|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
bet | 10/61 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #143568 |
Bog'liq 4-SINF ONA TILI 2-CHORAK 2020-2021 Xojaliyeva2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
106- mashq. Otlarni o‘qing, asosini aniqlang.
kitobim kitobimiz
kitobing kitobingiz
kitobi kitoblari
So‘zlarni yozing. Asos va qo‘shimchalarni belgilang.
Namuna: kitobim.
Yechim: 1-mashqda berilgan so’zlarda kitob so’zi asos hisoblanadi. –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -(lar)i qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridir.
Shaxs/Son
|
Birlik
|
Ko’plik
|
1-shaxs
|
kitobim
|
kitobimiz
|
2-shaxs
|
kitobing
|
kitobingiz
|
3-shaxs
|
Kitobi
|
kitoblari
|
107-mashq. O‘qing. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni aniqlang, ularni ko‘chiring. Qavs ichida shaxsini ko‘rsating.
1. Uzun dala yo‘lida keksa bobo ikki sevikli nevarasi bilan birga borardi. (Mirmuhsin) 2. Kapalak, kapalak, qanotlaring ipakday. (Mirmuhsin)
3. Yurtim senga she’r bitdim bu kun, O‘xshashingni topmadim aslo.
Yechim: 2-mashqda Egalik qo’shimchalari qolgan so’zlar. Yo’li(III shaxs), nevarasi(III shaxs), qanotlarning(II shaxs), yurtim(I shaxs)
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
108- mashq. Matnni o‘qing, unga sarlavha toping.
Katta Тagob qishlog‘ida Mahmudjon ismli uyatchan bola yashardi. Bir kuni u ammasinikiga mehmonga bordi. Ammasi uni uzum, anor, yangi yopilgan non bilan mehmon qildi.
Mahmudjon o‘rniga yotdi. Qorni ochligi uchun hech uyqusi kelmadi. Yangi yopilgan nonning hidi dimog‘iga urilib, ishtahasini qitiqlar edi... (Xudoyberdi Тo‘xtaboyev)
Matnni qismlarga bo‘ling. Matn yaratishda ot so‘z turkumining ahamiyati haqida so‘zlang
|
| |