uchun 1,9-2% konsentratsiyali borat kislotasi tavsiya etiladi. Borat kislotasi atropin sulfat,
pilokarpin gidroxlorid, skopolamin gidrobromid, dikain, novokain ko’z tomchilari turg’unligini
oshirishda foyda beradi.
2. Ikkinchi guruhga kuchsiz kislotali va neytral muhitda barkaror bo’lgan dori moddalar:
benzilpenitsillin, streptomitsin, levomitsetin tuzlari kiradi. Bu dorilarni turg’un qilish uchun har xil
bufer aralashmalar, natriy sitrat va boshqalar ishlatiladi.
3. Uchinchi guruhga ishqoriy muhitda barkaror bo’lgan dorilar: sulfatsil natriy, norsulfazol-
natriy va boshqalar kiradi. Ularni turg’unlashtirish uchun natriy ishqori, natriy gidrokarbonat,
natriy tetraborat, pH ko’rsatkichi ishqoriy bo’lgan bufer aralashmalar qo’llaniladi. Oksidlanuvchi
modda eritmalari — ko’z tomchilarini turg’unlashtirish uchun oksidlanishga qarshi moddalar:
sulfit va metabisulfit natriy, ya’ni in’yeksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni oksidlanishdan
to’xtatishda foydalanadigan moddalar ishlatiladi. Masalan, 30% li sulfatsil- natriy eritmasi 0,5% li
metabisulfit natriy bilan, 1% li etilmorfin gidroxlorid eritmasi esa 0,1% li metabisulfit natriy bilan
turg’unlashtiriladi.
Ko’z tomchilari mumkin kadar o’zok davom etadigan ta’sirga ega bo’lishi kerak.
Yopishqoqlikni oshirish bilan suvli eritmalar ta’sir qilish muddatini uzaytirish mumkin. Bu
maqsadda polivinil spirti, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza ishlatiladi. Bu moddalar
ko’zning ko’rishini xiralashtirmaydi va yaxshi yopishqoqlik xususiyati bilan unga nojo’ya ta’sir
ko’rsatmasdan ko’z uchun zarur vazifani ta’minlaydi.
PVS, KMS (1,5%) va MSning (0,5%) li suyultirilgan eritmalari oson sterillanadi va
saqlanganda tinikligicha qoladi. Ko’z tomchilari uchun 5-15 sP yopishkoklik eng qulay
hisoblanadi. Yopishqoqlik 40-50 sP dan oshmasligi kerak, agar bundan oshsa dozalash
qiyinlashadi. Tiniqlik: ko’z tomchilari juda tiniq va ko’z pardasini mexanik jarohatlaydigan
muallaq zarrachalar saqlamasligi kerak. Ko’z tomchilarini oliy navli filtrlovchi qog’ozlar orqali
filtr ostiga uzun tolali paxta bo’lagini qo’yib filtrlanadi. Filtrlab bo’lgandan keyin eritma
konsentratsiyasi va umumiy og’irligi belgilangan normadan ortib yoki kamayib ketmasligi kerak.
Dorixona retsepturasida tez-tez takrorlanib turadigan tarkiblarni o’rganish asosida oldindan,
ma’lum muddatga tayyorlab turadigan konsentratlarni ishlatish oz miqdordagi suyuqliklarni
filtrlashdagi noqulaylikdan xalos qiladi.
Olimlar tomonidan ko’z tomchilarining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,
dorixonalarda ularni oldindan tayyorlab qo’yiladigan turlarini ko’paytirishga olib keldi.