|
Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash
|
bet | 2/15 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #126417 |
Bog'liq Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlashTopshiriqlar:
1. BIOS menyulari haqida umumiy tushuncha
BIOS oynasidagi dastlabki menyular haqida ma’lumot. PHOENIX+AWARD nomli firmaning BIOS i asosida koʻradigan boʻlsak, bu firma oldin ikkita firma koʻrinishida boʻlib, hozir birgalikda BIOS chiqarish bilan shug‘ullanishmoqda, koʻp kompyuterlarda aynan shu firma BIOSlari ishlatilmoqda.
Demak, kompyuteringiz orqali BIOSga kirsangiz, quyidagi oynagu duch kelasiz.
Ichidagi meyularni umumiy qilib koʻrib oʻtamiz:
1. Standard CMOS Features – menyuda, tizim tomonidan koʻrsatiladigan vaqt, kun kabi axborotlar, undan tashqari disklarni sozlash va POST xatolar haqida ma’lumotlarni koʻrish va ularni sozlash mumkin boʻladi.
2. Tiger Central Control Unit – menyuda, tezkor xotira (RAM), protsessor(CPU) kabi kompyuter elementlarini ishlashini sozlash va ular haqida axborot olish mumkin boʻladi. Aynan shu menyu orqali kompyuter ishlashini tezlashtirish(разгон) imkoni mavjud.
3. Advanced BIOS Features – kompyuter yuklanishni qanday amalga oshirish kerakligi, protsessor sozlashlari va xotirani keshlash kabi sozlashlar amalga oshiriladi. Undan tashqari kompyuter yoqilishida qaysi diskdan yuklanishi kabi savollarga ham javob topiladi.
4. Advanced Chipset Features – bu menyu motherboar dagi chipsetni sozlash va tezkor xotira ishlash parametrlarlarini belgilash uchun ishlatiladi.
5. Integrated Peripherals – motherboard’da mujassamlashgan elementlarni sozlash uchun (audio, video, kontrollerlar,…).
6. Power Management Setup – kompyuterning elektr ta’minotini boshqaradi, undan tashqari bu menyu orqali kompyuterni oʻchish va yoqilishini avtomatlashtirish ham mumkin.
7. PnP/PCI Configurations – tizim resurslarini qurilmalarga taqsimlash va PCI sozlashlarni amalga oshiradi.
8. PC Health Status – bu menyu orqali kompyuter ishlashini monitoring qilish mumkin boʻladi. Ba’zi elementlarning haroratini, kullerlarning aylanish tezligini va hakazo.
9. Load Fail-Safe Defaults – BIOS sozlashlarini eski holatiga qaytaruvchi menyu. Bu menyu, bilib-bilmasdan BIOS sozlashlarini oʻzgartirib qoʻygan va orqaga qaytarishni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulaydir.
10. Load Optimized Defaults – bir necha qiymatlarni bergan holda, kompyuter ishlashini optimizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
11. Set Supervisor Password – BIOS dasturiga parol oʻrnatish(superfoydalanuvchiga, administratorga), bu ishni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.
12. Set User Password – bu ham yuqoridagi kabi parol qoʻyish uchun ishlatiladi, lekin administratorga emas, balki oddiy foydalanuvchiga, bu foydalanuvchi sozlashlarni koʻrishi mumkin boʻladi, lekin oʻzgartiraolmaydi.
13. Save & Exit Setup – qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlab, BIOS dan chiqish.
14. Exit Without Saving – qilingan barcha ishlar(sozlashlar)ni saqlamasdan BIOS dan chiqish.
|
| |