• [Вставка]
  • 5. Berilgan diapazondagi sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblash.
  • 6. Bir yacheykada yozilgan ma’lumotni boshqa yacheykalarga ham nusxalash.
  • Misol.
  • Matematik funksiyalardan foydalanish




    Download 0,71 Mb.
    bet11/15
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #126417
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    4. Matematik funksiyalardan foydalanish.
    Excel da hisoblashlarni bajarish uchun turli funksiyalardan foydalaniladi. Shundan 50 tasi matematik funksiyalardir. Misol tariqasida berilgan sonning (argumentning) kvadrat ildizini hisoblaydigan funksiyani ishlatamiz. Buning uchun vositalar panelidagi belgiga, yoki [Вставка] menyusining [  Функция] bandiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan muloqot panelining Категория bo‘limidan Математические bandi, Функция bo‘limidan esa Корень bandi tanlanadi (6-rasm).

    6-rasm. 7-rasm.

    So‘ngra OK tugmasini bosib, quyidagi oynaga ega bo‘lamiz (7-rasm):


    Hosil bo‘lgan oynaning Число maydoniga, masalan, 121 conini yozib, natija sifatida 11 ga teng qiymatga ega bo‘lamiz. 6-rasmda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalar qiymatini hisoblash uchun ham xuddi shunday yo‘l tutiladi.
    5. Berilgan diapazondagi sonlarning yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblash.
    Agar sonlar ustun yoki satr bo‘ylab ketma-ket bir nechta yacheykalarda berilgan bo‘lsa va ularning umumiy yig‘indisini hisoblash talab qilinsa, u holda kerakli sohadagi tegishli yacheykalar ajratib olinadi va vositalar panelidagi (avtosumma) belgisi ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Bu ishni formulalar satrida yig‘indini hisoblash funksiyasini kiritish orqali ham amalga oshirish mumkin (8-rasm). Sonlar ko‘paytmasini hisoblash uchun esa kursor D7 yacheykaga qo‘yilib, formulalar satrida ПРОИЗВЕД(D1:D6) funksiyasi yoziladi.

    8-rasm.
    6. Bir yacheykada yozilgan ma’lumotni boshqa yacheykalarga ham nusxalash.
    Vaqtni tejash va ishni osonlashtirish maqsadida bir xil ma’lumotni har bir yacheykada yozib o‘tirmasdan, bitta yacheykada yozib, qolganlariga nusxalab qo‘ya qolish ham mumkin. Buning uchun ma’lumot kiritilgan yacheykaning pastki o‘ng burchagi sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ilintirilib, (sichqoncha chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormagan holda) belgilangan manzilgacha sirpantiriladi va qo‘yib yuboriladi.
    Misol. C1 yacheykadan boshlab C2, …,C5 yacheykalarga mos ravishda 1,3,5,… kabi toq sonlarni yozish talab qilinsin.
    Buning uchun dastlab C1ga 1 sonini kiritib, C2 da: “=C1+2” formulani yozamiz va bu formulani yuqoridagi usul bilan C5 ga qadar ko‘chiramiz (9-rasm).

    9-rasm 10-rasm.



    Download 0,71 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik funksiyalardan foydalanish

    Download 0,71 Mb.