61
1.24-rasm. Reostatli datchik.
a) to’g’ri karkasli; b) xalqasimon karkasli; v) tavsifi.
Reostatli datchiklarni tavsifi deb-surgich olinadigan kuchlanish U
Chiq
ni
potensiometr surgich siljishi X ga bog’liqligi aytiladi.
Elektrik datchiklarning ikki turi mavjud. Ularga
parametrik va generator
datchiklar kiradi.
Parametrik datchik noelektrik kattalikning o’zgarishini elektr zanjiri
parametrini o’zgarishga aylantirib beradi. Masalan, aktiv qarshilikni,
induktiv
qarshilikni, sig’im qarshilikni va xokazo. Ushbu datchiklarga tenzometrik, sig’im,
induktiv, qarshilik termometrlari hamda potensiometrik datchiklari kiradi. Bu
datchiklarda elektr zanjirning aktiv, reaktiv, sig’im qarshiliklari o’zgarishi
mumkin. Bu esa zanjirdagi tokning qiymatini o’zgartiradi.
Generator datchik noelektrik kattalik o’zgarishini elektr yurituvchi
kuchning (EYUK) o’zgarishiga aylantirib beradi.
Bu datchikka misol qilib
fotoelektrik,
pezoelektrik
kabi
o’zgartkichlar hamda termoparalar va
taxogeneratorlar kiradi.
Datchikning asosiy tavsifiga uning statik tavsifi, sezgirligi kiradi.
62
Kontakt datchiklarga yo’l datchiklari kiradi. U surilishni elektr impuls
signaliga o’zgartirib beradi. Bu datchik normal yopiq (NYO)
va normal ochiq
(NO) kontaktlardan iborat. Surilish ma’lum qiymatga etganda datchik kontaktlari
ulanib yoki o’zi lib elektr zanjirida signal hosil bo’ladi.
Potensiometrik datchik mexaniq surilishni reostatning aktiv qarshiligi
o’zgarishiga asoslangan. Bunda reostat surilgichi boshqararilayotgan ob’ekt
mexanizmi bilan bog’langan holda bo’ladi.
Tenzometrik datchik qattiq jismlarning elastik deformatsiyasini (cho’zilishi
yoki siqilishi hamda egilishi va buralishi momentlarini) o’lchash
uchun
qo’llaniladi. Bunday deformatsiya qiymati 1 mm dan 10 mm gacha o’zgarishi
mumkin. Nixrom sim aktiv qarshiligi o’zgarishiga uning ko’ndalang kesimi
o’zgarishi sabab bo’ladi.
Tenzodatchik ingichka nixrom yoki konstantan spiral sim bo’lib, ikki
tomondan yupqa qog’oz bilan elimlangan bo’ladi.
Induktiv datchik mexaniq surilishni elektr zanjirining induktiv qarshiligini
o’zgarishiga asoslangan. Nazorat qilinadigan kattalik induktiv datchik yuqori bilan
bog’liq bo’lib, yakor surilishi bilan o’zak va yakor orasidagi oraliq (masofa)
o’zgaradi. Natijada g’altak induktivligi va induktivlik qarshiligi o’zgaradi.
Kondensator datchik kondensatordagi sig’imni o’zgarishiga asoslangan.
Bunda kondensator qatlamlari orasidagi masofa o’zgarishi
yoki uning foydali
yuzasi o’zgarishi bilan kondensatorning sig’imi o’zgarib, elektr zanjirdagi sig’im
qarshiligi o’zgaradi. Sig’im formulasidan buni yaqqol ko’rish mumkin.
E - dielektrik koeffisenti. S – aktiv yuza.
x
ЕS
C
4
(1.70)
x- qatlamlar orasidagi masofa.
P’ezoelektirik kuch datchigi p’ezoelektrik effektiga asoslangan. Bunda
ba’zi dielektrik materiallar kvars, titanat bariy kabilardan tayyorlangan plastinkaga
kuch ta’sir etganda (siqilganda, egilganda, cho’zilganda)
uning qarama - qarshi
63
qirralarida elektrostatik zaryadlar hosil bo’ladi. Kuch plastinkadan olinganda bu
zaryadlar yo’q bo’ladi. Buni to’g’ri pezoeffekt xam deyiladi.
Teskari pezoeffektda esa plastinkaga tok berilganda unda deformatsiyalanish
(cho’zilish, siqilish va boshqalar) bo’lishi kutiladi.