|
Total Commanderda Yangi papka yaratish
|
bet | 8/15 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #126417 |
Bog'liq Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash7. Total Commanderda Yangi papka yaratish.
8. Katalog yaratish. Koʻrsatkich turgan joriy panelda biror yangi katolog tashkil qilish uchun F7(Make Directory) tugmasi bosilib, hosil boʻlgan “Sozdat novy katalog” nomli oynachaga yangi katolog nomi kiritiladi va [OK] bosiladi.
9. Katalogga kirish va undan chiqish. Katalogga kirish uchun koʻrsatkich katalog ustiga keltiriladi va “Enter” bosiladi, undan chiqish uchun esa katologda mavjud boʻlgan qism katalog va fayllarning yuqorisida joylashgan ikkita nuqta “..” ustiga “Enter” bosiladi.
10. Katalogni qayta nomlash va oʻchirish. Katalogni qayta nomlash uchun F6(Rename) tugmasi bosiladi va yangi nom kiritiladi. Katalogni oʻchirish uchun esa u dastlab koʻrsatkich yordamida ajratiladi va soʻngra F8(Delete) tugmasi bosiladi.
11. Darchada katolog daraxtin koʻrish. Darchada katolog daraxtini koʻrish uchun [Alt]+[F10] tugmachalari bir vaqtda bosiladi. Boshqa darchaga oʻtish uchun esa [Tab] tugmasi bosiladi.
12. Total Commanderda disklar bilan ishlash
13. Oʻng yoki chap darchaga disklar roʻyxatini chiqarish. Chap yoki oʻng darchaga disklar roʻyxatini chiqarish uchun mos holda, [Alt]+[F1] yoki [Alt]+[F2] tugmachalari bosiladi.
14. Diskdan faylni tez qidirib topish. Diskdan faylni tez qidirib topish uchun [Alt]+[F7] tugmachalari birgalikda bosiladi. Hosil boʻlgan muloqot oynachasining “Искать файлы” yoʻlagiga izlanayotgan fayl nomi, “Искать где” yoʻlagiga esa biror disk va diskga tegishli qism katolog nomi kiritiladi. Kerakli faylni qidirish uchun shu ma’lumotlar yetarli. “Начать поиск” buyrugʻini ishlatish bilanoq faylni qidiruv jarayoni boshlanadi. Agar mazkur faylning oʻzi umuman mavjud boʻlsa, u holda uning qaerda joylashganligi haqidagi xabar quyidagi oynada namoyon boʻladi (misol tariqasida phone.doc faylni C: diskdan qidirish e’lon qilingan).
15. Disk oʻochami holatini tekshirish va boʻsh joyni aniqlash.
Diskdagi boʻsh joyni aniqlash uchun [Ctrl]+[L] tugmalari bosiladi. Ekranda nafaqat disk holati, balki koʻrsatkich turgan katolog yoki fayl oʻlchami haqidagi ma’lumot birgalikda hosil boʻladi. Uni olib tashlash uchun [OK] tugmasi bosiladi.
|
| |