|
Scholar issn: 181-4147 volumeBog'liq MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA188
Abstract
This article discusses the role of media education in the educational process of
young people, the specifics of media education and the methods and effectiveness of
its organization.
Keywords: information, media, mediaeducation, information security,
medialiteracy, mediaculture.
KIRISH
Hozirgi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan
taʼlimni rivojlanishini “media” (yaʼni: televidenie, radio, kinematograf, ommaviy
nashrlar, kompyuter axborot tizimlari)siz tasavvur qilish qiyin.
Аxborot makonini globallashuvi va uning “ochiqligi” zaminida yangi bilimlar,
faktlar, qarashlar, kontseptsiyalarning oqimi shiddat bilan ortib bormoqda va
ommaviy axborot kommunikatsiyalari orqali berilayotgan axborotlardan foydalanish
muammosi paydo bo‘lmoqda.
XXI asr, ya’ni “axborot asrida” axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy
axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish amalda
qiyin bo‘lib bormoqda. Аxborotning bunday aralash-quralashligi taʼsirida
o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi, uning qarashlarini,
qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari o‘quvchi ongida axborot olamini
tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va
ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda. Boz ustiga
jahondagi taʼlim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70- yillaridayoq
boshlangan va, pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – medaiataʼlim paydo bo‘lib,
shakllanib bormoqda.Bugungi kunda endi shakllanayotgan yoshlarni turli
axborotlarning salbiy ta’siridan himoya qilish va ularning sog‘lig‘ini asrash
muammosi dunyodagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yoshlarga atrofini o‘rab
turgan olam haqidagi ma’lumot beruvchi asosiy manbalarga esa, matbuot,
televidenie, radio, global kompyuter tarmoqlari va boshqalar kiradi. Bugungi yosh
|
| |