|
Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
|
bet | 5/16 | Sana | 28.12.2019 | Hajmi | 5,73 Mb. | | #5865 |
§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy ma`lumotlar berish.Olgan bilimini nazorat qilish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Jinsiyko‘payishdayangiorganizmotavaonaorganizmlariningjinsiyhujayralari - gametalarishtirokidahosilbo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiya- sida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya — shakli va o‘lchami bir xil, hara- katchan erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakat- chan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya - jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkak gametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.
Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar- changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi.Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha- chang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish deb ataladi (11-rasm).
Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon- kopulatsiya (lotincha kopulatio - qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar - gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu organizmlarda - gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi.
Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya - birikish, bog‘lanish so‘zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi.Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, urg‘ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi.
T/r
|
Zonalar
|
n va c
|
Jarayonlar
|
1
|
Ko‘payish
zonasi
|
2n, 2c
|
MITOZ. Boshlang‘ich hujayralar mitoz usulida bo‘linib, soni ortadi. Ularda xromosomalarning diploid to‘plami saqlanadi
|
2
|
O‘sish
davri
|
2n, 4c
|
INTERFAZA. Hujayralarning ayrimlari kattalashadi, oziq za- xiralarini to‘playdi, DNK miqdori ikki hissa ortadi
|
3
|
Yetilish
davri
|
n, 2c
|
MEYOZ. Hujayralar meyoz usulida bo‘linib, 4 ta gaploid to‘plamli hujayralarni hosil qiladi
|
4
|
Shaklla- nish davri
|
n, c
|
Spermatozoidlarda bosh, bo‘yin, dum qismlari shakllanadi. Yadro bosh qismida mitoxondriyalar dum qismida joylashadi. Tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishi- ga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘shimcha qobiq hosil bo‘ladi
|
11-rasm. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayoni.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz?
Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’riflang.
Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq. Spermatogenezvaovogenezjarayoniniqiyosiytaqqoslang.
Spermatogenez
|
Umumiy jihatlar
|
Ovogenez
|
O‘ziga xos jihatlar
|
O‘ziga xos jihatlar
|
|
|
|
2-topshiriq.Hayvonlardavagullio‘simliklardajinsiyhujayralarninghosilbo‘lishivaurug‘lanishjarayonlariniqiyoslang.
Gulli o‘simliklar
|
Umumiy jihatlar
|
Hayvonlar
|
O‘ziga xos jihatlar
|
O‘ziga xos jihatlar
|
|
|
|
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
19- Mavzu: Ontogenez - tirik organizmlarning individual
rivojlanishi.16 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid tushunchalar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Fanga bo`lgan qiziqishini oshirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Tirikorganizmningshakllanaboshlashidanhayotiningoxirigachaketma- ketsodirbo‘ladiganmorfologik, fiziologik, biokimyoviyo‘zgarishlarmajmuyiindividualrivojlanishiyokiontogenez (yunonchaonton - mavjudot, genezis- rivojlanishso‘zlaridanolingan) deyiladi. Ontogeneztushunchasi 1866-yildaE. Gekkeltomonidanfangakiritilgan.
Ontogenez-jinsiyko‘payadiganorganizmlardatuxumhujayraningrivojlanishidan, jinssizko‘payadiganorganizmlardaonaorganizmdanajralishidanboshlanadivaumriningoxirigaqadardavometadi. Ontogenezninguchtatipifarqlanadi.
Lichinkalirivojlanish. Lichinkaliontogeneztuxumhujayradasariqlikmoddasikambo‘lganorganizmlarda, masalan, hasharotlarda, baliqlardavaamfibiylardakuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z tuzilishi bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan hayot tarzi yoki yashash muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning har bir bosqichida shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish, voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi. Lichinkali rivojlanish o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk).
Tuxumda rivojlanish sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar va tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kuzatiladi. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik ko‘p bo‘ladi va embrion uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi.
Bachadonda rivojlanish. Odam va yuksak sutemizuvchilarda ona qornida rivojlanish kuzatiladi. Urug‘langan tuxum - tuxum yo‘lida rivojlanadi, bunday holatda embrion bilan ona organizm o‘rtasida yo‘ldosh orqali bog‘lanish yuz beradi. Embrionning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanish, nafas olish, ayirish) yo‘ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi. Bachadonda rivojlanish embrionning tug‘ilishi bilan tugallanadi.
Ontogenez asosan ikki davrga bo‘linadi: embrional rivojlanish davri, postembrional rivojlanish davri.
Embrionalrivojlanishdavri.Budavrzigotahosilbo‘lishidanboshlanibtug‘ulgungachayokituxumqobig‘idanchiqqungaqadardavometadi. Embrionaldavrimaydalanish, gastrulatsiya, organogenezbosqichlarigabo‘linadi. Zigota - ko‘phujayraliorganizmlarningbirhujayralibosqichbo‘lib, bundamitozgatayyorgarlikkuzatiladi.
Maydalanish. Zigota hosil bo‘lganidan bir necha soatdan keyin maydalanish bosqichi boshlanadi. Hujayralar mitoz usuli bilan bo‘lina boshlaydi, bo‘lingan hujayralar o‘smaganligi uchun hosil bo‘lgan hujayralarning o‘lchami tobora maydalashib boraveradi. Zigotaning qanday maydalanishi tuxum hujayrada sariq moddaning miqdoriga bog‘liq. Sariqlik miqdori kam va sitoplazmada bir xil taqsimlangan bo‘lsa, zigota to‘liq va bir tekis maydalanadi (lansetnik). Agar sariqlik moddasi ko‘p bo‘lib, hujayrada notekis taqsimlansa, zigotaning maydalanishi ham to‘liq bo‘lmay, notekis yuz beradi. Sariqlik moddasi hujayraning bo‘linishiga xalaqit beradi. Bunday rivojlanish sariqlik moddasi ko‘p bo‘lgan tuxum hujayralar qush, sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. Maydalanishda zigota dastlab meridian tekisligi bo‘ylab bo‘linadi va bir-biriga teng ikkita hujayra hosil bo‘ladi.
Gastrulatsiya.Homilaningrivojlanishidavometib, hujayralarningbo‘linishivajoyinialmashtirishinatijasidaasta-sekingastrulabosqichigao‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi.
Organogenez. Bu bosqichda dastlab o‘zak organlar majmuyi: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi .
Postembrional rivojlanish davri. Tug‘ilish yoki tuxumdan chiqishdan keyin ontogenezning postembrional davri boshlanadi.
Postembrional rivojlanish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Yuvenil davr - voyaga yetgungacha bo‘lgan davr, pubertat davr - voyaga yetgan, yetuklik davri, keksaygan davr.Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.(12-rasm)
12-rasm. Assidiya metamorfozi. 1 - harakatchan lichinka; 2,3 - o‘troq hayot kechirish bilan bog‘liq metamorfoz; 4 - voyaga yetgan assidiya
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Ontogenez davrlarini tushuntiring.
Maydalanish, blastula, gastrula va neyrula bosqichlarini izohlang.
To‘liq va chala o‘zgarishlar bilan kechadigan rivojlanishni taqqoslang.
Biologik ritmlarni ifodalang va misollar keltiring.
Anabioz nima, undan qanday foydalanish mumkin?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: O‘zlashtirilgan bilimlaringizga asoslanib insonlar hayotidagi bioritmlarga misollar keltiring
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
20- Mavzu: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – tirik organizmlarning muhim xususiyatlari.17 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga irsiy o`zgaruvchanlik haqida tushunchalar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat - organizmning o‘z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o‘tkazish xossasi bo‘lib, irsiyat tur doirasidagi individlarning o‘xshashligini ta’minlaydi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarga tur, zot, navning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab borish imkonini beradi.
O‘zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xossasidir. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. O‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa 80 bu xilma-xillik orasidan eng moslanganlarini saqlab qoladi, o‘zgaruvchanlik natijalarini mustahkamlaydi. Tiriklikning bu ikkala xususiyatlari - irsiyat va o‘zgaruvchanlik organik olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi.
Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar G. Mendel nomi bilan bog‘liq.
G. Mendel kashfiyotining yaratilishidan ancha avval sun’iy duragaylash usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf etilgan bo‘lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilgan. G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz usulini takomillashtirdi. Gibridologik (duragaylash) usul - bir-biridan keskin farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish va bu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan.
Gibridologik usulni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ayrim belgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish; duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish; har bir individdan olingan avlodni alohida tahlil qilish; juda ko‘p belgilardan bitta yoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasida G. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib, keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi.
To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendel monoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilan farq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlar chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonuni kelib chiqadi.
Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» - «ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus- chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar - allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning birxil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa) allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalar hosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv - Aa) tashkil topgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.
Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi.
Ularning genotipini aniqlash uchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi.Fj avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F2 da esa dominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofligi farazini ilgari surdi. Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning birini otadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillari aralashmaydi. U bu hodisani F2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda bo‘ladi
AA
Aa
aa
Aa
Aa
13-rasm.G‘o‘za tolasi rangining irsiylanishi.
Chala dominantlik. G. Mendel tomonidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi ikkinchi belgi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ingliz olimi U. Betson o‘z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan Fx avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo‘lgan. F2da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya’ni J/4 qismi qora, 1/4 qismi havorang, V4 qismi oq bo‘ldi.Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‘ldi.
G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir - AA, novvotrang - Aa, oq - aa), na- mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil - AA, pushti - Aa, oq - aa), odamlarda soch tolasining (jingalak - AA, taram-taram - Aa, silliq - aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega (13-rasm).
Yangi mavzuni mustahkamlash
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala. Ota-onasiqorako‘zli (A) bo‘lgan, ko‘kko‘zli (a) yigit, otasiqorako‘zli, onasiko‘kko‘zliayolgauylangan. Ushbu nikohdan ko‘k ko‘zli o‘g‘il farzand tug‘ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
21- Mavzu: Diduragay va pоliduragay chatishtirish.18 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomo- zigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) organizmlar chatishtirishdan Fxda AaBb (100%) sariq silliq organizmlar olinadi. Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtirilganda F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A - B-; sariq burushgan A - bb; yashil silliq aaB-; yashil burushgan - aabb.
Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.
Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni - belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta’riflanadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgan geterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda joylashgandagina amalga oshadi.
Diduragay chatishtirishda allellarning F2 avlodida fenotip jihatdan allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq = 3/4x3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4x1/4 = 3/16; yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni chatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi. Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa Fx duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
Agar Fj duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan, guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.(14-rasm).
Shuniqaydetishlozimki, alleljuftlarsoniqanchako‘pbo‘lsa, ajralishsinflari, ularningkombinatsiyalanishimkoniyatlari, fenotipikvagenotipiksinflarsonihamko‘pbo‘ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko‘rish mumkin:
14-rasm.Poliduragay chatishtirish.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Diduragay chatishtirishning mohiyatini tushuntirib bering.
Diduragay chatishtirishda F2 da fenotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish ro‘y beradi?
G. Mendelning uchinchi qonunini ta’riflang.
Poliduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo‘ng‘ir va oq bo‘ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo‘lishligi cheklangan tipda bo‘lishligi ustidan to‘liq, tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishligi esa oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.
1)Cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvotrang tola bergan. F1 o‘simliklari o‘z- o‘ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo‘ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang.
2)F1 da olingan o‘simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang.
2-masala. Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog‘lom oiladan chapaqay va barmoqlari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug‘ilishi mumkin?
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
22- Mavzu: Irsiyatning xromosoma nazariyasi. 19 -
|
| |