Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
5.2. Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha 
mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar
Sifat­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ va­ baholash­ tarmog‘i­­–­
EQNET­ sifat­ ta’minlash­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ bilan­
shug‘ullanuvchi 17 ta Yevropa milliy tashkilotlarini birlashtiradi. 
EQNET shunday tashkilotki, unga xohlagan davlatning sifat 
tizimi­sertifikatlashtirish­tashkiloti­birlashishi­mumkin.
EQNET ning faoliyati milliy idoralar tomonidan beriladigan 
ISO-9000 standarti xalqaro tan olish va keng ravishda tatbiq 
etishga qaratilgandir.
EQNET­ –­ sherik­tashkilotlar­ tan­ oladigan­ yagona­ sertifikat­
formasiga­ ega­ bo‘lib,­ bu­ sertifikatning­ egasi­ talabgori­ sifat­


89
tizimining sinovisiz, umumiy tarmoqqa kiradigan xohlagan
milliy­ idoradan­ sertifikat­ olish­ huquqiga­ ega.­ Tarmoq­ ba’zi­ bir­
qo‘shimcha xizmatlarni ham tavsiya qiladi:
–­ Dunyoning­ qariyb­ hamma­ mamlakatlaridagi­ sertifikatlarni­
tan olishda transmilliy korporatsiyalarga yordam berish;
–­ Mahsulotning­ ES­ direktivasiga­ muvofiqligi­ to‘g‘risida­
qo‘shimcha­sertifikatlashtirish.
–­ Ixtiyoriy­sertifikatlashtirishdan­o‘tkazish.
EQNET auditorlari ish olib borishlari uchun asosiy hujjat 
bo‘lib ISO 10011 «Sifat tizimi tekshirish bo‘yicha asosiy 
ko‘rsatmalar, sifat tizimi bo‘yicha auditorlar uchun malaka 
mezonlari»,­ «Sifat­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­
idoralarning baholash mezonlari» standarti va «Sifat tizimlarini 
sertifikatlashtirish­ idoralarining­ baholash­ mezonlari»­ EN­45012­
standartlari xizmat qiladi.
Sifat­tizimini­sertifikatlashtirish­bilan­bevosita­sertifikatlashti-
rish idoralarini akkreditlash ishlari ham olib boriladi. Bu borada 
sifat­tizimlarini­sertifikatlashtirish­bilan­shug‘ullanuvchi­idoralar-
ni akkreditlash tashkilotlarning assotsiatsiyasi EAS alohida o‘rin 
tutadi. EAS ning asosiy maqsadi bo‘lib: o‘zaro ishonchni ort-
tirish uchun a’zo-davlatlar orasidagi har tomonlama hamkorlikni 
oshirish hisoblanadi.
Xalqaro­ mustaqil­ sertifikatlashtirish­ tashkiloti­ (IIOS)­ ham­
mavjud bo‘lib, bu tashkilot mahsulotlar va sifat tizimlari ser-
tifikatlashtirishi­ bo‘yicha­ 7­ ta­ katta­ xalqaro­ firmalarni­ –­ Det­
Norske Veritas, Registr Lloyd, Tyuf-Sert va boshqalarni o‘z 
tarkibiga olgan. Tashkilotning asosiy vazifasi ISO-9000 seri-
yasidagi xalqaro standart bo‘yicha sifat tizimlarini tatbiq etish 
va­ sertifikatlashtirishdan,­ eng­ muhimi,­ qayta­ sertifikatlash­ 
tirishlar­ o‘tkazilishining­ oldini­ olish­ va­ sertifikatlashtirishga­
katta nufuz berishdan iborat.


90
9001 seriyali ISO standartiga mos keluvchi sifatni ta’minlash 
tizimlarini­ sertifikatlashtirish­ chet­ mamlakatlarida­ keng­ rivoj-
langan bo‘lib, ayni paytda O‘zbekistonda ham bu sohaga jiddiy 
e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda ko‘pgina ishlab 
chiqarish­ korxonalari­ sifat­ tizimlarini­ sertifikatlashtirish­ aha-
miyati va zarurligi anglaganlar va amalda undan foydalanmoq-
dalar.
Sifat­tizimiga­sertifikat­–­mahsulot­yetkazib­berish­shartno-
masini tuzishda asosiy omillardan biri bo‘lib, G‘arb ekspertla- 
rining­fikricha,­yaqin­kelajakda­Yevropa­bozorlarida­95%­gacha­
shartnomalar­ mahsulot­ yetkazib­ beruvchi­ firmada­ sifat­ tizimi­
sertifikati­ ­ bo‘lgandagina­ tuzilishi­ ko‘zda­ tutilmoqda.­ Sifatsiz­
mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan sud da’volari vujudga kelganda
tizim­ sertifikati­ sud­ tumonidan­ firma­ aybsizligining­ isboti­ si-
fatida­ baholanadi.­ Sifat­ tizimiga­ sertifikatning­ mavjudligi­ turli­
xil tenderlarda ishtirok etish uchun zaruriy shart hisoblanadi. 
Sifat­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ firmaning­ (korxonaning)­ ichki­
ishlariga­ ham­ ijobiy­ ta’sir­ ko‘rsatadi:­ sifat­ tizimini­ sertifikat-
lashtirishga tayyorgarlik jarayonida ishlab chiqish va korxo-
nani boshqarishni tartibga solib bozor iqtisodiyotiga mos kelishi 
uchun­ zamin­ yaratiladi,­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ ishlari­
yengillashadi.
Sertifikatlashtirilgan­ sifat­ tizimi­ korxonaning­ kerakli­ mah-
sulotni bir tekisda ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlaydi va 
buni­ firmaning­ ham­ ichki,­ ham­ tashqi­ bozorlarda­ raqobatbar-
doshligining muhim omili deb qarash mumkin. Endilikda o‘z 
mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan mahalliy korxonalar 
uchun­ sifat­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ –­ shartnoma­ tuzish­ va­
mahsulotni munosib sotish imkoniyatlarini belgilovchi muhim 
shart hisoblanadigan alohida bir atmosfera vujudga kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda shunday muammoga duch kelgan korxonalar kam 


91
emas. Achinarlisi shuki, chet el strukturalari bilan shartnoma-
lar­tuzish­borasidagi­muzokaralarda,­sifat­tizimiga­sertifikatning­
mavjud emasligi shartnoma tuzmoqchi bo‘lgan korxona uchun 
ko‘zlangan imkoniyat doirasida qoniqarli bo‘lmagan holda yakun-
lanishi mumkin.
Menejment­ tizimi­ (MT)ni­ sertifikatlashtirish,­ shuningdek,­
sifat­menejmenti­tizimini­O‘z­DSt­5.6­(ISО/MEK­62)­talablariga­
muvоfiq­ O‘zbekistоn­ Respublikasi­ sertifikatlashtirish­ milliy­
tizimida­akkreditlangan­idоralar­o‘tkazadi.­Har­bir­akkreditlangan­
sertifikatlashtirish­idоralari,­akkreditlashtirish­idоrasi­tasdiqlagan­
faоliyati­ bo‘yicha­ sertifikatlashtirish­ ro‘yxati,­ ushbu­ idоra­ uchun­
ruxsat­ etilgan­ akkreditatsiya­ sоhasi­ mavjud.­ Faоliyat­ sоhasining­
umumiy­ ro‘yxati,­ ya’ni­ Xalqarо­ akkreditlashtirish­ bo‘yicha­
fоrum­ IAF­ GD­ 2:2005­ «ISО/MEK­ 62:1996­ qo‘llash­ bo‘yicha­
tavsiyalar»da aniqlangan.
Menejment­tizimi­sоhasida­sertifikatlashtirish­tadbiri­bo‘yicha,­
qarоr­qabul­qiluvchi­auditоrlar­malakasi­O‘z­DSt­ISO­19011­yoki­
O‘z­ RH­ 51­014­ ga­ muvоfiq­ tasdiqlangan­ bo‘lishlari­ lоzim­ va­
ular­ O‘z­ RH­ 51­21­ bo‘yicha­ davlat­ reyestrida­ ro‘yxatga­ оlingan­
bo‘lishlari shart.
Menejment­ tizimi­ sertifikatlashtirish­ «O‘zstandart»­ agentligi­
tasdiqlagan­ menejment­ tizimlarini­ sertifikatlashtirish­ qоidalari­
va­ O‘z­ DSt­ ISO­ 19011­ hisоbga­ оlib­ menejment­ tizimlarini­
sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idоralar­ ishlab­ chiqqan­ tadbir­
hujjatlariga­ muvоfiq­ amalga­ оshiriladi.­ Audit­ uchun­ zaruriy­
qo‘shimcha talablar, O‘z DSt ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 
18001­va­bоshqalarda­aniqlangan.
Sertifikatlashtirish­bo‘yicha­idоra,­uning­auditоrlari­va­barcha­
mutaxassislari,­shuningdek,­auditоrlik­guruhi­ishida­qatnashishga­
jalb­ qilingan­ subpudratchilar­ tashkilоt­arizachi­ auditi­ jarayonida­
оlingan­barcha­ma’lumоtlar­maxfiyligiga­riоya­etishi­va­mustaqil,­
layoqatli bo‘lishi shart. 


92
Menejment­tizimini­sertifikatlashtirish­auditi­jarayoni­quyida­
gi­bоsqichlardan­ibоrat:
–­ tekshirilayotgan­ tashkilоt­ bilan­ bоshlang‘ich­ bоg‘lanishni­
o‘rnatish;
–­ sertifikatlashtirishga­arizani­berish­va­ko‘rib­chiqish;
–­ ariza­bo‘yicha­qarоr­qabul­qilish;
–­ tashkilоt­hujjatlarini­tahlil­qilish;
–­ dastlabki­ audit­ (dastlabki­ audit­ o‘tkazish­ jоyiga­ kelib­
ko‘rish);
–­ sertifikatlashtirishni­o‘tkazishga­tayyorlash­(jоyida­audit);
–­ sertifikatlashtirish­auditi­(jоyida­audit);
–­ kuzatishda­ оlinganlarni­ tahlil­ qilish­ va­ audit­ natijalari­
bo‘yicha­ xulоsa­ tayyorlash,­ ro‘yxatga­ оlish­ va­ muvоfiqlik­ ser­
tifikatini­berish;
–­ sertifikatlashtirilgan­ muvоfiqlik­ sertifikati­ amal­ qilish­
muddati­davоmidagi­inspeksiоn­nazоrat.
Sertifikatlashtirish­ idоrasi­ bоg‘lanishni­ o‘rnatishda­ arizachiga­
o‘zining­ akkreditatsiya­ sоhasi,­ sertifikatlashtirish­ tadbiri,­ ariza­
shakli­ va­ yuridik­ manzillari­ haqida­ to‘liq­ ma’lumоtlarni­ taqdim­
qiladi.­ Bunda­ kelgusida­ sertifikatlashtirish­ tadbirlari­ uchun­
zururiy­bоg‘lanuvchi­shaxs,­tashkilоt­manzili,­telefоn,­menejment­
tizimining­ qo‘llanish­ sоhasi,­ tashkilоtning­ bоshqa­ ma’lumоtlari­
aniqlanib, belgilanadi. 
Menejment­ tizimini­ sertifikatlashtirishga­ talabgоr­ tash­kilоt,­
milliy­ tizimda­ akkreditlangan­ Menejment­ tizimini­ sertifikat­
lashtirish­ bo‘yicha­ idоraga­ ariza­ jo‘natadi.­ Ariza­ bo‘yicha­ ijоbiy­
qarоr­ bo‘lsa,­ arizachi­tashkilоt­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­
idоraga­ sifat­ qo‘llanmasi,­ majburiy­ hujjatlashtirilgan­ tadbirlar,­
asоsiy­jarayonlar­bo‘yicha­hujjatlar­va­sertifikatlashtirish­bo‘yicha­
idоra­ so‘rоvi­ yoki­ arizachi­tashkilоt­ qiziqishi­ bo‘yicha­ bоshqa­
hujjatlarni­taqdim­qilishi­lоzim.


93
Sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idоraga­ taqdim­ qilingan­ arizada­
Menejment­ tizimining­ qo‘llanish­ sоhasini­ va­ sertifikatlashtirish­
sоhalari­o‘zining­akkreditlash­sоhasi­bilan­muvоfiqligini­aniqlab,­
aniq­va­ravshan­tasdiqlashi­lоzim.­
Tekshirilayotgan­ tashkilоt­ hujjatlarni­ tahlil­ qilishni­ audit­
mezоnlariga­ muvоfiqligini­ aniqlash­ maqsadida­ o‘tkazadi.­ Tahlil­
qilishda­ tashkilоtning­ faоliyati­ turlari,­ o‘lchami­ va­ murakkabligi­
hamda­ audit­ o‘tkazish­ sоhasi­ va­ maqsadlari­ hisоbga­ оlinishi­
lоzim.­
Buyurtmachining­ talabi­ bo‘yicha,­ maxfiylikka­ riоya­ qilish­
maqsadida, hujjatlar tahlili buyurtmachi auditi o‘tkazilgungacha 
jоyida­o‘tkazilishi­mumkin.
Alоhida­ hоlatlarda,­ agarda­ audit­ o‘tkazish­ natijalariga­ zarar­
keltirmasa,­ hujjatlar­ tahlili­ audit­ o‘tkazish­ davоmida­ jоyida­
o‘tkazilishi mumkin. 
Hujjatlar­ tahlilini­ Sertifikatlashtirish­ idоrasi­ Menejment­
tizimini­sertifikatlashtirish­bo‘yicha­idоra­rahbari­yoki­auditоrlar­
guruhi­rahbari­tayinlagan­xоdimlar­amalga­оshiradilar.
Dastlabki­audit­buyurtmachi­tashkilоtda­zaruriyat­tug‘ilganda,­
masalan,­ auditni­ rejalashtirishda­ zaruriy­ ma’lumоtlarni­ оlish­
uchun­yoki­agarda­hujjatlar­tahlili­natijalari­jiddiy­nоmuvоfiqliklar­
mavjudligini­ ko‘rsatsa,­ sertifikatlashtirish­ auditini­ o‘tkazish­
imkоniyati­to‘g‘risida­xulоsa­qilib­bo‘lmasa­o‘tkaziladi.­Dastlabki­
audit­kоrxоnani­sertifikatlashtirish­auditga­tayyorligini­tekshirish­
uchun­ buyurtmachining­ xоhishi­ bo‘yicha­ ham­ o‘tkazilishi­
mumkin.
Hujjatlar­ tahlili­ dastlabki­ audit­ natijalari­ ijоbiy­ bo‘lsa,­
auditоrlar­guruhi­belgilanadi.­Kоmissiya­tarkibiga­malakaga­ega­
bo‘lgan­va­sertifikatlashtirish­bo‘yicha­idоraning­akkreditlashtirish­
sоhasiga­ muvоfiq­ auditоrlar­ va­ zaruriyat­ tug‘ilgan­ hоlatlarda­
ekspertlar kiritiladi.


94
Auditоrlar­ guruhi­ rahbari­ sertifikatlashtirish­ auditining­
rejasini­ishlab­chiqadi­va­tekshirilayotgan­tashkilоt­bilan­оldindan­
kelishib­ оladi.­ Guruh­ rahbari­ kоmissiya­ a’zоlarini­ tekshirish­
оbyektlariga­ taqsimlaydi,­ ular­ оldindan­ audit­ uchun­ savоlnоma­
tayyorlaydilar.
Xalqarо­ akkreditlashtirish­ fоrumi­ IAF­ GD­ 2:2005­ «ISО/
MEK 62:1996 qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar»da ko‘rsatilgan, 
ya’ni­ ekspert­auditоrlar­ ish­ kuni­ miqdоri­ bo‘yicha­ audit­ hajmi­
aniqlanadi.
Sertifikatlashtirish­auditi­quyidagi­tartibda­o‘tkaziladi:
– kirish yig‘ilishi;
–­ jоyida­ audit:­ xоdimlar,­ bo‘linmalar­ yoki­ jarayonlarning­
ishchi­hоlatdaligini­(ish­jоyida,­suhbatlashish,­faоliyatini­kuzatish)­
faоliyatini­tekshirish;
–­ оraliq­yig‘ilish­(zaruriyat­bo‘lganda);
–­ xulоsalоvchi­(yakuniy)­yig‘ilish;
–­ sertifikatlashtirish­auditi­to‘g‘risidagi­xulоsani­tayyorlash­va­
taqdim etish.
Menejment­ tizimi­ auditini­ o‘tkazish­ texnоlоgiyasi­ quyidagi­
jarayonlarni­o‘z­ichiga­оladi:
mavjud hujjatlarni tekshirish;
–­ hujjatlarni­ bоshqaruvchanligiga­ standartlarda­ o‘rnatilgan­
larga­muvоfiqligi­va­ichki­talablariga­tekshirish;
–­ menejment­ tizimi­ hujjatlari­ talablarining­ xоdimlar­ tоmо­
nidan bajarilishini tekshirish;
–­ o‘rnatilgan­ shaklda­ bayonnоmalarga­ nоmuvоfiqliklarni­ va­
auditоrlar­hisоbоtlarining­Menejment­tizimiga­muvоfiq­dalillarini­
qayd etish.
Auditоrlar­ guruhi­ rahbari­ audit­ kuzatuvida­ оlinganlarga­
asоsan­ audit­ haqida­ hisоbоt­ tayyorlaydi.­ Hisоbоt­ O‘z­ DSt­ ISO­
19011­ talabiga­ muvоfiq­ tayyorlanib,­ arizachiga­ kelishilgan­
muddatda­berilishi­lоzim.


95
Yakuniy­ yig‘ilishda­ auditоrlik­ guruhi­ audit­ natijalari,­
shuningdek,­ aniqlangan­ nоmuvоfiqliklar­ va­ kelgusida­ sertifikat­
lashtirish­bo‘yicha­idоra­va­arizachi­o‘rtasidagi­o‘zarо­faоliyatlar­
to‘g‘risida­ma’lumоt­beradi.
Sertifikatlashtirish­ barcha­ ro‘yxatga­ оlingan­ nоmuvоfiqlik­
bayonnоmalari­ bartaraf­ qilinmasdan­ va­ sertifikatlashtirish­
bo‘yicha­ idоra­ auditоrlari­ (tashkilоtlarning­ qatnashishi­ yoki­
bоshqa­ yo‘l­ bilan)­ to‘g‘rilоvchi­ amallarni­ tekshirmasdan­ оldin­
tugatilishi mumkin emas. 
Auditоrlik­guruhi­qarоr­qabul­qilish­uchun­audit­mezоnlariga­
muvоfiq­audit­davоmida­yig‘ilgan­bоshqa­ma’lumоtlarni­va­audit­
kuzatuvini­tahlil­qiladi­va­bu­to‘g‘risida­xulоsa­tayyorlaydi.
Arizachi­tashkilоtga­ sertifikatni­ berish­ yoki­ bekоr­ qilish­
to‘g‘risidagi­ qarоrni­ sertifikatlashtirish­ idоrasi,­ sertifikat­
lashtirish­jarayonida­yig‘ilgan­ma’lumоtlar­va­sertifikatlashtirish­
faоliyatiga­ taalluqli,­ ixtiyoriy­ bоshqa­ ma’lumоtlar­ asоsida­
qabul­ qiladi.­ Auditga­ qatnashishga­ qabul­ qilingan­ xоdim,­
sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ qarоrni­ qabul­ qilishda­ qatnashishi­
shart emas.
Sertifikatlashtirish­bo‘yicha­idоra­ijоbiy­xulоsa­bo‘lgan­hоlatda­
O‘z­ RH­ 51­021­ ga­ muvоfiq­ davlat­ reyestri­ tizimiga­ kiritish­
va­ ro‘yxatga­ оlish­ uchun­ sertifikatlashtirish­ milliy­ idоrasiga­
taqdim­ etadi­ va­ o‘rnatilgan­ shaklda­ sertifikatni­ rasmiylashti­ 
radi.­ Sertifikatlashtirish­ idоrasi­ ro‘yxatga­ оlganidan­ so‘ng­
arizachiga­ sertifikat­ bilan­ birga­ muvоfiqlik­ belgisini­ qo‘llash­ va­
inspeksiоn­nazоratni­o‘tkazish­shartnоmalarini­beradi.
Qayta­sertifikatlashtirish­sertifikat­berilganidan­so‘ng­uch­yil­
o‘tganidan­ keyin­ o‘tkaziladi.­ Bunda­ qayta­ sertifikatlashtirishga­
arizani­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idоrasiga­ sertifikat­ muddati­
tugamasdan­оldin­berish­tavsiya­etiladi.­O‘tkazilgan­inspeksiоn­
nazоratlar­ bo‘yicha­ ma’lumоtlarni­ hisоbga­ оlgan­ hоlda­ qayta­
sertifikatlashtirish­ auditi­ hajmi­ (auditоr­ ish­ kuni­ miqdоri)­


96
dastlabki­ bahоlash­ hajmi­ (hujjatlar­ tahlili­ va­ sertifikatlashtirish­
auditi)dan uchdan birga qisqartirilishi mumkin.

Download 0.94 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish