yetkaziladi) , qolgan 5 ml suv bilan filtr yuvib o’tkaziladi, eritma hajmi 10 ml yetkaziladi va
sterillanilab: "Ehtiyotlik bilan ishlatilsin" yorlig’i bilan jihozlanadi.
Rp: Riboflavini 0,002
Solutionis Citrali 0,001% — 10 ml
D. S. 2 tomchidan kuniga 2 marta tomizilsin.
Ehtiyojni hisobga olgan holda bir sutkalik retsepturani bir yo’la tayyorlagan ma’qul. 10
flakon tayyorlanadigan bo’lsa, 0,02 riboflavin va 0,9 natriy xlorid 99
ml issiq suvda eritib
filtrlanadi. Eritma sovigandan so’ng ustiga aseptik sharoitda 1 ml sitralni spirtdagi eritmasi solinib,
so’ng 10 ta idishga 10 ml dan bo’linadi. Rezina
tiqin bilan mahkamlab olingach, qalpoq bilan
kavsharlanadi. Tayyor eritmani saqlash muddati oddiy sharoitda 2 sutka va 4°C da 5 sutka. Bu
eritmani saqlanish
muddati kamligiga asosiy sabab, tarkibidagi sitralni rezina tikinga shimilib
qolishidir. Polietilen qopqoqli idishlardagi bunday eritmani saqlash muddati 1 oygacha.
Ilova: Hozirgi vaqtda SSVning 6.02.74 yil 90-sonli buyrug’iga asosan bu maqsadda sulfatsil
natriyning 30% li eritmasi ishlatiladi. Aseptik sharoitda tayyorlangan eritma chaqaloq tugilgandan
2 soat o’tgach, 2 tomchidan kuniga tomiziladi.
Ko’z tomchilarini saqlash va joylash.
Ko’z tomchilarini qadoqlash
uchun ishlatiladigan idishlar, tikinlar va tomizgichlar toza,
kimyoviy turg’un bo’lishi va tegishli hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Ko’z
tomchilarini
to’gri qadoqlash, turg’unlik muddatini o’zaytirish va saqlanish muddatini o’zaytiradigan
zarur
shartlardan biridir. Dorixona sharoitida ko’z tomchilarini qadoqlash uchun penitsillin va boshqa
antibiotiklar uchun ishlatiladigan rezina tiqinli va metall qopqoqli hajmi 10 ml li shishachalar
ishlatiladi. Avvallari korxona sharoitida ko’z tomchilari shisha tomizgichlarda chiqarilgan. Hozirgi
vaqtda hajmi 1,5-2 ml bo’lgan tyubik tomizg’ichlarda chiqariladi. Tyubik to’ldirilgandan keyin uni
kavsharlab berkitiladi va u buralib yopiladigan
qopqoqqa kirgiziladi, qopqoqcha ichida yuqorida
tirgak bo’ladi. Agar bir qo’l bilan qalpokcha tirgakchaga buralsa teshiladi.
Keyin qalpokcha
bo’shatib olinadi va tyubik korpusini sekin qisib eritma tomiziladi. Kimyoviy barqaror shisha yoki
indifferent yuqori polimerlardan tayyorlangan zich yopiladigan idishlar ishlatish turg’unlikni
ancha oshiradi. Ba’zi hollarda stabilizator qo’shmasdan kifoyalanish ham mumkin. Ayniqsa,
qadoqlashga tyubik tomizgichlarni joriy qilish katta imkoniyatlar ochadi. Haqiqatdan ham
(ambulatoriya bemoriga) 10 ml ko’z tomchisi berish noo’rin sarfdir, chunki bemor sog’ayib
bo’lguncha 3 ml dorini ishlatadi.
Ko’z tomchilarini saqlash muddati belgilangan bo’ladi.