108
4. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari – samaradorlikni oshishi
, kapital
qo’yilmalar samaradorligi koeffisienti E, keltirilgan sarf harajatlar.
Bunday matematik modelni yaxshi tomoni uni ayrim o’zgaruvchilarini
o’zgartirish bilan uni ta’sirini aniqlashdir. Aniqlovchi parametrlarni miqdorini
bilgan holda iqtisodiy ko’rsatgichlarni aniqlash bilan texnik mumkin bo’lgan
maqbul variantni aniqlash mumkin. Shuning bilan birga maqbul iqtisodiy
ko’rsatgichlar (masalan, minimal hizmat muddati) asosida tenglamani teskari
hisoblab texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarni boshlang’ich parametrlarini aniqlash
mumkin. Shunday qilib, samaradorlik nazariyasi uslublari quyidagi masalalarni xal
qiladi:
1.
Eng yaxshi iqtisodiy samara beradigan variantni, qiyoslanadigan variantlarni
texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari (samaradorlik, ishonchlilik qiymati, hizmat
ko’rsatuvchi ishchilar soni va boshqalar)ni muxandis nuqtai nazardan taxlili
asosida aniqlash.
2. Talab etilgan iqtisodiy samaradorlik asosida, loyixalanayotgan avtomat yoki
avtomatliniya’ni texnik harakteristikalari qanday bo’lishi kerakligini aniqlash.
3.
Iqtisodiy
kriteriyalar
asosida
loyixalanayotgan
mashinani
texnik
harakteristikalarini optimallashtirish.
Samaradorlik nazariyasi matematik modeldan foydalanilgan holda
texnologiya va loyixalashni u yoki bu rivojlanish yo’nalishini miqdoriy taxlil qilish
va bu asosida avtomatlashtirishning har xil yo’nalishlarini kelajagini aniqlash
mumkin bo’ladi.