• -moliyaviy faoliyat xarajatlari
  • -favqulodda zararlar
  • Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/19
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #58368
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    Наъмуна (1)
    1 2 3 4 5 6 7 8 9 10, Doc1 (2), расмий хат, Tranzistor -tranzistorli mantiq (ttm ) elem entlar keng tarqalga, 61 A Ibroximov , 2734 26.11.2015, 1, Reference-356201104877, Imkoniyati cheklangan o\'quvchilarga tarix darslarida interfaol metodlarini qo\'llash, 11111111111111111111111111, 11111111111111111111111111, 6T jsgC327x9Aj-7eYoClZUH4cf4S7Qr, MUSTAQIL ISH 2, Pentium Slayd
    -davr xarajatlari: 
    Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar: 
    tovarlarni tashish xarajatlari
    − savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari; 
    Ma’muriy xarajatlar: 
    − boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari; 
    − ularga sug’urta ajratmalari; 
    − xizmat avtomobillarini asrash; 
    − boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k. 
    − boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi; 
    − xizmat safari xarajatlari. 
    Boshqa operasion xarajatlar: 
    − kadrlar tayyorlash; 
    − qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish; 
    − maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari 
    va h.k. 
    -moliyaviy faoliyat xarajatlari: 
    − banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar; 
    − uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; 
    − valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar
    − korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari. 
    -favqulodda zararlar: 


    − bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. 
    Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga 
    tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular 
    har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat 
    milliy hisoblar tizimiga mos keladi. 
    Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu 
    xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. 
    Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari 
    shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular 
    umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi 
    bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
    Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq 
    bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining 
    ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. 
    Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, 
    elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob 
    uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning 
    kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. 
    Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, 
    ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha 
    mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining 
    turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
    Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
    Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat: 
    1. Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi); 
    2. Yordamchi va boshqa materiallar; 
    3. Yoqilgi; 
    4. Energiya; 
    5. Asosiy va qo’shimcha ish haqi
    6. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 


    7. Asosiy fondlar amortizasiyasi; 
    8. Boshqa pul xarajatlari. 
    Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi 
    mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini 
    ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur 
    pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, 
    pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu 
    kabi xarajatlar). 
    Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha 
    klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik 
    mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi 
    xarajatlar klassifikasiyalanadi. 
    Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab 
    asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar bevosita mahsulot 
    ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik 
    jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va 
    nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi. 
    Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli 
    doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi 
    o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, 
    energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot 
    hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot 
    hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining 
    pasayishiga olib keladi. 


    XULOSA 
      
    Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy 
    va amaliy masalalarini o’rganib, mazkur ishni bajarishda quyidagi xulosalarga 
    keldik.
    1. Korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirishning nazariy va 
    amaliy masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam yoritilganligiga guvoh bo’ldik. Shu 
    tufayli, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari va ularni pasaytirish bilan bog’liq 
    tushunchalarni topishga harakat qildik va ishda ular ma’lum bir tizimga keltirildi.
    Shulardan kelib chiqib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlari 
    tushunchasiga quyidagicha tasnifladik: 
    Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy 
    mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
    • 
    moddiy xarajatlar;
    • 
    asosiy fondlar amortizasiyasi;
    • 
    mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
    • 
    ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
    • 
    boshqa xarajatlar; korxonalarning ichki potensial resurslari deganda 
    uning faoliyatini to’liq
    ta’minlaydigan turli ichki manbalardan tarkib topgan resurslar tushuniladi.



    Download 0.5 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va

    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish