5.2 Ta’minlash mexanizmlari.
Ta’minlash mexanizmlari material yoki zagotovkami ish zonasiga uzatish
uchun mo’ljallangan.
Ko’plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda zagotovkaning shakli, turi va
o’lchamiga mos maxsus qurilmalar yaratiladi. Seriyalab va kichik seriyalab ishlab
chiqarishda turli zagotovkalarning har biriga moslab tezda qayta sozlashga imkon
beruvchi universal sozlash qurilmalaridan foydalaniladi.
O’ralgan zagotovkalar (bunt-g’altakka o’ralgan sim yoki lenta va har xil
kesimli prokat); chiviq zagotovkalar (chiviqlar, polosalar); donali zagotovkalar
(quyma, shtampovka, chala fabrikat, chiviq va boshqalar); kukun zagotovkalar
(press-kukunlar, granulalar va hokazo) bo’ladi.
O’ralgan materiallarni dastgohka qo’yishdan avval ular karetkada shaxmat
tartibida joylashtirilgan shtiftlar, taroqlar, roliklar yoki dyuzlar orasidan yoxud
aylanuvchi bukik trubka orqali tortib o’tkazib to’g’rilanadi.
141
5.1-rasm. Dastgohni o’ralgan material bilan ta’minlash sxemasi.
5.1-rasmda dastgohni o’ralgan materiallar bilan ta’minlash sxemasi
ko’rsatilgan. Sim qo’lda yoki ko’tarish qurilmasi yordamida moslama A ga
qo’yiladi. Simning uchi simni to’g’rilaydigan qurilma B, simni uzatadigan qurilma
V, moslama G orqali o’tkaziladi va avtomat D ning ish zonasiga kiritiladi.
To’g’rilovchi qurilmani rostlasa bo’ladi. Uzatuvchi qurilma kulachok
kulisa yoki krivoshipdan qaytma-ilgarilama harakat oladi. siquvchi moslama G
siqmay turgan paytda sim ish zonasi tomon harakatlanadi. Keyin moslama simni
siqadi, uzatuvchi mexanizm esa dastlabki vaziyatiga qaytadi.
Mashinalarni donali zagotovkalar bilan turli qurilmalar ta’minlab turadi.
Turli vazifalarni bajaradigan ko’p sonli yuklash qurilmalari ishlab
chiqilgan va sanoatda joriy etilgan. Yuklash qurilmasining struktura sxemasi
qisman yoki to’liq tarzda quyidagi maqsadli mexanizmlarni o’z ichiga oladi:
magazinlar, bunkerlar, yig’gichlar, nov, ta’minlagichlar, uzgichlar, tutqichlar, oqim
bo’lgichlar, surgichlar, kerakli joyga (adresga) eltkichlar, kantovatellar va qisuvchi
mexanizmlar.
Ta’minlash mexanizmining har bir funksional elementi aniq bir
operatsiya’ni bajaradi, ya’ni aniq maqsadli vazifaga ega. Yuklash qurilmalari ikkita
asosiy turga: yarim avtomatik va avtomatik yuklash qurilmalariga bo’linadi.
Jipslashgan avtomatik liniyadagi maqsadli mexanizmlar
1.
Asosiy ishni bajaruvchi maqsadli mexanizmlar detallarga forma berishda
nazorat qilishdaishlatiladi va kerakli asbob bilan taminlangan bo’ladi.
142
2.
Salt yurishdagi maqsadli mexanizmlarni vazifasi asosiy ishni bajarish uchun
yordamchi vazifani bajaradi.
3.
Boshqaruv mexanizmlari avtomatik liniyalardagi birin ketinlik bilan ishlov
berishni taminlaydi.
|