58
ishlaydigan ABT lar ham bo’ladi. Bunda foydalaniluvChi ma’lumotlar turiga ko’ra
ABT lari 2 ta asosiy tiplarga bo’linadi: ochiq tizimlar va yopiq tizimlar.
1.22-rasm.
Ochiq ABT larda BOdan chiquvchi kattalik – U o’lchanmaydi. Bu
tizimning ochiq tizim deyilishiga sabab, unda BO dan chiqayotgan ma’lumotlar
bilan BQ ga kirayotgan ma’lumotlar orasida hech qanday bog’liqlik yo’qligi, kirish
va chiqish nuqtalarini birlashtirib yopiq kontur hosil qilinlaganligidir. Ochiq ABT
da faqat X, yoki faqat F, yoki ularning har ikkalasi bo’lishi mumkin. Birinchi holda
boshqaruv faqat tashqi signal – X ning qiymatiga ko’ra amalga oshiriladi. X
qiymatining o’zgarishi boshqaruvchi signal–U va mos ravishda BO dan chiquvchi
qiymat – U ning o’zgarishiga olib keladi. Bunda tizim ishining aniqligini, ya’ni
berilayotgan X ga mos qiymat – U ning ishini faqat tizim parametrlarining
doimiyligi, ishonchligigi belgilaydi. Bunday tizimlar yuqoridagi shartlarning
yetarlicha stabil (o’zgarmas) bo’lganida va katta aniqlik talab qilinmagan
joylardagina ishga yaroqli bo’ladi. Sinxron generatorni dasturli boshqarish ochiq
ABT ga misol bo’la oladi:
DG YUklama