala boshlagan va ularda bo‘linish xususiyati paydo bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bunday koatservatlar protobiontlaryoki birlamchi hujayralardeb ataladi.

Koatservatlarga o‘xshagan birikmalar A. I. Oparin va uning shogirdlari tomonidan tajribada hosil qilingan va ularning xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan.

Protobiontlarham hali hayot shakli emas. Ularda asta-sekin fermentlar (kofermentlar, xususiy fermentlar), ATFga o‘xshash birikmalar abiogen usulda paydo bo‘la boshlagan deb faraz qilinadi.

Protobiontlarning haqiqiy hujayralarga aylanishida oqsillar va nuklein kislotalar funksiyalarining o‘zaro muvofiqlashuvi natijasida matritsali sintezning usuli paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Matritsali sintez jarayoni paydo bo‘lishi bilan kimyoviy evolutsiya o‘z o‘rnini biologik evolutsiyaga bo‘shatib bergan. Hayotning rivojlanishi endi biologik evolutsiyayo‘li bilan davom etgan Dastlabki tirik organizmlar - protobiontlar, geterotrof bo‘lgan, ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlangan. Atmosferada erkin kislorod bo‘lmagani uchun hayotiy jarayonlar anaerob usulda kechgan. Abiogen sintez juda sekin kechgani uchun organik moddalar zaxirasi kam bo‘lgan. Evolutsiya jarayonida tabiiy tanlash ta’sirida avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Fotosintez xususiyatiga ega organizmlar - birlamchi ko‘k-yashil suvo‘tlarining kelib chiqishi eng yirik aromorfozlardan biri hisoblanadi. Fotosintez atmosferani kislorod bilan boyitadi. Fotosintezning kelib chiqishi organizmlarning abiogen sintezlanuvchi organik moddalar uchun raqobatini susaytiradi. Fotosintez natijasida atmosferada ozon ekranining paydo bo‘lishi ultrabinafsha nurlarining halokatli ta’siridan organizmlarni himoya qiladi. Atmosferada erkin kislorod paydo bo‘lishi natijasida organizmlar aerob nafas olishga o‘ta boshlagan. Aerob nafas olish anaerob usulga nisbatan juda samarali bo‘lgani uchun organik olamning rivojlanishi va murakkablashishi tezlashadi. Hozirgi vaqtda anaerob organizmlar faqat kislorod yetishmaydigan sharoitlardagina mavjuddir. Dastlabki organizmlar prokariotlar bo‘lgan, atmosferada kislorodning miqdori ko‘paya boshlagandan keyin eukariot organizmlar paydo bo‘lgan.
Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:


  1. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.

  2. Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.

  3. Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.

  4. Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘li bilan qaytadan hosil bo‘lishi mumkinmi?

  5. Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?


Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
61- Mavzu: Arxey, proterozoy eralaridagi hayot.53 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:

Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar bilan birgalikda 5 mlrd yil ilgari paydo bo‘lgan. Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Yer paydo bo‘lganidan to hozirga qadar rivojlanish tarixi eralarga, eralar esa davrlarga, davrlar epoxalarga bo‘linadi. Eralarning nomi yunon tilidagi arxey (arxeis) - eng qadimgi, proterozoy (proteroszoe) - dastlabki hayot, paleozoy (paleozoe) - qadimgi hayot, mezazoy (mezos) - o‘rta hayot, kaynazoy (kainos) - yangi hayot degan ma’nolarni bildiradi.

Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Eraning qatlamlari yuqori haro- rat va bosim ta’sirida ko‘rinishini o‘zgartirib, o‘zidan hech qanday hayot izlarini qoldirmagan. Dastlabki tirik organizmlar arxey erasida paydo bo‘l- gan. Organik birikmalardan ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari bo‘lganligidan dalolat beradi. Yerda hayot evolutsiyasining eng muhim bosqichi fotosintezning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, natijada organik olam o‘simlik va hayvonot dunyosiga ajraldi. Dastlabki fotosintezlovchi organizmlar - prokariotlar, ya’ni ko‘k-yashil suvo‘tlari - sianobakteriyalar bo‘lgan.

Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Tog‘ hosil bo‘lish ja- rayonlari jadal kechgan. Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bakteriyalar, suvo‘tlari avj olib rivojlangan. Qirg‘oqqa yaqin joyda hayot kechiruvchi suvo‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga - biron sirt yuzasiga joylashib, boshqa qismi esa fotosintezni amalga oshirish- ga moslashgan. Havo va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘lgan. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar rivojlanadi. Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘ladi.Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi yirik o‘zgarishlarga ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ular tanasi oldingi va keyingi, yelka va qorin qismlariga bo‘linishini ta’minlaydi. Oldingi qismida sezgi organlari, nerv tugunlari bo‘ladi. Hayvonlarning yelka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi, qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta’minlaydi. Proterozoy erasining oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar - bosh skeletsizlar kenja tipi paydo bo‘lgan.
Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Yeming yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi?

2.Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiq yo`q?

3.Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.

4.Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?


Iqlim sharoiti

O‘simliklar

Hayvonlar









Mustaqil topshiriq: Jadvalni to`ladiring.

Arxey erasidagi hayot




Proterozoy erasidagi hayot


Iqlim sharoiti

O‘simliklar

Hayvonlar











Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
62- Mavzu: Paleozoy erasidagi hayot.54 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga Paleazoy erasidagi hayot haqida bilim berish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangimavzubayoni:
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan.

Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari - qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar - minogalar va miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi.

Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall riflarining hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turli- tumanligi kamaydi.

Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklar psilofitlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofitlarning toshga tushgan tasviri topilgan.

Devon davrida dengizlar sathi kamayib, quruqlik ortishi yanada davom etgan. Iqlim mo‘tadil bo‘lgan. Quruqlikning ko‘pgina qismi dasht, yarim dashtga aylangan. Dengizlarda tog‘ayli baliqlar rivojlanib, «qalqondor» baliqlarning yashash uchun kurashda kamaya borishi ro‘y bergan. Devon davrining o‘rtalariga kelib suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki turlari vujudga kelgan.

Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqlikdagi pasttekisliklarda botqoqli yerlar ko‘p uchragan. Ulardan balandligi 40 m ga yetadigan qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar o‘sgan. Bulardan tashqari ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv hamda quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakillari hisoblangan stegotsefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan. Uchuvchi hasharot - suvaraklar, ninachilar rivojlangan
Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Yeming yoshini aniqlashda qanday mezonga asoslanadi?

2.Arxey erasida nima sababdan tirik organizmlarning hech qanday qoldiq yo`q?

3.Arxey erasidagi aromorfozlarni tushuntiring.

4.Proterozoy erasida o‘simliklar evolutsiyasi qanday kechgan?

5.Paleozoy erasi nechta davrdan iborat?

6.Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi davrda kelib chiqqan?

7.Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilarning turlari qaysi davrda vujudga kelgan?

Mustaqil topshiriq: Jadvalni to`ladiring.

Davrlar

Iqlim sharoiti

O‘simliklar

Hayvonlar













Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.


Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
63- Mavzu: Mezozoy, kaynazoy eralaridagi hayot. 55-§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga Mezazoy, Kaynazoy eralaridagi hayot to`g`risida umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:

Mezozoy erasi 175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish tufayli tanasi kalamushdek dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, ko‘paygan.

Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning ba’zilari, ya’ni sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘sim- liklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20-25 m ga yetgan. Sudralib yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.

Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib, atmosfera quruq va shaffof bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa, aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘ pallali sinflarining ko‘p oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon florasiga yaqinlashgan.

Bo‘rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan.

Kaynozoy erasi 70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan. Kaynozoy erasida gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan Uchlamchi davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa keskin sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.

Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan.

Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Natijada janubiy «maymunlar» - avstralopiteklar kelib chiqqan.

Kaynozoy erasining to‘rtlamchi davrida Yerning katta qismi muz bilan qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi. Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari, bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar hosil qilgan?

  2. Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan?

  3. Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan?

  4. Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan?


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.


Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
64- Mavzu: Odam biologiyasi.Antropoplgiya –odam evolyutsiyasi haqidagi fan. Odam va organik olam.56 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga odam va organic olam to`g`risida umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Odam - biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy mavjudot sifatida fikrlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fikr yuritish, ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.

Antropologiya - fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi.

Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fikrlar asosan molekular biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fiziologiya, embriologiya va paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi. Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud:

  1. taboyinumurtqasi, qolvaoyoqskeletiqismlari, ter, yogvasutbezlari, alveolalar, diafragma, 4 kameraliyurak, ikkitaqonaylanishdoirasi, chapaortayoyi, ortaquloqdagi 3 taeshitishsuyakchasi.





51-rasm. Odamdagi rudiment organlar. I - uchinchi qovoq: 1 - odamniki; 2 - qushniki.

II - quloq suprasi: 1 - olti oylik embrionniki; 2 - katta odamniki; 3 - maymunniki.

III - ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi: 1 - odamniki; 2 - tuyoqli hayvonniki.

Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi.(51-rasm)
Odamlarda ba’zan atavizm hodisasiham uchraydi (52-rasm).Odamsimon maymunlar bilan odamskeleti va ichki organlar tuzilishidao‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi.

52-rasm. Odamdagi atavizm hodisasi.

Odam uchun xos to rtta qon guruhi gorilla,1 - sherbashara odam; 2 – kopemchakli bola; 3 - dumli bola.

Xromosomalarni maxsus usul bilan bo yash orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘ndalang chiziqlari ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.

Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va kasalliklar (gripp, chechak, vabo, qorin tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odamsimon maymunlarda ham mimika muskullari yaxshi rivojlangan.

Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar, tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i boshqa barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha kengaygan.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Odamning biologik individ sifatida sistematikada tutgan o‘rnini ko‘rsating. Odam evolutsiyasini isbotlashdagi embriologiya, solishtirma anatomiya fan dalillarining mohiyatini yoritib bering.

2.Odamdagi rudiment organlarga nimalar kiradi. Ularning bo‘lishi nimani isbotlaydi?

3.Odamdagi atavizm hodisasiga misollar keltiring. Atavizm hodisasi nimadan dalolat beradi?

4.Odam embrional rivojlanishining qaysi bosqichida hayvonlarga o‘xshash bo‘ladi?


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
65- Mavzu: Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. 57 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari haqida bilim berish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangimavzubayoni:
Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning evolutsiyasida to‘rt bosqich - odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln yil

muqaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘z- garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa - hozirgi odamsimon maymunlar va odamlarning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan.

Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» - avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120-140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36-55 kg, kalla suyagining hajmi 500-600 sm3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi.

Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofidan 5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650-680 sm3 bo‘lgan. Bo‘yi 135-150 sm. Ular tayyor tosh, yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu sababli ular «uquvli odam» deb atalgan.

Eng qadimgi odamlar - (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam - homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800-1100 sm3 bo‘lgan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927-1937-yillarda Pekin atrofidagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500-300 ming yil avval yashagan. Sinantroplar miyasining hajmi 850-1220 sm3, bo‘yi 150-160 sm bo‘lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplarsanaladi. Arxantroplar o‘lgandan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini har xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar.

Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi yaqinida, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal odam deb nom berilgan. Neandertallar 250-40 ming yil avval yashaganlar. Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155-165 sm, miyasining hajmi 1400 sm3 bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni ko‘mganlar.

Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50-60 ming yil avval paydo bo‘lgan. Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm3, iyagi bo‘rtib chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan, tanasining tuzilishi bo‘yicha kromanyonlar hozirgi odamlardan farq qilmaganlar. Kromanyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar, uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:


  1. Odam evolutsiyasining bosqichlarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhit omillari bilan bog‘lab tushuntiring.

  2. Arxantroplarga xos belgilarni ayting.

  3. Paleoantroplarning tashqi tuzilishini tasvirlang.

  4. Neoantroplarga xos xususiyatlarni izohlang.



Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
66-67- Mavzu: Odam evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari.58 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:
Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsa- da, biroq ularning o‘zi antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi, alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli ekanligini Ch. Darvin ko‘rsatib bergan edi. Odam evolutsiyasining ilk bosqichida atrof- muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga yaxshi moslashishga qaratilgan tanlanish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar tufayli odam ajdodlari organizmida bir qancha morfofiziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib borgan.

Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir.

Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan.

Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilishgan va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi odamlarni bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miya va tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.

Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Odam irqlari. Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «homo sapiens» turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi turli xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining ichida yirik sistematik guruhlar - irqlar mavjud. Irqlar bir-birlaridan, terisining rangi, ko‘zining, burnining, labining shakli, tanasining proporsiyasi, ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlari, ekologik, xulq-atvor va boshqa biologik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Hozirda odamlarning 3 ta katta irqlari farqlanadi.

Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda (oq tanli), sochlari tekis yoki to‘lqinsimon, rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida soqol-mo‘ylovlari yaxshi o‘sadi.

Mongoloidirqqamansubodamlarningterisiqoramag‘iz, sarg‘ish, ko‘zlariqo‘yko‘z, sochlaritekis, qattiqvaqora, yuqorigiqovog‘iosilgan. Mongoloid irq vakillari asosan Osiyoda tarqalgan, lekin migratsiya natijasida ular Yer shari bo‘ylab tarqalib ketganlar.

Negroid irq - terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi, qo‘y ko‘z. Ko‘pchilik vakillarida qalin lablari bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.

Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq - janubi-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlari, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Irqlar shakllanishining ilk bosqichida tabiiy tanlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Tabiiy tanlanish, muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va ko‘payishiga sabab bo‘lgan.

Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Odamning rivojlanishida biologik omillar deganda nimani tushunasiz?

  2. Eng qadimgi odamlar va qadimgi odamlarning belgilari nimalardan iborat?

  3. Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar qaysi belgilari bilan ajralib turadi?

  4. Odamning rivojlanishida rol o‘ynagan ijtimoiy omillarni sharhlang.

  5. Odam irqlari qachon paydo bo‘lgan?

  6. Odam irqlari qanday toifalarga bo‘linadi?


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

Hozirgi kunda odamlarning jismoniy mehnat faoliyatidan mexanizatsiyalashgan, kompyuterlarda boshqariladigan meh- nat turiga o‘tishi ularning tana tuzilishiga, ruhiyati, aqliy faoliyati va yashash muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________


Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V

68- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. Nazorat ishi-8.
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilar egallagan bilimlarini umumlashtirish, olgan bilimlarini nazorat qilish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
O`tilgan mavzularnitakrorlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar hosil qilgan?

2.Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan?

3.Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan?

4.Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan?

5.Odamning biologik individ sifatida sistematikada tutgan o‘rnini ko‘rsating. Odam evolutsiyasini isbotlashdagi embriologiya, solishtirma anatomiya fan dalillarining mohiyatini yoritib bering.

6.Odamdagi rudiment organlarga nimalar kiradi. Ularning bo‘lishi nimani isbotlaydi?

7.Odamdagi atavizm hodisasiga misollar keltiring. Atavizm hodisasi nimadan dalolat beradi?

8.Odam embrional rivojlanishining qaysi bosqichida hayvonlarga o‘xshash bo‘ladi?

9.Odam evolutsiyasining bosqichlarida ro‘y bergan o‘zgarishlarni muhit omillari bilan bog‘lab tushuntiring.

10.Arxantroplarga xos belgilarni ayting.

11.Paleoantroplarning tashqi tuzilishini tasvirlang.

12.Neoantroplarga xos xususiyatlarni izohlang.

13.Odamning rivojlanishida biologik omillar deganda nimani tushunasiz?

14.Eng qadimgi odamlar va qadimgi odamlarning belgilari nimalardan iborat?

15.Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar qaysi belgilari bilan ajralib turadi?

16.Odamning rivojlanishida rol o‘ynagan ijtimoiy omillarni sharhlang.

17.Odam irqlari qachon paydo bo‘lgan?

18.Odam irqlari qanday toifalarga bo‘linadi?

19. Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.

20.Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.

21.Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.

22.Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘li bilan qaytadan hosil bo‘lishi mumkinmi?

23.Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari


1

Download 5,73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 5,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

Download 5,73 Mb.