• 5-bob. Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish. 5.1 Maqsadli mexanizmlar tasnifi
  • Sh. N. Fayzimatov




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/88
    Sana31.01.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #149272
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

    Ishlamay qolishlar oqimi. Ko’rib chiqilayotgan vaqtda yoki bajarilgan ish 
    miqdori uchun tiklanadigan ob’ektning ishlamay qolishlari paydo bo’lishi 
    ehtimolligi zichligiga aytiladi. 


    136 
    Ishlamay qolishlar oqimi parametrini tajriba ma’lumotlar asosida aniqlash 
    uchun tarkibiy formuladan foydalaniladi. 
    Mazkur formulaga asoslanib, ishlamay qolishlar oqimi parametri
    tiklanadigan (ta’mirlanadigan) ob’ektlarning ko’rib chiqilayotgan ancha kichik 
    vaqt oralig’i uchun qabul qilingan ishlamay qolishlariningg o’rtacha soni ekanligi 
    haqida xulosa chiqaramiz. 
    Ishlamay qolgunga qadar bajariladigan ish T tiklanadigan (ta’mirlanadigan) 
    obe’ktlar ishlamay qolishlari o’rtasida qiymati bo’lib, bitta ishlamay qolishga 
    o’rtacha qancha bajarilgan ish (soatda, gektarda, motosoatda, yurilgan yo’l 
    kilometrida, terilgan hosil tonnasida va xakozo) to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Agar 
    bajarilgan ish vaqt birligida ifodalangan bo’lsa, u holda “bo’zi lmasdan 
    ishlashning o’rtacha vaqti” atamasi qo’llaniladi. 
    Ishlamay qolgunga bajariladigan ish T - t
    1
    dan t
    2
    gacha bajarilgan ish
    uchun ishlamay qolishlar oqimi parametriga teskari kattalik bo’lib, quyidagi 
    formula asosida aniqlanadi: 
    Mashinalar bo’zi lmasdan ishlashining asosiy iqtisodiy ko’rsatkich 
    ekspluatasion ishlamay qolishlarni bartaraf etishning solishtirma narxida: 


    137 
    4.3-rasm. 
    4.4 -rasm. 


    138 
    5-bob. Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, 
    mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish. 
    5.1 Maqsadli mexanizmlar tasnifi 
    Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdan asosiy 
    maqsad – odam mehnatini engillashtiradigan turli jihozlar, uskunalar, moslamalar 
    va qurilmalar yaratishdir. Bunda odamning vazifasi jihozlar, moslama va 
    qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo’ladi. 
    Mashinasozlik 
    korxonalarida 
    ishlab 
    chiqarish 
    jarayonlari 
    avtomatlashtirilganda boshqarish va tekshirish ishlarini maxsus mexanizmlar, 
    qurilmalar va priborlar bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan keng 
    foydalaniladi. 
    Xozirgi zamon mashinasozlik texnologik jarayonlaridagi boshqariladigan 
    va tekshiriladigan parametrlarning juda ko’pligi bilan o’ziga xos talablarni keltirib 
    chiqaradi. Bundagi jarayonlarni boshqarish uchun ko’p elementlardan to’zi lgan 
    boshqarish va tekshirishning murakkab sistemalari yaratishni taqozo etadi. 
    Texnologik jarayonlarning har bir elementini bajarish uchun ma’lum maqsadga 
    mo’ljallangan (maqsadli) mexanizmlar hizmat qiladi. Bunday mexanizmlar ishini 
    vaqt va makon bo’yicha bir biriga muvofiqlashtirish texnologik jarayonning 
    avtomatlashtirilishini ta’minlashga, ya’ni kompleks avtomatlashtirishga zamin 
    yaratishga imkon beradi. 
    Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini 
    avtomatlashtirish uchun maqsadli mexanizmlardan keng maqsadda foydalanib 
    kelinmoqda. Maqsadli mexanizmlarning ko’p tiplari mavjud. Maqsadli 
    mexanizmlar amalda ikkita katta gruppaga: ish yurishini amalga oshiradigan (ya’ni 
    detal ishlashdagi bevosita operatsiyalarni bajaruvchi) mexanizmlar va salt yurish 
    qiladigan (ish yurishi qilishga tayyorlaydigan) mexanizmlarga bo’linadi. «Ish 
    yurishi maqsadli mexanizmi» terminini aynan tushunish yaramaydi. Ba’zan bu 
    mexanizmlar harakatlanganda ish bajarmasligi ham mumkin, biroq ularning asosiy 
    vazifasi ishlov berish, tekshirish, yig’ish texnologik operatsiyalarini bajarishdan 
    iborat. 


    139 
    Ish yurish maqsadli mexanizmlari (supportlar, shpindellar, kuch kallaqlari 
    va boshqalar) maxsus kurslarda ko’rib chiqilgan. Oddiy mashinani yarim-avtomat 
    yoki avtomat mashinaga aylantirishga imkon beruvchi maqsadli mexanizmlarning 
    ayrim tiplarini misol tariqasida ko’rib o’tamiz. Ularga, birinchi navbatda, 
    ta’minlash mexanizmlari, sezgir elementlar, oraliq va ijrochi mexanizmlar kiradi. 
    Ushbu usulda detallarni transportirovka qilinishi fazoda, tekislikda, 
    lotoklarda bo’lishi mumkin. Fazoda harakatlantirish uchun maxsus qamrovchi 
    qurilmalar, inersiya kuchi, suyuqlik, havo va boshqalar. Lotoklarda va tekistlikda 
    mahsulotlarni harakatga keltirishda qamrovchi va itaruvchi moslamalardan 
    foydalaniladi. 
    Gravitasiya va itaruvchi usullarda detallarni transportirovka qilishda 
    sirpanish, tebranish va qurilmalarning qandaydir ko’tarib uzatuvchi qismida 
    uzuliksiz va uzulikli, donalab yoki gruppalab harakatlanishi mumkin. Bu xamma 
    usullar kerak bo’lgan holatda bir-birini to’ldirishi mumkin. Bu o’z navbatida 
    transportirovka usullarini moslanuvchanlik darajasini oshirish imkonini beradi. 
    Har qanday transport to’plagich tizimi quyidagi qurilmalarni o’z ichiga 
    oladi: 1) ko’targich, 2) transportyor tarqatuvchi, 3) qaytaruvchi qurilma, 4) lotokli 
    tizim, 5) magazin-to’plagich; shu bilan birga ayrim qurilmalar boshqalar 
    bajaradigan ishni ma’lum bir qismini yoki barchasini bajarishi mumkin. Har 
    qanday qurilmalar o’zida ko’p mexanizmlardan va qurilmalardan tashkil topgan 
    bo’ladi. 
    Bular qatoriga: detallarni qabul qilish va chiqarish, ajratib oluvchi, 
    orientasiya qiluvchi, va boshqalar ko’taruvchi qurilmalar detallarni yuqoriga 
    ko’tarib o’z og’irligi bilan sirpanib transport tizimlariga va avtomatik liniya 
    dastgohlariga uzatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ikki turdagi zanjirli va 
    itargichli ko’targichlardan ko’p foydalaniladi. 
    Transportyor-taqsimlagichlar detallarni uzatish va tarmoqlardagi parallel 
    ishlayotgan 
    dastgohlarga 
    ajratish 
    uchun 
    hizmat 
    qiladi. 
    Transpartyor-
    taqsimlagichlar o’zlarining asosiy funksiyalaridan tashqari katta bo’lmagan 
    to’plagichlar vazifasini ham bajaradi.


    140 
    Transportyor-taqsimlagichlar va qayta olib ketuvchi transporterlar bir-
    biridan ko’tarib olib ketuvchilarning turlari bilan ajralib turadi: lentali, zanjirli va 
    lotokli. Transportyorlar ishlov beruvchi dastgohlar ishchi zonasidan pastda, pol 
    tagida, polda va polga nisbatan biroz yuqorida o’rnatiladi. 
    Moslanuvchan avtomatik liniya’ning transport tizimlarida xalqalarni bir 
    texnologik jarayon bajarilayotgan joydan boshqasida yetkazib berishda lotoklardan 
    foydalaniladi. Ular yordamida xalqalarni bir transport tizimidan boshqasiga, 
    dastgohlardan olib chiquvchi transportyorlarga uzatiladi. Lotoklar oddiy transport 
    qurilmasi hisoblanadi va detallarni harakatlanishi tebranish va sirpanish yordamida 
    bajariladi. Tizimdagi to’plagichlar asosan jarayonlararo detallarni to’plash va 
    ularni ishlayotgan uchastkalarga yoki dastgohlarga uzatish vazifasini bajaradi. 

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish