VI guruh. Universal avtomat va yarimavtomatli avtomatliniyalar Universal avtomat va yarimavtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar,
asosan potokli liniyalar ko’rinishida bo’lib avtomat yuklash tushirish qurilmalari
(avtooperatsiyalar va dastgohlararo tashish mexanizmlari tashigichlar, ko’tarish
mexanizmi, to’plagichlar va boshqalar) bilan jihozlangan bo’ladi.
Universal avtomat va yarim avtomatlardan asosan silindrik detallarga
ishlov berishda foydalaniladi.
VII guruh. Maxsus avtomatlardan tashkil topgan avtomat liniyalar. Bunday avtomat liniyalar juda yuqori unumdorlikka ega bo’ladi. Ular
uchun texnologik jarayon xam maxsus ishlab chiqariladi. Shu sababli ular yalpi
ishlab chiqarishda (masalan; podshipniklar ishlab chiqarishda) ishlatiladi.
Maxsus dastgohlardan tashkil topgan avtomat liniyalar bilan kompleks
avtomatlashtiriladi, jumladan mexaniq ishlov berishdan tashqari, yig’ish, nazorat
qilish, moylash va boshqa operatsiyalar ham avtomatlashtiriladi. Bunday liniyalar
murakkab avtomat sex va ishlab chiqarish korxonalarini qurish uchun asos bo’la
oladi. Hozirda ba’za bir mahsulotlarini ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda
maxsus rotorli dastgohlardan tashkil topgan, rotorli avtomat liniyalar ishlab turibdi.
VIII guruh. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar va avtomat liniyalar. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda detallar raqamlar
yordamida yozilgan dasturlar asosida ishlov beriladi. Bunday dastgohlarni xozirda
EHM bilan ham boshqarilmoqda bu esa o’z navbatida, dastgohlarni EHM bilan
nafaqat boshqarish, balki bu dastgohlar uchun dasturlarni ham EHMda to’zi sh
imkoniyati yaratilmoqda.
Raqamli
dastur
bilan
boshqariladigan
dastgohlar
qo’llanishi,
avtomatlashtirishda yangi bosqichni boshlanishiga sabab bo’ladi. Bunday
dastgohlar asosida to’zi lgan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish modullari ishlab
chiqarishni
to’liq avtomatlashtirishga erishishdan tashqari EHM bilan
avtomatlashtirilgan boshqaruvni ham qo’llanishiga imkoniyat yaratadi.
95
Raqamli
dastur
bilan
boshqariladigan
dastgohlarni
Yuqori
moslanuvchanligi donalab va seriyalab ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni
asosiy dastgohi bo’lib qoldi. Bundan tashqari ishlab chiqarish ob’ekti o’zgarib
turishi mumkin bo’lgan ko’plab ishlab chiqarishda ham qo’llanishi mumkin.