|
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023Bog'liq MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYASCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023
https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
194
texnik vositalardan foydalanishni afzal ko‘rishadi, ya’ni, kameralar, videokameralar,
kompyuterlar, telefonlar. Ushbu zamonaviy texnikalardan foydalanishda topshiriqni
shunday tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladiki, u fanni o‘qitish va tarbiya vazifalarini
o‘zida mujassamlashtirsin;
- bir vaqtning o‘zida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan
turli xil uslubiy usullardan foydalanishga imkon beradigan Internetning axborot
resurslaridan foydalanish.
Yoshlarning Internetga qiziqishi to‘rtta asosiy omil tufayli rivojlanadi deya
hisoblanadi:
- turli xildagi ma’lumotlarga kirishga imkoniyatning mavjudligi;
- keng interaktivlik, doimiy muloqotning mavjudligi;
- o‘zi haqidagi ma’lumotlar ustidan shaxsiy nazorat, ma’lum bir “obraz”ni
yaratish imkoni;
- uzatilayotgan ma’lumotlarning anonimligi.
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mediata’lim jarayonida yoshlarni Internet bilan
muloqot jarayonida xavfsizlikni ta’minlashning muhim qoidalari bilan tanishtirish
zarur: barcha shaxsiy ma’lumotlarni (ismi, manzili, telefon raqami, elektron pochta
manzili, ota-onalarning shaxsiy ma’lumotlari) oshkor qilmaslik; media tarmoqlardagi
begonalarga ishonmaslik: Internetda har kim o‘zini kimligini ochiq ko‘rsatmasligi,
aslida kimligini sir tutishi mumkin va hokazo.
Mediata’limning asosiy maqsadi sifatida yoshlarning mediasavodxonligini
oshirish, ularda mediamadaniyatini shakllantirish, medialarning salbiy kontentlaridan
himoya qilish, manipulyatsiya qurboniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy
ma’lumotlarini himoya qilish va zamonaviy dunyoda axborotlarni ongli ravishda
izlash, talqin qilish va qo‘llash, dunyoqarashini kengaytirish orqali kommunikativ
ko‘nikmalarini va mediakompetensiyalarini rivojlantirish vazifalarni ta’limning
|
| |