nitrat eritmasi yozilgan bo’lsa, unda birinchisi natriy sulfat bilan, ikkinchi eritma esa natriy nitrat
bilan izotonik qilinadi.
Rp: Sol. Gramicidini S. 2% — 2,0
Sol. Natrii chloridi isotonica 200,0
M. D. S. ko’zni yuvish uchun.
Aseptik sharoitda 2% li spirtli gramitsidin S eritmasi saqlagan ampula ochiladi va u natriy
xloridning sterillangan izotonik eritmasida eritiladi. Gramitsidinning suvli eritmalari turg’un emas.
Shuning uchun ularni 1 kundan ortiq ishlatib bo’lmaydi. Suyultirilgan gramitsidin eritmalari —
suyuq holdagi Zaharli eritma tomchilari bilan zararlanganda ko’z namlamasi sifatida qo’llanadi.
Rp: Sol. Furacillini 1:5000-100 ml
D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Bu eritma 0,85% natriy xlor bilan osmotik bosimi tenglashtiriladi. 120°C da 8 daq.
sterillanadi. Tayyor eritmani mexanik aralashmadan holi ekanligi yana bir bor tekshirilishi kerak.
Rp: Natrii chloridi 5,30
Kalii chloridi 0,75
Calcii chloridi 10,46
Natrii acetatis 3,90
Glucosi 0,80
Acidi hydrochloridi puri diluti 0,05 ml
Aguae pro injectionibus ad 1000 ml
Ko’z shox pardasini ho’llab turish va ko’z oldi qismini yuvish uchun ko’z operatsiyasida
ishlatishga tavsiya etilgan eritma. Tarkibidagi tuzlar 1 litr in’yeksiya uchun yaroqli suvda eritilib,
membranali filtrlar orqali filtrlab 250 ml sig’imdagi idishlarga solinadi.
Flakonlar IP-21 markali rezina tiqin bilan mahkamlanib alyumin qalpoq bilan kavsharlanadi.
120°C da — 12 daq. sterillanadi.