129
Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasi qancha past bo’lsa, shuncha
ko’p samaradorlikda yo’qotishlar sodir bo’ladi, ya’ni davriy va haqiqiy
samaradorlik o’rtasida farq ko’p bo’ladi. Demak, avtomatik liniya’ni ishonchliligi
bu samaradorlikni oshirish degani, ya’ni mashinalarni konstruksiyasida va
texnologik jarayonlarida oldindan hisobga olingan mumkin bo’lgan omili
hisoblanadi. Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasini past bo’lishi o’z
navbatida samaradorlikni pasayishiga hamda ishchilar va sozlovchilar sonini
ko’payishiga, ta’mirlash va hizmat qilish uchun sarf-harajatlarni oshishiga olib
keladi.
Avtomatik liniyalarni ishonchliligi ulardagi alohida mexanizmlarni
birikmalarnibo’zi lmay va uzoq ishlashiga bog’liq. Liniyadagi qurilmalar va
mexanizmlar nosozliklari qancha kam sodir bo’lsa shuncha undagi asboblar
mustaxkamligi,birikma va alohida detallarning eyilishga chidamliligi yuqori,ya’ni
avtomatik liniya’ning ishonchliligi yuqori bo’lishini ta’minlaydi.