Qadamli transporterlar. Qadamli transporterlar asosan agregatli
dastgohlardan tashkil topgan avtomatik liniyalardagi tanasimon, elektrodvigatelni
vali, o’qi va pog’onali vallarga ishlov berishda foydalaniladi.
Qadamli transporterlar ishlov beriladigan detallarni bir pozitsiyadan
ikkinchisiga uzatib berishda ishlatiladi.
Ishlov beriladigan detal 3 ni oldinga harakatga keltirish uchun
transporterlarni 1 shtangasi ilgarilanma qayta harakatlanadi. (sekin oldinga, tez
orqaga) . Yuritma sifatida gidrosilindrdan foydalaniladi . Oldinga harakatlanishda
prujinali kallak 3 detalni keyingi pozitsiyaga uzatib beradi. Orqaga
harakatlanishida kallak o’k bo’yicha aylanib detal tagidan o’tib ketadi
Kamchiligi: Dastgohlarga detallarni aniq yetkazib berishni murakkabligi
5.2-rasm. Detallarni bazalashtrishning ketma ketligi
5.3 Avtomatik Yuklash qurilmalarini turiga, konstruktiv to’zi lishiga va ish
siklining vaqtiga qarab sinflash.
143
Hozirgi zamon mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida
og’ir mehnat talab etadigan zagotovkalarni va tayyor mahsulotlarni tashish,
yuklash va tushirish ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga katta e’tibor
bermoqda.
Mashinasozlikda
tashish,
yuklash
va
tushirish
ishlarini
avtomatlashtirish vositalari sifatida turli xil sanoat manipulyatorlar va boshqa
qurilmalar keng qo’llaniladi. Ular ishchi qo’l mehnatini engillashtirish yoki
ishchidan og’ir mehnatni olib uni o’rnini egallashi mumkin. Tashish jarayonlarini
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari zagotovkalarga ishlov berish
uchun dastgohlarga yuklash, ishlov berilgan detallarni dastgohdan tushirish va
ularni bir dastgohdan boshqasiga yoki omborga tashish operatsiyalarida
ishchilarning ishini engillashtirish yoki uni og’ir va kam samarali qo’l mehnatidan
xalos qilish imkonini bermoqda. Mashinasozlikda alohida asbob-uskunalarnigina
emas, balki barcha yuklash va tushirish ishlarini, transport operatsiyalarini
mexanizasiyalash
va
avtomatlashtirishni
ta’minlaydigan
integrallashgan
avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish eng dolzarb masala bo’lib turibdi.
Avtomatlashtirilgan integrasiyalashgan tizimlardan foydalanish avtomobil
ishlab chiqarish korxonasilarida, moshinalar va qishloq xo’jaligi texnikasi ishlab
chiqarish korxonasilarida va boshqa yirik va ommaviy ishlab chiqarish
korxonalarida faoliyat ko’rsatadigan avtomatlashtirilgan liniyalarda keng
tarqalgan. Avtotransport va yuklash tizimlari yagona va kichik ishlab chiqarish
ishlab
chiqarish
korxonasilarida
qo’llaniladi: masalan, mashinasozlikda
dasturlashtirilgan boshqaruv apparati bilan jihozlangan liniyalarda. Har qanday
avtomatik dastgohlarda zagotovkalarni yuklash va tushirish uchun texnologik
uskunalar o’rnatilgan bo’ladi. Bunday yuklash va tushirish texnologik
uskunalaridan samarali foydalanish uchun ularni konstruksiyasini o’zi o’rnatilishi
ko’zda tutilayotgan dastgohga moslab loyihalash va ishlab chiqarish kerak bo’ladi.
Deyarli barcha qurilmalar va transport tizimlari o’zlari biriktirilgan asosiy
boshqaruv tizimida aks ettirilgan bo’ladi va holati haqida uzluksiz ma’lumot
almashinib turadi. Bu asosiy tizimda havfsizlik va avariya holatlarida to’xtash
tizimlari ham mavjud bo’lishi kerak.
144
Avtomatik chiziqli transport tizimi zagotovkalarni avtotransportdan tushirish,
dastgohgaga yuklash, dastgohdan tushirish va ishchi qismlar harakatlarining
bajarilishini ta’minlaydigan avtomatik vositalar to’plamidir.
Avtomat liniyalarning transport tizimlari ikki sinfga bo’lingan: sinxron
(qat’iy) va sinxron bo’lmagan (moslashuvchan).
Sinxronlashtirilgan transport tizimlari zagotovkalarni liniya’ning barcha
dastgohlariga bir vaqtda ko’chiradi, bu esa chiziqning qat’iy ishlash rejimi bo’lib,
shuning uchun barcha mashinalarni bir vaqtda ta’minlaydi.
Sinxron bo’lmagan transport tizimlari zagotovkalarni dastgohdan dastgohga
bir vaqtda ko’chirmaydi, ko’proq vaqt talab etadigan operatsiyalar bajariladigan
dastgohlar
oldida
to’plagichlar bo’lib, bu ishshlov berish jarayonini
moslanuvchanligini ta’minlaydi. Bunda har bir dastgoh o’zi mustaqil ishlash
imkoniga ega bo’ladi.
Bundan tashqari, transport tizimlari ikki guruhga bo’linadi: yo’ldoshli va
yo’ldoshsiz.
Yo’ldoshli tizimlarda 7 qismlar sun’iy yo’ldosh deb ataladigan qurilmalar 6
da joylashganki, chunki ular qayta ishlash vaqtida va ularning harakatlarida
qismlarga hamroh bo’ladi. Qayta ishlashdan keyin, 7-gachasi qismlar yo’ldosh 6
dan chiqariladi va ikkinchisi orqaga qaytish konveyri bilan qaytariladi.
Yo’ldoshsiz tizimlarda, uning qismlari 7 ishlov berilib, sun’iy yo’ldoshlarsiz
harakatlanadi - 4-konveyr orqali.
Tashish tizimlari uslubiga qarab, tez o’tuvchi vasekin o’tuvchi turlarga
bo’linadi.
Tez o’tuvchi transport tizimlarida detal 7 lar oxirgi tashish qurilmasigacha
(yo’ldoshli yoki yo’ldoshsiz) ishlov beruvchi bir dastgoh ishchi maydonidan
boshqasining ishchi maydoniga operatsiyalararo konveyrda tashiladi. (transport
yo’lining shaklidan qat’i nazar). Bu holda transport tizimi o’zaro harakatlar va
yuklarni vazifasini bajaradi.
Moslanuvchan
avtomatik
liniyalarda
ikki
turdagi
transporter
ko’targichlardan foydalanib kelinmoqda:
145
1)
Itaruvchi zveno yuritmalarning harakati uzulikli;
2)
Elevatorli zveno yuritmalarning harakati uzuliksiz;
3)
Vibrasion ko’targichlar mayda detallarni orientasiya hamda orientasiya
qilinmagan holatda vintli lotoklar yordamida yuqoriga ko’taradi.
Itaruvchi ko’targichni konstruktiv sxemasi rasm 5.3-rasmda keltirilgan.
Gidro yoki pnevmoprivod 1 yordamida shtanga 2 ilgarilanma-qayta harakat qiladi.
Shtangeni pastki holatida transport-ko’targichning 4 shaxtasiga lotokni qabul qilish
joyidan navbatdagi zagatovka qilib tushadi. Shtanga yuqoriga harakatlanganda
qurilmadagi hamma zagatovkalarni bir qadamga siljitadi, hamda eng yuqoridagi
zagatovka lotokdan dumalab texnalogik jihozga uzatiladi. Shtangani orqaga
qaytishida (pastga) zagatovkalarning hammasini pastga tushib ketmasligini
prujinali stoper 3 ta’minlaydi. Shtangani yuqoriga harakatlanishida detallar stoper
3 bosganda u pastga kirib ketadi.
5.3-rasm. Avtomatik liniya transport tizimlarinig tasnifi.
146
Transportyor ko’targichni konstruksiyasiga blokirovka qurilmalari, ularni
yuqish va o’chirishni boshqarish tizimlari, materiallarni magnitlanishini oldini
oladigan demagnitizatorlar kiradi. Ular avtomabilsozlik, podshipniksozlik ishlab
chiqarish
korxonalaridagi
avtomatik
liniyalarda
ishlatiladi.
Unifikasiya
elementlardan
foydalanib
tayyorlangan.
Xozirgi
kunda
transportyor
ko’targichlarning konstruksiyalari boshqa o’lchamga ega bo’lgan xalqalar uchun
sozlanadigan qilib tayyorlanmoqda.
Ko’targichni tanasi uzatilayotgan xalqalar uchun shaxta, boshqa transport
tizimlari uchun tayanch ustun vazifasini bajaradi.
Itaruvchi ko’targichlarni o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Ulardagi
kuchli elementlar xalqalarni kutargichning bir ustunidagi og’irligiga moslab
tayyorlanadi. Transport tizimining ishlov berish me’yorini oshishi shaxtadagi
detallarni inersiya kuchi ularning og’irligidan ancha ko’p bo’lishi mumkin.
Transport tizimlarining yuqori me’yorda ishlashini ilgarilanma qayta mexanizmli
itaruvchi ko’targichlarni qo’llash yaxshi effekt bermaydi; chunki konstruktiv
elementlarining tezda deformatsiyalanishi va eyilishi transport qurilmasining
ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini kamayib ketishiga sabab bo’ladi.
Sinfi: sinxronsiz (moslanuvchan); turi: yo’ldoshsiz; ko’rinishi: sekin
o’tuvchi; alohida ko’rinishlari: tarmoqsiz; bajarilishi: oqimli; variant: uzlukli
transport tizimli avtomatik liniya (5.4-rasm).
Sinfi: sinxronli (qat’iy); turi: yo’ldoshli; ko’rinishi: tez o’tuvchi; alohida
ko’rinishlari: tarmoqli; bajarilishi: majburiy; variant: uzluksiz transport tizimli
avtomatik liniya (5.5-rasm).
1, 2, 3 – dastgohlar, 4-koveyr, 5-to’plagich, 6-zagotovkalar uchun moslama,
7-detallar, 8-Yuklagich (5.5 va 5.5-rasmlar).
147
.
5.4-rasm.
5.5-rasm.
Transport tizimlarining ikki xil ko’rinishi mavjud: tarmoqli va tarmoqsiz.
Tarmoqli tizimda detallar oqimi bir necha oqimlarga bo’linishi, yoki aksincha, bir
necha oqimlar bir oqimga birlashishtirilganqurilmalar mavjud bo’lib, qancha detal
o’tishiga qarab parallel ishlaydigan dastgohlardan iborat bo’ladi. Tarmoqsiz
148
tizimlarda har doim detallaring bitta oqim bor, shuning uchun ularda oqimni
ajratish uchun asboblar yo’q.
Transport tizimlarida detallarni tashish uchun ishlatiladigan kuch hosil
qiluvchi qurilmalar alohida belgilari bilan ajralib turadi. Majburlash tizimlarida
turli uzatish vositalaridan foydalaniladi: avtooperatorlar (manipulyatorlar) va
konveerlar (qadamli, masofali, tasmali, rotorli, zanjirli, tebranma, rolikli-uzatuvchi
va boshqalar). Oqimli tizimlarda tortuvchi kuch hosil qilish uchun detallar va
yo’ldoshlarning o’z og’irligidan foydalaniladi.
Yarim oqimli tizimlarda ishqalanishni kamaytirish uchun tortuvchi kuch
hosil qiluvchi asboblardan foydalaniladi.
Barcha harakatlar ikkita ko’rinishda bo’ladi: uzlukli va uzluksiz, ya’ni
davriy va to’xtovsiz harakat qiladigan.
Ushbu qurilmalar turli kombinatsiyalarda qat’ish va moslanuvchan
transport tizimlarida qo’llaniladi.
|