|
Interfaol multimedia taqdimoti
|
bet | 14/15 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #126417 |
Bog'liq Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlashInterfaol multimedia taqdimoti - iyerarxik tamoyil asosida tizimlangan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimedia komponentlari majmui. Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bо‘linadi:
Multimedia dasturlari orqali о‘qitish о‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng kо‘lamda tizimga keltirishga kо‘maklashadi, ta’lim oluvchilarga ta’limning tо‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va о‘tish imkonini beradi.
О‘quv jarayoniga multimediali (video formatdagi) taqdimotlar yaratishda amaliy dasturiy ta’minotlardan foydalanish mumkin. Bunday dasturiy ta’minotlardan biri, iSpring Pro 6 dasturi hisoblanadi. Ushbu dasturning bir nechta versiyalari mavjud bо‘lib, ularning vazifasi .pptx formatdagi faylni .avi va html format kо‘rinishiga о‘tkazish va undan о‘quv jarayonida foydalanish mumkin.
Bunday texnologiya ta’lim berishda kо‘zda tutilgan maqsadga erishishga olib boruvchi dasturiy ta’minotlardan biri hisoblanadi. Bu texnologiya ma’lumotlarni о‘zlashtirish uchun qulay shakl va usulda taqdim etish orqali talabani mustaqil о‘qishga, bilim olishga, fikrlashga о‘rgatishni kafolatlaydi.
Dastur interfeysi juda sodda va foydalanish uchun qulay kо‘rinishda yaratilgan. Dasturning ishlash tartibi. Dastur kompyuterga о‘rnatilgandan sо‘ng Power Point dastur bosh menyusida iSpring Pro buyrug‘i joriy bо‘ladi.
Dasturga murojaat qilish va ishlash uchun iSpring Pro 6 buyrug‘i ustida Enter tugmasini bosish kifoya. Shundan sо‘ng dastur interfeysi ochiladi va u quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Dasturning eng yaxshi xususiyatlaridan biri, Power Point dasturida yaratilgan taqdimot, ya’ni .pptx formatdagi fayl Flash yoki Internetning html formatiga konvertatsiya qilinadi. Shuning bilan birga kamerani ulash va qо‘shish hisobiga taqdimotda video va ovozli kо‘rinishida yozish imkoni mavjud.
Interfaol ta’lim usuli – har bir о‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va о‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir talaba о‘z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada о‘zlashtiradi.
Dasturning yana bir imkoniyati Test tuzish mavjudligi. Dasturga kiritilgan ma’lumotlarni о‘z formatida kо‘rsatilgan joyga saqlaydi. Yangi test yaratish uchun quyidagi piktogramma bosiladi va ishchi oynada quyidagi dialog oyna ochiladi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir о‘qituvchi barcha talabalar kо‘zda tutilgandek о‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir talaba о‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan kо‘zda tutilgan darajada о‘zlashtiradi.
|
| |