• Tayanch atama va iboralar
  • Ma’ruza 15  MAVZU 15. Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet285/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Ma’ruza 15 
    MAVZU 15. Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan
    talablar, tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash.
    Ma’ruza maqsadi: Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ulargaqo‘yilgan
    talablar, tayyorlash texnologiyasi, sifatini baholash.ga oid nazariy ma’lumotlarni berish
    Tayanch atama va iboralar: ko’z tomchilari, ko’z namlamalari va yuvish uchun 
    ishlatiladigan eritmalar
    Reja:
    1. Ko’z tomchilari
    1. Ko’z tomchilarini saqlash va joylash.
    2. Ko’z namlamalari va yuvish uchun ishlatiladigan eritmalar
    Ko’z kasalliklarida ishlatiladigan dori shakllari boshqa dori turlaridan o’zining tayyorlanish 
    usuli, ishlatilishi bilan o’ziga xos o’rinni egallaydi. Qalinligi 1 mm bo’lgan yog’ to’siqli muguz 
    parda ko’zning dori so’riladigan qismi hisoblanadi. U yog’da eruvchan dori moddalari uchun 
    yaxshi o’tkazuvchidir. Yog’ to’sig’i orqasida suv bo’shlig’i joylashgan. Ko’z dorilarini ishlatishda 
    kutiladigan ta’sir, dorining ko’z to’qimasiga kira olishi hamda yog’ va suv to’siqlarini yengib 
    o’tishiga bog’liq.
    Oftalmologiya amaliyotida har xil dorilardan mahalliy ta’sir qilib diagnostika (ko’z 
    qorachigini kengaytirish, toraytirish) va davolash (og’riqda, yallig’lanishlarda) maqsadida, yaqin 
    to’qimalarda farmakologik ta’sirni o’tkazish uchun foydalaniladi.
    Ko’z pardasi va shilliq qavati tananing nozik to’qimalaridan hisoblanadi. U tashqi muhitga 
    va dori moddaga keskin ta’sirchanlik bildiradi. Ko’z shilliq qismiga nafaqat yot moddalar, hatto 
    ishlatilayotgan dorilar bilan ko’z suyuqligining osmotik bosimi, pH ko’rsatkichi orasidagi farq 
    ham ta’sir qiladi.
    Ko’z suyuqligi ko’zni mexanik qo’shilmalardan, mikroorganizm ta’siridan himoya qilib 
    turadi. Sog’lom ko’zdagi lizotsimning bakteritsid quvvati uni mikroorganizmlar ta’siridan 
    muhofaza qilish uchun yetarli bo’ladi. Tanani kasallanishi ko’z suyuqligidagi lizotsim miqdorining 
    kamayishiga olib keladi.
    Ko’zni shox pardasi ko’zni mikroorganizm va boshqa ta’sirlardan saqlaydigan yana bir 
    to’siq bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan uning jarohatlanishi ba’zi bir mikroorganizmlarni ko’z 
    pardasidan o’tib ko’payishiga va og’ir ko’z xastaliklariga olib kelishi mumkin.
    Shunday qilib, ko’z dori shakllarini tayyorlaganda ko’zni anatomik, fiziologik va 
    biokimyoviy xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan 
    yordamchi moddalar va texnologik usullar esa dori moddani ta’sirini pasaytirmasligi, balki uni 
    oshirishga va muayyanlashtirishga xizmat kilishi kerak.
    Hozirgi vaqtda ko’z kasalliklarining oldini olishda va davolashda ko’z tomchilari, eritmalar, 
    surtmalar, plenkalar ishlatiladi. Ulardan eng ko’p ishlatiladigani ko’z tomchilaridir.



    Download 7,28 Mb.
    1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza 15  MAVZU 15. Ko‘z dori turlari (ko‘z tomchilari va namlamalari), ularga qo‘yilgan

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish