• Arxiv turlari.
  • ZIPMAGIC
  • WINZIP, WINRAR, WINARJ yoki ZIPMAGIC
  • Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash




    Download 0,71 Mb.
    bet5/15
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #126417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    Arxivlovchi dasturlar.
    Kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan ma’lumotlar hajmi koʻpayishi boshlangan. Shu sababli yoki kompyuter xotirasini koʻpaytirish yoki ma’lumotlar hajmini kamaytirish ehtiyoji paydo boʻlgan.
    Fayllar arxivlanish jarayonida ular ixchamlanadi, siqiladi hamda disk hajmlarini kengaytirishda yordam beradi. Odatda fayllarni arxivlash ularni bir joydan ikkinchi joyga tashqi qurilmalar (disketalar) orqali koʻchirishda, diskda boʻsh oʻrinlar ochishda, elektron pochta orqali katta axborotlarni kichraytirib joʻnatishda bunday fayllar bilan ishlash zaruriyati tugʻiladi. Arxivlash jarayoni faylning qattiq diskda ishdan chiqishi yoki tasodifan faylning oʻchirilishi hollarini oldini oluvchi vosita sifatida ham koʻp qoʻllaniladi.
    Arxivator dasturlar - bu kompyuterdagi ma’lumotlar hajmini oʻzgartirib maxsus fayllarga ularni joylashtiradigan dasturlar. Ular hajmni oʻzgartirish tezligi va siqish holatlari bilan ajratiladi. Eng taniqli arxivator dasturlarga ARJ, RAR va ZIP – UNZIP lar kiradi.
    Arxiv turlari. Hajmi oʻzgargan ma’lumotlar saqlovchi fayl - arxiv deb nomlanadi.
    Arxiv faylning nomi asosan 8 harfdan iborat buladi. Uning kengaytmasi esa asosan 3 harfdan iborat boʻlib, u qaysi dasturda yaratilganligini koʻrsatadi. Masalan: kitob.arj yoki dastur.rar.
    Arxiv fayldagi ma’lumotlarni koʻrish va ishga tushirish uchun biz shu arxivni arxivator dasturi yordamida ochishimiz zarur. Ammo shunday arxivator dasturlar ham mavjud, ular arxivlardagi ma’lumotlar bilan arxivni ochmasdan ishlash imkoniyatini yarata oladilar (ZIPMAGIC dasturi).
    Arxivlovchi dasturlar. Birinchi boʻlib eng taniqli ARJ arxivator dasturi bilan tanishamiz. Ushbu arxivator bitta fayldan iborat - ARJ.EXE . ARJ arxivatorni umumiy koʻrinishi quyidagicha:
    «ARJ» komanda  rejim «arxiv fayl nomi», «fayl nomi».
    Bu yerda arxiv fayl nomi - ma’lumotlar hajmi oʻzgartirilib joylanishi kerak boʻlgan arxiv faylgacha toʻliq yoʻl yoki agar fayl shu papkada boʻlsa u holda arxiv fayl nomi. Fayl nomi esa - hajmi oʻzgarishi kerak boʻlgan fayl yoki fayllar nomlari. Agar koʻrsatilgan nomli arxiv fayl topilmasa, u holda yangi arxiv fayl yaratiladi.
    Buyruqlar satrida * va ? belgilar bilan foydalanishiz mumkin. Shunda * - bir nechta noma’lum harf va belgilar uchun, ? - esa bitta noma’lum harf yoki belgi uchun qoʻyilishi mumkin.
    ZIP arxivator ikkita fayldan iborat boʻlib, ulardan biri ZIP - arxivlarni yaratadi, ikkinchisi esa UNZIP - arxiv fayllarni ochadi. ZIP arxivatorni umumiy kurinishi:
    ZIP - rejim arxiv fayl nomi, fayl nomi;
    UNZIP - rejim arxiv fayl nomi;
    Dasturlar MS-DOS operatsion tizim uchun moʻjallangan boʻlib ularda ishlash juda murakkab. Ammo bu dasturlarning Windows operatsion tizimga moʻjallangan turlari ham mavjud. Ular oson, bir xil foydalanuvchi interfeysi va yangi imkoniyatlari bilan farqlanadi. Bu dasturlarga WINZIP, WINRAR, WINARJ yoki ZIPMAGIC arxivatorni keltirish mumkin. Arxiv fayl nomi 8 ta harfdan oshirilishi mumkin.
    Windows uchun yaratilgan arxivator dasturlarning biri WINRAR boʻlib, u yordamida biz RAR hamda ZIP formatli arxivlarni yaratishimiz va ular bilan ishlashimiz mumkin.
    WINRAR dasturini ishga tushirish uchun Пуск menyusining Программы boʻlimida WINRAR guruhini tanlab, uning ichida WINRAR dasturni ishga tushiramiz. Oyna WINDOWSdagi oynalarga oʻxshab standart interfeysga ega: U sarlavha satri; Menyular satri; Asboblar paneli; Ish sohasi; Yordamchi ma’lumotlar satridan iborat.
    WINRAR da ishlashda asboblar panelidagi yordamchi tugmalar bilan ishlashni bilishimiz kerak. Yordamchi tugmalar asosiy buyruqlarni bajarish uchun moʻljallangan boʻlib quyidagilardan tashkil topgan.

    Dastur yordamchi tugmalari:





    Добавить

    Tanlangan fayllarni arxiv-faylga qoʻshish. Agar yangi nom koʻrsatilsa u holda yangi arxiv-fayl yaratiladi.



    Просмотр

    Arxiv-fayldan tiklamasdan tezkor holatda u ichidagi ma’lumotlarni koʻrish.



    Удалить

    Arxiv-fayl ichidagi tanlangan faylni oʻchirish.



    Исправить

    Buzuq yoki xatoli arxiv faylni tuzatish.



    Оценить

    Qaysi arxivator va qaysi xolatda arxiv fayl hajmi minimal boʻlishini koʻrsatish.



    Извлеч в

    Tanlangan fayllarni arxiv-fayldan koʻrsatilgan papkaga chiqarish (tiklash).



    Тест

    Arxiv-fayldagi fayllarni xatolarga tekshirish



    Найти

    Arxiv faylni qidirish



    Инфо

    Tanlangan fayl haqida ma’lumotlarni koʻrish.



    Мастер

    Arxivlash yordamchisini ishga tushirish.

    Dastur menyusi 5 boʻlimdan iborat boʻlib, ular Файл, Комманды, Избранное, Параметры va Справка. Ushbu boʻlimlar yordamida kerakli amallarni bajarishimiz mumkin.





    Файл menyusi

    Открыть архив (CTRL+O)
    Выбрать диск (CTRL+D)
    Выбрать папку (CTRL+T)
    Пароль (CTRL+P)
    Скопировать файлы в буфер (CTRL+C)
    Вставить файлы из буфера (CTRL+V)
    Выделить все (CTRL+A)
    Выделитьгруппу (+)
    Снять выделение()
    Инвертировать выделение (*)

    Выход


    Arxiv faylni ochish;
    Asosiy diskni oʻzgartirish;
    Asosiy papkani oʻzgartirish;
    Arxiv faylga parol oʻrnatish;
    Tanlangan fayllarni xotiraga olish
    Xotirada joylashgan fayllarni chiqarish
    Ekrandagi hamma ma’lumotlarni tanlash
    Ekrandagi ma’lumotlarni shart boʻyicha guruhga olish
    Tanlangan ma’lumotlrdan shart boʻyicha guruhdan chiqarish
    Guruhdagi fayllarni guruhdan chiqarib, tanlanmagan fayllarni guruhga olish
    Dasturdan chiqish


    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    Download 0,71 Mb.