Qobiq dasturlar va arxivatorlar
Ishning maqsadi: Talabalarda Qobiq dasturlar va arxivatorlar haqida qisqacha nazariy ma’lumotlar berish, qobiq dastur va arxivatorlarda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumotlar: Total Commander dasturi Norton Commander dasturidan ba’zi nmkoniyatlari boʻyicha takomillashgani bilan farq qilsa-da, ammo mohiyatan bir xil vazifalarni bajarishga moʻljallangan, Windows operatsion tizimining qobiq dasturlaridan biri sanaladi. Qobiq dasturlar odatda foydalanuvchiga sifat jihatidan Yangi interfeys taqdim etadi. Chunki, ular Windows operatsion tizimi obyektlari ustida bajariladigan har qanday amallarni oʻzining maxsus buyruqli vositalari yordamida osonroq va tez amalga oshirish imkonini beradi. Total Commander qobigʻining buyruqlari bir nechta usullarda berilishi mumkin: menyu rejimida, klavish kombinatsiyalarida, qobiqning panellar obyektlarida, sichqonchaning harakatlanishida va h.k.
Total Commander dasturining afzalligi va imkoniyatlari. Total Commander dasturi yordamida:
fayl va katolog(papka) yaratish, qayta nomlash, koʻchirish va oʻchirish;
fayl va katologlarni yaratilagan yoki oʻzgartirilgan sanasi boʻyicha, alifbo boʻyicha, kengaytmasi boʻyicha saralash;
fayllarni arxivlash va arxivni ochish;
matnli va arxivlangan fayllarni koʻrish, matnli va grafikli fayllarni tahrir qilish, diska yozish va shunga oʻxshash bir qator ishlarni xudi NC dasturidagi kabi amalga oshirish mumkin.
Total Commander dasturini ishga tushirish uchun Windows asosiy menyusidan
[Пуск][Программы][ Total Commander]
buyrugʻini bajarish, yoki ish stolining oʻzida oʻrnatilgan TC yorligʻiga murojaat etish mumkin. Natijada ish stolida dastur oynasi yuzaga keladi.
Total Commander dasturi oynasining tuzilishi.
Bunda yuqoridan 1-satr sarlavha satri, 2-satr menyu satri, 3-satr vositalar paneli, 4-satr disklarni tanlash satri, 5-satr joriy disk va u haqdagi ma’lumot paneli, 6-satr joriy disk va joriy katolog (papka)ni koʻrsatib turuvchi satr. 7-satr esa joriy panelda belgilangan fayl nomi, tipi, oʻlchami, yaratilgan vaqti va atributlari haqida ma’lumot beradi.
Katolog (papka) va fayllar joylashgan panelning rstidagi 8-satrdan joriy katologda belgilangan fayl oʻlchami haqida ma’lumot olish mumkin. 9-satrda MS DOS buyruqlarini kiritish mumkin. Oxirgi 10-satrda klaviatura orqali ishlatiladigan funktsional tugmachalar vazifasi keltirilgan.
|