• 2. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish.
  • Matn.
  • 3. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish.
  • [Формат][Столбец][Ширина]
  • Ширина столбца
  • Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash




    Download 0,71 Mb.
    bet10/15
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #126417
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    Topshiriqlar:
    1. Excel dasturini ishga tushirish.
    Asosiy menyu orqali [Пуск][Программы][Microsoft Excel] buyruqlar ketma  ketligi amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat qilish ham mumkin. Natijada Excelning 1-rasmdagi ish stoli (ishchi oynasi) hosil bo‘ladi.
    2. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish.
    Jadvalga asosan uch turdagi ma’lumotlarni kiritish mumkin: matnli, sonli, va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo‘lsa, kursor o‘sha yacheykada turishi kerak.
    Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo‘lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matnli deb tushuniladi. Masalan, Talabalar stipendiyasi qaydnomasi yoki a1+a2;
    Sonlar. Agar kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketmaketligidan iborat bo‘lsa, u holda bu sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan, 444; -4,8; 11,11 va h.k.
    Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida hisoblash ishlarini bajarishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Bu vaqtda formulalardan foydalaniladi. Excel yacheykasida boshqa ma’lumotlardan farqli o‘laroq, formulalarning yozilishi faqat “=” (tenglik) belgisi bilan boshlanadi. “=” belgisidan keyin arifmetik amal belgilari bilan o‘zaro bog‘langan ifodalar yoziladi. Masalan, agar D2 yacheykasida =B2+4*C2 formula yozilgan bo‘lsa, bu shuni bildiradiki, C2 yacheykasidagi sonli qiymat 4 ga ko‘paytirilib, B2 yacheykadagi songa qo‘shiladi va natija D2 yacheykaga yoziladi (2-rasm). Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari: “+” (qo‘shish), “” (ayirish), “*” (ko‘paytirish), “/ ” (bo‘lish).

    2-rasm. Jadvalda formuladan foydalanish.


    3. Jadvalning ustun kengligi va satr balandligini o‘zgartirish.
    Ba’zan aniq bir shaklga asoslangan hujjatli ma’lumotni tayyorlash bilan bog‘liq amaliy ish jarayonida ustun eni va satr balandligini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu amalni menyudan foydalanib, quyidagicha bajarish mumkin: [Формат][Столбец][Ширина]. Hosil bo‘lgan kichik muloqot panelining yozuv maydoniga ustun kengligi uchun 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlarni kiritish mumkin. Bizning misolda bu 20 ga teng (3-rasm).

    3-rasm. Ustun kengligini “Формат” menyusidan foydalanib o‘rnatish.

    Ustun kengligini sichqoncha yordamida ham osongina o‘zgartirish mumkin. Masalan, A ustun kengligini kattalashtirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi A va B ustun boshqaruv tugmalari orasiga keltiriladi, ko‘rsatkich shaklga kelgach, sichqoncha chap tugmasini bosib, uni qo‘yib yubormasdan o‘ng tomonga siljitish kerak (4-rasm).



    4-rasm.
    Ustun kengligini o‘zgartirishning yana bir usuli  kontekst menyu orqali. Masalan, B ustun kengligini o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi B ustun boshqaruv tugmasi ustiga keltirilib, o‘ng tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan Ширина столбца buyrug‘i tanlanadi (5-rasm).

    5-rasm. Ustun kengligini kontekst menyudan foydalanib o‘rnatish.

    Satr balandligini ham xuddi shu yuqorida ko‘rsatilgan uchta usuldan biri orqali o‘zgartirish mumkin.



    Download 0,71 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    Download 0,71 Mb.