|
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023Bog'liq MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYASCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023
https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
190
o‘zlarini ularning ta’siridan qanday himoya qilishni bilmaydilar va ko‘pincha bunday
himoya zarurligini tushunmaydilar.
Bugungi kunda axborot xavfsizligi va inson ongini ommaviy axborot vositalari
tomonidan manipulyatsiya qilinishidan himoya qilish davrimizning eng asosiy
muammosiga aylandi, va bu hozirda ota-onalar, shifokorlar, psixologlar va
o‘qituvchilarni tashvishga solmoqda. Ushbu muammoni hal etishning eng samarali
yo‘li sifatida maktab va ta’lim muassasalarida mediata’lim va mediamadaniyatni
rivojlantirish orqali amalga oshirish taklif etilmoqda. Hozirgi kunda dunyoda jadal
rivojlanayotgan mediata’lim bu - pedagogikaning ommaviy axborot qonuniyatlarini
o‘rganish asosida yoshlarni axborot xurujlaridan o‘zini himoya qilish va odamlar
bilan muloqot qilish va o‘zligini namoyon qilishning zamonaviy shakllari bilan
tanishtiradigan yo‘nalishdir.
Mediata’limni o‘rganish natijasida inson quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi
mumkin:
• o‘zi bilan qabul qilinuvchi axborot o‘rtasida “psixologik masofa” o‘rnatish
mexanizmlarini yaratish, o‘zining ongini manipulyatsiya qilinishidan psixologik
himoya qilish, axborotlarni tanqidiy baholash ko‘nikmalarini egallash;
• audiovizual idrok etishning ongli tajribasini egallash; idrok etish qobiliyatlarini
har tomonlama rivojlantirish;
• amaliy darajada noverbal xabarlar tillarini (teletasvirlar tahlili, kino tili,
reklama tili va boshqalar) o‘zlashtirish, bu esa ularnga axborotlarning mazmuni
anglashga va o‘zini namoyon etish imkonini beradi.
Mediata’limning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun quyidagi
faoliyat yo‘nalishlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi:
- maktabda shakllangan bilimlar tizimiga sinfdan tashqari qabul qilinadigan
axborotni kiritish, bu bilimlardan turli mediadagi axborotlarni idrok etish va ularni
tanqidiy tushunishda foydalanish;
- axborotni talqin qilish, uning mohiyatini anglash, uni maqsadli yo‘naltirish,
axborot tarqalishining maqsadi, axborotlardagi yashirin ma’nolarga nisbatan shaxsiy
|
| |