|
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023Bog'liq MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYASCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023
https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
191
munosabatini shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish; kerakli ma’lumotlarni turli
manbalardan topa olish, belgilangan mezonlar asosida ularni tizimlashtira olish;
axborotlarning kommunikativ jihatdan o‘zaro ta’sir maqsadini va mo‘ljallangan
auditoriya xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni hajmini, shaklini, belgilari
tizimini, tashuvchisini o‘zgartira olish;
- o‘z fikrlari yuzasidan bahslasha olish, olingan ma’lumotlarda kamchiliklar va
ma’nolarni topa olish va ularni tuzatish bo‘yicha takliflar kirita olish;
- axborotlardagi turli muqobil nuqtai nazarlarni qabul qilish va ularning har
biriga «yoqlash» va «qarshi» bo‘lgan asosli dalillar keltira olish;
- axborot xabarlari o‘rtasida maqsadli assotsiativ va amaliy aloqalarni o‘rnatish;
axborot xabaridagi eng muhim jihatlarni ajrata olish.
Hozirgi vaqtda kino va videofilmlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va turli
teledasturlarning parchalari asosan ko‘rish tamoyilini amalga oshirish sifatida
qo‘llaniladi. Biroq yoshlarga qaratilgan elektron, audiovizual, bosma medialarining
didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiyaviy yo‘nalishlardagi
maqsadlarda yetarlicha foydalanilmayapti, ammo ular insonning xulq-atvor
hususiyatlarini shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy axborot
madaniyatini shakllantirish va yoshlarning axborot xulq-atvor hususiyatlarini
rivojlantirishning yangi usullarini ishlab chiqish sharoitda albatta, media ta’limning
o‘ziga hos pedagogik salohiyatini hisobga olish muhimdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagoglar va ota-onalar tomonidan
olib boriladigan turli xil ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirlarni yoshlar turlicha qabul
qilishlari mumkin: ularga xushmuomalalik bilan muloqot qilish natijasida paydo
bo‘ladigan ijobiy munosabatlardan so‘ng ular o‘zining xatti-harakati haqida o‘ylaydi
va faollik ko‘rsatib, o‘zini takomillashtirish va rivojlantirishga intiladi. Ana shunda
bunday tarbiya usuli haqiqatan ham uning shaxsiy ijobiy hususiyatlarini
shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar, tarbiyachilar va
|
| |