• V bob. SERTIFIKATLASHTIRISHNING TASHKILIY ASOSLARI 5.1. Sifat tizimini sirtdan baholash
  • O‘z SMTda reyestrlarni boshqarish




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/44
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.94 Mb.
    #58859
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
    Bog'liq
    572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
    O‘z SMTda reyestrlarni boshqarish.
    O‘z SMTda quyidagi reyestrlar boshqariladi:
    –­ bir­ turli­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ akkredit­
    langan idoralar;
    –­ sifat­ va­ ishlab­ chiqarish­ tizimlarini­ sertifikatlashtirish­
    bo‘yicha akkreditlangan idoralar;
    – akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari);
    – sifat bo‘yicha attestatlangan ekspert-auditorlar;
    –­ sertifikatlashtirilgan­mahsulot;­sertifikatlashtirilgan­sifat­va­
    ishlab chiqarish tizimlari;


    82
    –­ ro‘yxatga­ olingan­ bir­ turli­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­
    tizimlarining reyestlari, O‘z SMTda Davlat reyestrini boshqarish 
    qoidalari me’yoriy hujjatlarda aniqlangan.
    Sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ Milliy­ idora­ Davlat­ reyestri­
    ma’lumotlarini,­ shuningdek,­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idora­
    lardan va tizimning boshqa ishtirokchilaridan olinadigan axbo-
    rotni davriy nashr etadi.
    ?
    NA
    ZORAT SAVOLLARI
    1.­ Sifat­sertifikati­nima?
    2.­Muvofiqlik­nima?
    3. Sinash deb nimaga aytiladi?
    4. Qiyoslash deb nimaga aytiladi?
    5. Akkreditlash nima?
    6.­Sertifikatlashtirish­organi­deganda­nimani­tushunasiz?


    83
    V bob. SERTIFIKATLASHTIRISHNING 
    TASHKILIY ASOSLARI
    5.1. Sifat tizimini sirtdan baholash
    Sifat tizimini sirtdan baholash – ekspert talabgor korxonada 
    sertifikatlashtirishning­ potensial­ imkoniyatining­ mavjudligini­
    yuzaga chiqarishi va keyingi ishlarini olib borish maqsadga 
    muvofiqligini­ tasdiqlashi­ mumkin­ bo‘ladigan­ dastlabki­ baho­
    lashdir.­ Bu­ talabgor­ sifat­ tizimini­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­
    idoraga quyidagilarni taqdim etadi:
    – Talabnoma;
    – Sifat tizimi bo‘yicha hujjat;
    – Sifat bo‘yicha qo‘llanma;
    – Savollar anketasi javoblari bilan.
    Agar bu materiallar tahlili ijobiy natijalarga ega bo‘lsa, 
    sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idora,­ talabgor­ bilan­ yakuniy­
    tekshiruvini o‘tkazish uchun shartnoma tuzadi: shunga asosan 
    sifatni boshqarish bo‘yicha korxona faoliyati turi va holati; 
    ishlab chiqarish tizimi holati; ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
    sifati bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi. Sifat boshqaruvi bo‘yicha 
    faoliyat, korxonada mavjud bo‘lgan talab qilingan xalqaro ISO 
    9000 seriyali standartlar talablariga yoki o‘xshash Rossiya davlat 
    standartiga mosligi tekshiriladi.
    Tekshiruv natijasiga ko‘ra quyidagi yakunlar chiqarish 
    mumkin:
    – tizim qo‘yilgan talablarga to‘liqligicha javob beradi;
    – tizim umumiy holda talablarga mos keladi, ammo stan-
    dartdan og‘ib chetlashishlar mavjud;


    84
    – tizim qo‘yilgan talablarga mos kelmaydi.
    Birinchi­ holda­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idora­ korxonaga­
    davlat registrida ro‘yxatga olingan, so‘ng sifat tizimiga 
    sertifikat­ topshiriladi.­ Ikkinchi­ holda­ korxonaga­ aniqlangan­
    chetlashishlarni yo‘qotish uchun vaqt beriladi, undan keyin uning 
    talabnomasi­ asosida­ sertifikatlashtirish­ davom­ ettiriladi,­ ammo­
    soddalashtirilgan sxema bo‘yicha. Ijobiy natijalarda korxona sifat 
    tizimiga­ sertifikat­ oladi.­ Agar­ tekshiruv­ natijasi­ salbiy­ bo‘lsa,­
    korxona­ butun­ dastur­ bo‘yicha­ qaytadan­ sertifikatlashtirishni­
    o‘tkazishga imkoniyati bor.
    Sertifikatlashtirilgan­ sifat­ tizimi­ ustidan­ inspeksion­ nazorat­
    ikki shaklda olib boriladi: reja bo‘yicha (yiliga bir martadan) 
    va rejadan tashqari. Rejadan tashqari nazoratga asoslar: 
    ma’lumotlarni­ sertifikatlashtirish­ idorasiga­ korxona­ mahsuloti­
    ning sifatiga e’tirozli ma’lumotlar kelib tushishi; texnologik 
    jarayoni yoki mahsuloti konstruksiyasiga katta o‘zgarishlar 
    kiritish; korxonaning tashkiliy strukturasining o‘zgarishi. 
    Rossiya­ kor­xonalarida­ sifat­ tizimlarini­ sertifikatlashtirish­ sekin­
    asta­ rivojlan­moqda,­ mahalliy­ sertifikatlarni­ tan­ olish­ muammosi­
    ham ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, Rossiya 
    sertifikatlarni­ chet­ eldan­ olishi­ uchun­ tuzilgan­ GOST­ R.­ tizimi­
    strukturasi sifat tizimi registridan tashqari, boshqa imkoniyatlar 
    ham­qo‘llanmoqda.­Ulardan­biri­qo‘shma­sertifikatlashtirishdir.
    Shu maqsadda VNIIS Londonda shtab-kvartirasiga ega 
    bo‘lgan­ sertifikatlashtirish­ idorasi­ sifatidan­ dunyoning­ 30­ mam­
    lakatlarida akkreditlangan va u yerda o‘z bo‘limlariga ega 
    bo‘lgan­ Det­ Norske­ Veritas­ (DNV)­ firmasi­ bilan­ qo‘shma­
    sertifikatlashtirish­ haqida­ shartnoma­ tuzdi.­ Sertifikatlashtirish­
    bo‘yicha Rossiya idorasi VNIIS, Italiyada akkreditlangan DNV 
    idorasi bilan hamkorlikda ishlamoqda. Bu shartnoma maqsadi 
    Rossiya­ firmalarini­ va­ ularning­ mahsulotlarining­ chet­ elda­


    85
    raqobatbardoshligini­ oshirish­ uchun­ erkin­ qo‘shma­ sertifikat­
    lashtirishni amalga oshirishdir.
    Shartnoma­ doirasiga­ sertifikatlashtirish­ qo‘shma­ VNIIS/
    DNV sxemasi bo‘yicha va shuningdek, bu tashkilotlardan biri 
    tomonidan o‘z sxemasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Shunday 
    qilib, 1996-yilda Belgorodda joylashgan «Belenergomash» AJ 
    korxonasida­ qo‘shma­ sertifikatlashtirish­ o‘tkazildi:­ issiqlik­ va­
    atom elektrostansiyalari uchun truboprovodlar ishlab chiqarish 
    sifatini­ ta’minlash­ tizimi­ sertifikatlashtirildi.­ Sertifikatlashtirish­
    yakuni­ bo‘yicha­ korxona­ bir­ vaqtning­ o‘zida­ ikki­ muvofiqlik­
    sertifikatini­oldi­–­GOST­R.­va­DNV­tizimida.
    Bundan tashqari, ba’zi Rossiya korxonalari boshqa imko-
    niyatlardan ham foydalanishadi: bevosita talabnomalar bilan 
    butun dunyoda tan olingan Tyuf-Sert, Lloyd Registri kabi 
    sertifikatlashtirish­bo‘yicha­firmalarga­murojaat­etadilar.
    1995­yil­ «RWTUV»­ «Intersertifika»­ Rossiya–Germaniya­
    qo‘shma korxonasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foyda-
    langan korxonalar uchun yaxshi natijalar olib keldi. Sifat 
    tizimlarini­ sertifikatlashtirish­ bu­ korxonalar­ uchun­ firmasining­
    bo‘limlari jahonning 40 dan ortiq davlatlarida faoliyat 
    ko‘rsatayotganligi sababli, butun dunyoda tan olingan TUV-
    CERT­ (Tyuf­Sert)­ sertifikatini­ olish­ huquqini­ beradi.­ Bunday­
    korxonalar qatoriga Kaluga Turbin zavodi, Irkutsk kabel, 
    Elektrostal mashina zavodi va boshqalar kiradi. Hammasi bo‘lib 
    Rossiya va Ukrainaga 1995-yilda TUV-CERT tomonidan 25 dan 
    ortiq­sertifikat­berildi.
    Bu qo‘shma korxonaning maqsadi faoliyat ko‘rsatuvchi 
    tizimni­ baholash­ va­ sertifikatlashtirishgina­ emas,­ balki­ Ros­
    siya korxonalarida sifatni ta’minlash tizimlarini o‘rnatishga 
    ko‘mak lashish hamdir. Buning uchun qo‘shma korxona tomo-
    nidan tuzilgan 15 o‘quv-konsultativ markazlari faoliyat ko‘r-
    satmoqda.


    86

    Download 0.94 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




    Download 0.94 Mb.
    Pdf ko'rish