SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023




Download 273,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana25.11.2023
Hajmi273,13 Kb.
#105236
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MEDIATA’LIM - YOSHLARNI SALBIY AXBOROTLARDAN HIMOYA

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023
 
 
https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
192
 
pedagoglarning tarbiya usuli ular bilan yoshlar o‘rtasida ijobiy munosabat 
o‘rnatmasa, bu usul yoshlarning psixologik rivojlanishida ijobiy rol o‘ynamaydi va 
hatto ular tomonidan ma’lum bir qarshilikka ham uchrashi mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘quvchi tarbiyaviy ta’sirning nofaol obyekti hisoblanmaydi. 
Ularda bunday ta’sirlarga nisbatan ichki pozitsiya shakllanadi, ularda ushbu 
ta’sirlarga nisbatan o‘zini takomillashtirish (rivojlantirish), o‘z ustilarida faol 
ishlashlari yoki passiv bo‘lib qolishlari mumkin. Shu nuqtai nazardan, ta’lim 
insonning o‘z ustida ishlashdagi faolligini ichki rag‘batlantirishga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatsagina, uning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlash mumkin.
 Ta’lim-tarbiya shaxsning kamol topishida, uning o‘z ustida ishlashidagi 
faolligini ichki jihatdan rag‘batlantirishga ota-onalar, tarbiyachi hamda pedagoglar 
tomonidan ijobiy ta’sir ko‘rsatgandagina bu usullar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aynan 
quyidagi hususiyatlar ya’ni o‘sib kelayotgan shaxsning faolligi va shaxsiy intilishi, 
o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan istagi, pirovardida uning shaxsiy rivojlanishini 
belgilaydi[2]. 
Yoshlarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarida mediata’limdan foydalanishning 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyati shundaki, ularga o‘zini namoyon qilish 
uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishda ham hisoblanadi, chunki hamma bola 
ham o‘qish jarayonida o‘zini namoyon qila olmaydi. Bunday sabablar sirasiga 
yoshlarda etakchilik, turli qobiliyatlarini va o‘zlashtira olmaslik kabi muammolarni 
ko‘rsatish mumkin. Shu sababli, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan turli sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda yoshlar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun 
ijtimoiy motivlar va ehtiyojlarlarini amalga oshiradigan ulkan imkoniyat bilan 
ta’minlanadilar. Zamonaviy, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni to‘g‘ri tanlash 
ta’lim-tarbiya vazifalarini yanada to‘liq 
amalga oshirishga yordam beradi. Bu jarayonda eng ahamiyatli jihatlardan biri 
shundaki, yoshlarning o‘zlari ularni rivojlantirishning yangi shakllarni taklif qilishlari 
ham mumkin. 



Download 273,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 273,13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 1 | ISSUE 29 | 2023

Download 273,13 Kb.
Pdf ko'rish