|
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023Bog'liq MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYASCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023
https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
189
avlod ongiga ulkan axborot oqimi ta’sir ko‘rsatmoqda, uni majoziy ma’noda “axborot
yomg‘iri” yoki “axborot seli” deb atash mumkin. Bugungi axborot makonidagi
kutilmagan obrazlar, zamonaviy, yorqin tasvirlar, syujetlar va xatti-harakatlar hali
ongi yetarli darajada shakllanmagan yoshlarni albatta ko‘proq o‘ziga jalb qiladi,
chunki yosh xususiyatlari va hayotiy tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, bola ulkan
ma’lumotlar oqimini qabul qilish va tushunish uchun hali tayyor emas hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Barchaga ma’lumki bugungi yoshlarning telefon, kompyuter va televizor oldida
o‘tkazadigan vaqtlari maktabda yoki boshqa ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan
vaqtlaridan ancha ko‘proqni tashkil etadi. Bu ularning ongiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi turli buzuq, ziddiyatli dasturlar, shoular, saytlarni doimiy ko‘rishlariga
ko‘proq imkon beradi, uning nozik ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular esa bularning
turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘pincha tushunmaydi. Agar
e’tiborimizni qaratsak, faqat ko‘ngilochar saytlar, turli shoularni tanlaydigan va
ko‘radigan yoshlar deyarli yurtimizda va dunyoda bo‘layotgan ta’limiy-tarbiyaviy,
ma’naviy-madaniy teledasturlar, ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rishdan o‘zlarini chetga
olishadi.
Hozirda urf bo‘lgan majoziy iboraga ko‘ra, inson o‘zining “axborot pillasi”ga
o‘ralib olishi, o‘zini real dunyodan ajratib qo‘yishi, illyuzion axborot makonida
yashashi mumkin [1].
Media sohasidagi eng nufuzli tadqiqotchilarning tadqiqot natijalariga asoslanib
shuni ta’kidlash mumkinki, ommaviy axborot vositalari tomonidan manipulyatsiya
obyekti bo‘lib ko‘proq yoshlar tanlanadi, chunki:
- ular axborotning muhim qismini, to‘liq idrok etmaydilar, chunki ular hali uni
idrok etishga tayyor emaslar;
- ular xabarlarning ma’nosini yoki bir nechta ma’noga ega bo‘lishi
mumkinligini qisman tushunadilar;
- ular ommaviy axborot vositalariga nisbatan passiv pozitsiyani egallaydilar,
|
| |