116
emas. Shu bilan birgalikda aylanib ishlaydigan detallarga tokarlik dastgohida
ishlov berish, shlifovkalash, tish yo’nish va boshqa ishlar olib borib bo’lmaydi.
Bunday dastgohlarda umumiy vaqt taqsimlanadi, ya’ni differensiasiyalanadi.
Ularning har biri esa har hil texnologik ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday turdagi
differensiasiyalashni asosiy maqsadi texnologik usul bilan ish unumdorligini
oshirish
hisoblanadi.
Ular
avtomatlashtirilgan
sharoitlarda
ham,
avtomatlashtirilmagan sharoitlarda ham keng qo’llaniladi. Bu esa har xil ishlab
chiqarish turlari, potok ishlov berish liniyasi asosida yotadi. (mashinasozlikda,
asbobsozlikda, elektron va elektrotexnikada, engil va oziq-ovqat sanoatida
qo’llaniladi).
Misol uchun yuqori aniqlikda rezba ochish texnologik jarayoni uchun bir
pozitsiyali dastgohlaryordamida amalga oshirish mumkin. Bu erda dastgoh har bir
operatsiya ichidan bittasini bajaradi. 1) teshish; 2) teshik kengaytirish; 3)
zenkerlash; 4) zenkovkalash; 5) rezba kesish.
Qalpoqchali detallarga ishlov berishda dastgohlarni differensa sialash
mumkin. Ularning har biri har xil pozitsiyada amalga oshiriladi. Birinchi cho’zish,
ikkinchi Cho’zish uchinchi cho’zish, kalibrlash, kesish va boshqalar.
Avtomatlashtirpilgan ishlab chiqarishda texnologik jarayonni ishlab
chiqishda birinchi o’rinda ishlov berishni hamma pog’onalarida qulayliklar
inobatgaolinadi. Natijada umumiy holatdan S asosiy sig’dirish maydoni ajratib
olinadi va uning umumiy Bo’luvchisi quyidagicha bo’ladi:
(3.13)
Qolgan operatsiyalar umumiylari bilan qo’shiladi va umumiy ishlov berish
vaqtiga ta’sir etmaydi. Shuning uchun liniya pozitsiyalari soni operatsiyalar
sonidan kam bo’lmasligi kerak (q
min
=S). Agar texnologik jarayon potok liniyalar
asosida tashkil topgan bo’lsa, bunday differensasiyalashgan texnologik jarayon
kamida S ta dastgohlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. 3.5-rasm
a da avtomatik
liniyada yagona transportlovchi sistema evaziga nafaqat differensasiya, balki ularni
birlashtiruvchi konsentrasiya ham qilish mumkin.