• Sertifikatlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga asosan ish yuritish.
  •  Sertifikatlashtirish faoliуatiga doir umumiy talablar




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    4.4. Sertifikatlashtirish faoliуatiga doir umumiy talablar
    Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun milliy tizimning 
    asosiy nizomi.
    O‘zbekistonda­sertifikatlashtirish,­eng­avvalo,­iste’mol­molla­
    riga nisbatan qo‘llaniladi va ularning xavfsizligi va ekologik ligini 
    tasdiqlaydi.­ Majburiy­ sertifikatlashtiriladigan­ mahsulot­ muhim­
    hujjat hisoblangan ro‘yxatga kiritiladi.
    Sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimi­ (O‘z­SMST)ni­ yaratishdan­
    maqsad­muvofiqlikni­sertifikatlashtirishni­amalga­oshirish­uchun­
    tadbir va boshqarish qoidalarini o‘rnatishdan iborat.
    Sertifikatlashtirish­tizimining­asosiy­vazifalari­quyidagilar:
    –­ sertifikatlashtirishda­ qo‘llaniladigan­ hujjatlarning­ yagona­
    tizimini o‘rnatish;
    –­ yagona­atamalar­va­ta’riflarni­o‘rnatish;


    80
    –­ bir­ turli­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ qoidalari­ va­ tartib­
    larini o‘rnatish;
    –­ sertifikatlashtirish­ uchun­ sinovlarni­ (sertifikatlashtirish­
    sinovlarini) o‘tkazish qoidalarini o‘rnatish;
    –­ sertifikatlashtirish­ ishtirokchilarining­ davlat­ boshqaruv­
    idoralari bilan o‘zaro hamkorlik tartibini aniqlash.
    Sertifikatlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga asosan 
    ish yuritish.
    O‘z SMT O‘zbekiston Respublikasining qonun va me’yoriy 
    hujjatlariga­muvofiq­ish­ko‘radi.­O‘z­­SMTda­faoliyatning­quyida­
    gi turlari nazarda tutilgan:
    –­ mahsulot­va­xizmatlarni­sertifikatlashtirish;
    –­ sifat­va­ishlab­chiqarishlar­tizmilarini­sertifikatlash­tirish;
    –­ sertifikatlashtirilgan­ mahsulot,­ xizmatlar,­ sertifikatlashti­
    rilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar ustidan inspeksion 
    tekshiruv;
    –­ majburiy­sertifikatlashtirish­qoidalariga­rioya­qilinishi­usti­
    dan nazorat.
    O‘z SMT tizimining qoidalarini tan olish sharti bilan ser-
    tifikatlashtirishni­so‘rovchi­boshqa­davlatlar­va­tashkilotlar­uchun­
    ochiq hisoblanadi.
    Sertifikatlashtirish­ mahsulot,­ jarayonlar­ va­ xizmatlarning­
    talablarga­ muvofiqligini­ tasdiqlashni­ ta’minlaydi,­ jumladan:­
    davlatlararo standartlarning talablariga; O‘zbekiston Respublikasi 
    standartlarining va boshqa rasmiy nashr etilgan, mahsulotga 
    talablarni o‘rnatuvchi me’yoriy hujjatlarining talablariga; Xalqaro 
    va xorijiy milliy standartlarning O‘zbekiston standartlashtirish 
    Milliy­ idorasi­ qo‘shilgan­ sertifikatlashtirish­ tizimlari­ doirasidagi­
    talablarga­muvofiqligini­ta’minlaydi.
    O‘z­ SMT­ mahsulotning­ majburiy­ va­ ixtiyoriy­ sertifikatlash­
    tirilishini o‘tkazishni nazarda tutadi.


    81
    O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasdiqlay-
    digan­ majburiy­ sertifikatlashtiriladigan­ mahsulotlar­ ro‘yxatga­
    kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida tayyorlangan, import 
    bo‘yicha kiritiladigan va eksportga chiqariladigan mahsulotlar 
    majburiy­sertifikatlashtiriladi.
    Me’yoriy hujjatlarda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va 
    mulkiga xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi, o‘zaro 
    almashinuvchanlik va mos keluvchanlik talablari o‘rnatilgan 
    mahsulotlar, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun 
    xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar ro‘yxatga kiritiladi.
    Molni bu ro‘yxatga kiritish uchun mezonlar sifatida 
    quyidagilar tanlangan:
    – foydalanuvchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi;
    – mahsulotga me’yoriy hujjatda xavfsizlik talablarining 
    borligi;
    – mahsulotdan yalpi foydalanish;
    – ro‘yxatga impart mahsulotlari ham kiritiladi, bu to‘g‘rida 
    chet mamlakatlarning rasmiy idoralari o‘ziga xos yo‘llar bilan 
    xabardor qilinadi.
    Mahsulot, xizmatlar, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni 
    ixtiyoriy­ sertifikatlashtirish­ tayyorlovchi,­ iste’molchi­ yoki­ yetka­
    zib beruvchi (so‘rovchi)ning tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sertifikatlashtirish faoliуatiga doir umumiy talablar

    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish