• Foydalanish uchun adabiyotlar
  • BIOS versiyasini koʻrishning bir necha usullari




    Download 0,71 Mb.
    bet3/15
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #126417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Setup dasturi yordamida kompyuterlarni sozlash

    2. BIOS versiyasini koʻrishning bir necha usullari
    Agar siz kompyuter yoki noutbuk BIOS ini yangilamoqchi boʻlsangiz, dastlab, mavjud boʻlgan BIOS versiyasini bilishingiz kerak. Shundan soʻng, BIOS ishlab chiqargan firma saytiga kirib, yangi versiyasini koʻchirib oʻrnatishingiz mumkin boʻladi.
    Oldindan aytib oʻtishim kerakki, BIOS versiyasini yangilash xavfsiz jarayon emas, shuning uchun, agar sizda hamma dasturlar ishlayotgan boʻlsa va yangilashga ehtiyoj boʻlmasa, yaxshisi yangilamaganigiz ma’qul, qanday boʻlsa, shundayligicha qolsin.
    Shunday holatlar ham boʻladiki, BIOS versiyasini yangilamasangiz boʻlmaydi, eski motherboard(materinskaya plata) larda BIOS ni yangilash qoʻshimcha imkoniyatlarni ochadi.
    1. Kompyuter yoqilayotganda, ya’ni POST tekshiruv amalga oshirilayotganda BIOS versiyasi tezda koʻrsatib oʻtiladi.
    2. BIOS sozlashlariga kirib ham, uning versiyasini koʻrish mumkin. BIOS — > Main -> BIOS Information
    3. Пуск -> Выполнить -> msinfo32
    Shundan soʻng, «Сведения о системе(System Information)» oynasi chiqadi, oʻsha yerdan «BIOS Version/Date» yozuvi qidiriladi va qiymati BIOS versiyasi hisoblanadi.
    4. Пуск -> Выполнить -> regedit
    Hosil boʻlgan oynadan quyidagi adresga kiriladi:
    HKEY_LOCAL_MACHINE\HARDWARE\DESCRIPTION\BIOS
    BIOSVersion oʻzgaruvchisi topiladi va uning qiymati BIOS versiyasi hisoblanadi.
    5. Utilitalar orqali, shunday utilitalardan biri bepul Speccy utilitasidir. Juda tushunarli va sodda. Dasturni ishga tushirasiz va Motherboard punktiga kirsangiz, BIOS -> Version, shu yerda BIOS versiyasi yozilgan boʻladi.
    6. Oxirgi usullaridan biri, «Командная строка» orqali: Win+R -> cmd
    Oynaga quyidagi buyruqlarni yozamiz: wmic bios get smbiosbiosversion
    Koʻrsatilgan usullar orqali BIOS versiyasini bilib olishingiz mumkin, istalgan foydalanuvchi uchun kamida bitta usul qulay hisoblansa kerak.


    Foydalanish uchun adabiyotlar:
    1. E.Gʻaniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat-Madadkor”-2002 y.
    2. S.S.Gʻulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy oʻquv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
    3. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.
    4. A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf” nashriyoti, 2004.



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BIOS versiyasini koʻrishning bir necha usullari

    Download 0,71 Mb.