|
1. Birinchi tartibli hosila yordamida funksiyaning ekstremumga tekshirish, funksiyaning ekstremumlari
|
bet | 1/8 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 91,98 Kb. | | #139762 |
Bog'liq jasur matrmatika
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali
MAVZU:Kop ozgaruvchili funksiyalar ekstremumining mavjud bo`lishini usullarda tekshirish.
Bajardi:Iskakov Jasur
11 as 23 kt
Reja:
1. Birinchi tartibli hosila yordamida funksiyaning ekstremumga tekshirish,
funksiyaning ekstremumlari.
2. Ekstremumning zaruriy sharti.
3. Ekstremum mavjud bo„lishining yetarli shartlari.
4. Ikkinchi tartibli hosila yordamida ekstremumga tekshirish.
5. Xulosa.
Kirish.
Mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‟lamli
islohotlar, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish zamirida,
avvalombor, inson manfaatlari, uning intelektual salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb
mahoratini oshirish uchun zarur shart - sharoit vazifalari mujassam. Bu borada
barkamol avlodni tarbiyalash, umumta`lim maktablari, oliy va o‟rta maxsus ta`lim
sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta`lim hamda ishlab chiqarish
o‟rtasidagi o‟zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
O‟quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg`or pedagogik
texnologiyalar, noan`anviy dars usullari va o‟zaro faol o‟quv jarayonini tadbiq qilish
lozim. O‟zaro faol usullarni o‟quv jarayoniga qo‟llash uchun esa o‟tiladigan mavzuni
talabalar, o‟quvchilar o‟zlari mustaqil tayyorlab kelishlari talab etiladi. Jarayonning
samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion usullarni qo‟llashda endi biz –
pedagoglar “O‟quvchilarni o‟qitmaymiz, balki kitobni o‟qishga o‟rgatamiz” shiorini
amalga oshiramiz. Buning sababi shundaki, agarda talaba va o‟quvchilar darsga
tayyor holda kelmasalar, hech qanaqa faol usuldan samarali foydalanib bo‟lmaydi.
Natijada o‟qituvchi yana o‟z-o‟zidan an`anaviy shaklda dars o‟tishga to‟g`ri keladi.
Ma‟lumki matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni
o`rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e‟tirof etiladi.
Funksiya mavzusini o`qitishning o`rni, maqsadi, ahamiyati va
vazifalarini aniqlash
1. O`quvchilarning funksiya haqidagi bilimlarini takrorlash,
umumlashtirish va sistemalashtirish lozim.
2. O`quvchilarni funksiyani tekshirishning yangi usuli bilan tanishtirish.
3. Funksiyani tekshirishning yangi usulini amaliy masalalar yechishga
qo`llanilishi ko`rsatish.
4. O`quvchilarga funksiyani hosila yordamida tekshirish – tabiat
qonunlarini o`rganishda qudratli apparat, vosita ekanligini tushuntirish
va uning amaliyotdagi tadbiqlarini ko`rsatish.
|
| |