64
Vaqt relesi, akustik rele,
himoya relesi, mexaniq, qalqovichli, magnitli,
kodli, pnevmatik, optik relelar bo’ladi. Releda tashqi ta’sirga bog’liq ravishda
zanjirni tutashtiradigan yoki ajratadigan kontaktlar bo’ladi.
Misol tariqasida
mexaniq rele, issiqlik, o’lcham relelari va elektromagnitli relelarning ishlash
prinsipini ko’rib chiqamiz (1.25-rasm).
1.25-rasm. Mexaniq (a), o’lcham (b), issiqlik (v), tortilma o’zaqli (g), burilma
yakorli elektromagnitli
(d) relelarning sxemalari.
Mexaniq rele siljish, tezlik, tezlanish, sarf, kuch,
moment kat- taliklarining
o’zgarishini sezadi. Mexaniq tezlik relesida (1.25-rasm,
a) markazdan qochma
prinsipdan foydalanilgan. SHtok
4 aylanganda Yuklar
3 markazdan qochirma kuch
ta’sirida qarama-qarshi tomonlarga suriladi. Bunda xomutlar yaqinlashadi,
oqibatda richag 2ning holati o’zgaradi: u burilib navbat bilan kontaktlar
1 ni
ajratadi va tutashtiradi.
Chiziqli o’lchamlar relesi chiziqli o’lchamlar yoki chiziqli siljishlarni
o’lchash uchun ishlatiladi. Qo’sh chekli richagli rele (1.25-rasm,
b) o’lchash shtogi
1, gilza
2, korpus
3, prujina
4, kontaktli richag 5, sozlash vintlari
6, qo’zg’almas 7,
65
9 va surilma
8 kontakt- lardan to’zi lgan.
Surilma kontaktlar 8 tirakning yassi
prujina- siga mahkamlangan richag
5 ga o’rnatilgan. Qo’zg’almas kontaktlar 7 va
9
sozlash vintlari
6 va
10 ning uchlarida joylashgan. SHtok
1 surilganda richag
5 va
kontakt
8 harakatga keladi, bunda kon- taktning qo’zg’almas kontaktlaridan biri
tutashadi, bu esa tekshi- rilayotgan o’lchamning chekli qiymatlariga mos keladi.
Bunday relelar ba’zan o’lcham datchiklari deb ham ataladi.
Issiqlik relesi (1.25-rasm, v) temperaturaning o’zgarishini sezadi. U
kontaktlar
1, richag
2, shkala
3, prujina
4, naycha
5 va sterjen 6 dan to’zi lgan.
Naycha va sterjen chiziqli kengayish koeffi- sienti turlicha bo’lgan materiallardan
ishlangan. Ular dilatometrik elementlar deb ataladi. Temperatura o’zgarganda
sterjen
6 va naycha
5 har xil kattalikda uzayadi. Sterjen richag
2 ni bosadi, u esa
navbatma-navbat kontaktlar
1 ni tutashtiradi.
Elektromagnitli relelarning chulg’amlardan tok o’tishiga sezgirligi yakor
yoki o’zakni o’ziga tortishida namoyon bo’ladi. Elektromagnitli
relening qabul
qiluvchi organi chulg’am va qo’zg’aluvchan qismli (yakorli yoki o’zaqli) magnit
sistemadir, ijroChi organi esa kontaktlardir. Tortilma o’zaqli rele (1.25-rasm,
g)
kontaktlar
1, yo’naltiruvChi metallmas vtulka
2, qo’zg’aluvchan o’zak
3, chulg’am
4, yarmo
5 va qo’zg’almas o’zak
6 dan tashkil topgan. Chulg’am
4 orqali tok
o’tayotganda qo’zg’aluvchan o’zak yo’naltiruvchi vtulka bo’ylab harakatlanadi va
kontakt
1 ni tutashtiradi.
Burilma relelarda (1.25-rasm, d) qo’zg’aluvchan yakor
4 o’zak
3 ga tor-
tiladi va kontaktlar
2 ni tutashtiradi. Kontaktlar ajralgandan so’ng yakor qaytarish
prujinasi
1 ta’sirida dastlabki vaziyatiga qaytadi.