|
Berilgan ma’lumotlar asosida grafiklar va diagrammalar tuzish
|
bet | 12/15 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #126417 |
Bog'liq Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash7. Berilgan ma’lumotlar asosida grafiklar va diagrammalar tuzish.
Ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishda tasvirlash uchun avval talab qilingan sohadagi ma’lumotlarni ajratib olamiz, so‘ngra [Вставка] menyusining [Диаграмма] bandiga murojaat qilib, 10-rasmdagi oynaga ega bo‘lamiz.
Oynaning Тип bo‘limidan kerakli turdagi diagrammani tanlaymiz, Вид bo‘limidan esa istalgan ko‘rinishlardan birini belgilab, [Далее>] tugmasini bosamiz. Keyingi hosil bo‘ladigan oynalar orqali kerak bo‘lsa, diagrammaning boshqa parametrlarini o‘rnatamiz, zarurat bo‘lmasa, [Готово] tugmasini bosib, maqsadga erishish mumkin. 11-rasmda 2, 4, 6 va 8 sonlari orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi grafik, doiraviy diagramma va gistogrammaviy tasvirlar keltirilgan.
Diagrammani vositalar panelidagi belgisi orqali ham hosil qilish mumkin. Bunda ham kerakli soha belgilanib, yuqorida aytilgan belgiga murojaat qilsak, bir nechta tasvir diagrammalari oynasi hosil bo‘ladi va undan keraklisini o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
8. Ma’lumot bilan to‘ldirilgan jadval sohasini belgilab olish.
Tayyor holatga kelgan hujjatni printer orqali qog‘ozga chiqarish uchun zarur bo‘lgan sohani belgilab (ajratib) olish kerak bo‘ladi. Buning uchun dastur oynasining vositalar panelidagi (обрамления) tugmachasiga murojaat qilinadi (12-rasm).
11-rasm 12-rasm
9. Tayyorlangan jadvalli ma’lumotni diskka yozib qo‘yish.
Barcha ishlar bajarilib bo‘lingach, hujjatni fayl ko‘rinishida diskka yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni menyu rejimida: “Файл” menyusiga kirib, “Cохранить” bandi tanlanadi va hosil bo‘lgan so‘rov oynasining “Имя” satriga fayl nomi teriladi va Enter bosiladi; klaviatura rejimida: [Ctrl]+[S]; 3-usuli: vositalar panelidagi (disk) belgisi ustiga sichqoncha chap tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan so‘rov oynasi uchun yuqoridagi ishlar bajariladi.
10. Excel dasturi bilan ishni tugatish.
Exceldan chiqish uchun: 1) «Файл» menyusiga kirib, «Выход»ni tanlash; 2) sarlavha satridagi belgiga murojaat qilish; 3) masalalar panelidagi Excelga tegishli tugma ustida kontekst menyuni ochib, undagi Закрыть bandi ustida sichqoncha chap tugmasini bosish mumkin.
Topshiriqlar:
1. Excel dasturi qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va qaysi dasturlar majmuasi tarkibiga kiradi?
2. Excel dasturida ma’lumot qaerga va qanday ko‘rinishda kiritiladi?
3. Excel dasturining oynasi nechta qismdan iborat? Ularga ta’rif bering.
4. Excel dasturining jadvali nechta ustun va satrlardan iborat?
5. Excel dasturida katak ichiga nima kiritish mumkin?
6. Excel dasturida formula qaysi belgi bilan boshlanadi?
7. Excel dasturida yaratilgan fayl qanday kengaytma ega bo‘ladi?
8. Diagramma va ularning turlarini yaratishda foydalaniladigan qo‘shimcha dastur nomi?
9. Uskunalar panelidagi quyidagi uskuna nima uchun mo‘ljallangan?
|
| |