• Yarimavtomat
  • Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/88
    Sana31.01.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #149272
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

    Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida qo’yilgan vazifalarni fizika, 
    matematika, matematik modellashtirishga oid bilimlardan, analog va hisoblash 
    mashinalaridan foydalanib nazariy hal etishdan iborat. Bu vazifani hal qilish 
    natijasida bo’lajak ob’ektning, masalan, tokarlik dastgohavtomatining fizik 
    matematik modeli dunyoga keladi. Bu vazifalarni tarmoq ilmiy-tekshirish 
    institutlari va konstruktorlik byurolari ko’rib chiqadi va hal etadi. 
    Model ishlab chiqilgandan so’ng uning texnikiqtisodiy ko’rsatgichlari 
    aniqlanadi va uning samaradorligi dastgohning mavjud modellariniki bilan 
    taqqoslanadi. Bunda birinchi navbatda, yaratiladigan modelning hamda texnologii 
    jarayonlarni boshqarish usullarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga 
    baho beriladi. Baho berishdan maqsad – modelning belgilangan funksiyalarni 
    bajara olishini aniqlash; uning yordamida ishlab chihariladigan mahsulotning 
    yuqori sifatli bo’lishiga, Yuqori mehnat unumdorligiga, yonilgi, jihoz va xom-
    ashyolardan maksimal darajada foydalanilishiga, mahsulotning hammasi 
    realizasiya qilinishiga erishish. 
    Modelga iqtisodiy jihatdan baho berilgandan so’ng, ishlab chiqilgan 
    yechimni oddiy, ishonchli va samarali usul bilan amalga oshirish hamda aniq 
    konstruksiya’ni yaratishning eng maqbul yo’llari aniqlab olinadi. 
    Avtomatlashtirilishda ishlatiladigan uzellar, mexanizmlar o’z vazifalariga va 
    funksional alomatlariga ko’ra guruhlarga bo’linadi, masalan, tashish va yuklash 
    vositalari, avtomatikaning rostlovchi va ijrochi qurilmalari. Barcha vositalar 
    birbiriga yaqin bo’lgan alomatlariga ko’ra unifikasiyalangan bloklarga 


    76 
    guruhlanadi. Unifikasiyalangan bloklardan avtomatlashtirishning kompleks 
    vositalari to’zi ladi. 
    Yarimavtomat – avtomatik ish sikli bilan ishlaydigan mashina hisoblanadi. 
    Bunda ish davrini takrorlanishi uchun ishchining aralashuvi kerak bo’ladi. 
    Masalan, zagotovkalarni yuklash, mashinani ishga tushirish va to’xtatish, tayyor 
    buyumlarni olish va tekshirish shular jumlasidandir. 
    Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan ish mashinasi bo’lib, tekshirish va 
    sozlashdan tashqari, barcha ish davrlarini va salt yurishlarni bajaradi. 
    Har qanday ishchi mashina uchtaasosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, 
    bajaruvchi) dan iborat. Ularning eng asosiysi ishlov berish aniqligi va 
    unumdorligi, hamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlar 
    hisoblanadi. 

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish