Rotorli avtomatik liniyalar.
Rotorli liniyalar avtomatik texnologik uskunalarning oliy shakllardan biri
bo’lib, ish unumining va mahsulot sifatining yuqori darajali bo’lishini ta’minlaydi.
Ular yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida unchalik katta bo’lmagan va nisbatan
oddiy detallarni shtampovka qilish, preslash, quyish, kesish va boshqa usullarda
ishlov berish, shuningdek yig’ish, joylash va sifatni nazorat qilish uchun
mo’ljallangan.
Yalpi
ishlab
chiqarishni
rotorli
liniyalar
asosida
kompleks
avtomatlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda, shuningdek ularni sanoatda
joriy etishda akademik L.N.Koshkin rahbarligidagi konstruktorlik shu’basi katta
hissa qo’shgan. Bu konstruktorlik shu’basida o’nlab operatsiyalardan iborat
texnologik ishlov berish jarayonlarini bajarish uchun rotorli avtomatik liniyalar
yaratilgan.Rotorli liniyalar bo’lingan (ayrim-ayrim joylashgan) avtomatik
uskunalarga nisbatan ish unumini 3-6 marta oshiradi, buyumlarni tayyorlashdagi
mehnat sarfini 2-4 marta kamaytiradi, band etiladigan ishlab chiqarish maydonlari
3-10 marta qisqaradi va mahsulot tayyorlashdagi ishlab chiqarish siklini 10-20
marta kamaytiradi.
Rotorli va rotorkonveyerli avtomatik liniyalar bo’ladi.
Bir staninaga o’rnatilgan va yuritish hamda boshqarish sistemalari bilan
birlashtirilgan texnologik va tashish rotorlari majmuasi rotorli avtomatik liniya deb
ataladi. Rotor-konveyerli avtomatik liniya rotorli liniyadan farqlanib, unda ishlov
beriladigan buyumlar va asbob texnologik rotorlarning bajaruvchi organlaridan
ajratilgan hamda moslanuvchan tashish konveylarida joylashgan.
96
2.7-rasm. Texnologik va tashish rotorlarining ishlash sxemasi.
2.7-rasmda texnologik va tashish rotorlarining ishlash sxemasi keltirilgan.
Zagatovka texnologik rotorga Izonada tashish rotori 13 yordamida beriladi. Bunda
texnologik va tashish rotorlari uzluksiz aylanib turadi. Bu zonada tashish
rotorining ko’tarib turuvchi organi 7 ochiladi va zagatovka asboblar bloki 8 da
qoladi. Keyinchalik II zona da texnologik rotor uzluksiz aylanib turgani holda
polzunlar 4, 10 qo’zg’almas kopirlar 5, 11 ta’sirida blok 8-dagi asboblarni siljitadi,
natijada ma’lum texnologik o’tish (yoki o’tishlar) bajariladi. III zonada tashish
97
rotori 12ning ko’tarib turuvchi organi 7 ishlov berilgan detalni texnologik
rotorning asboblar blokidan qamrab olib, uni texnologik zanjir bo’ylab haraktni
davom ettirish uchun uzatadi (bunda ham rotorlar uzluksiz aylanib turadi). Eyilgan
asboblar bloklar rotorlar aylanishdan to’xtagandan keyin IV zonada almashtiriladi.
Texnologik va tashish rotorlari aylanma harakatni umumiy yuritmadan tishli
g’ildiraqlar 1, 2, 3 orqali oladi.
Shunday qilib, rotorli avtomatik liniyalarda zagatovkalardan tayyor buyum
olgunga qadar detallarga ishlov berishda detal va asbob uzluksiz harakatda bo’ladi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, bir staninaga o’rnatilgan va yuritish
hamda boshqarish sistemalari bilan birlashtirilgan texnologik va tashish
rotorlarining majmuasi rotorli avtomatik liniya’ni tashkil etadi.
Rotorli liniyalar ikkita asosiy prinsip bo’yicha quriladi.
1.
Ishlov beriladigan detallar uzluksiz oqimda harakatlanadigan bikir (sinxron)
texnologik oqimli liniya. Bunday liniyaada detallarning texnologik rotorlar
o’rtasida to’planib qolishiga yo’l qo’yilmaydi, detallar tashish rotorlarida
to’planishi mumkin.
2.
Ishlov beriladigan buyumlarning texnologik oqimi moslanuvchan (asinxron)
bo’lgan liniya. Bu liniyada detallarning sklizlar, diskli rotorlar, mexaniqaviy
elevatorlar, konveyerlar va x.k.da to’planishiga ruxsat etiladi.
Birinchi prinsip bo’yicha qurilgan liniyalarda ishlab chiqarish sikli qisqa
bo’lib, 2-3 minutdan oshmaydi. Moslanuvchan texnologik oqimli liniyalarda ishlab
chiqarish sikli uzoqroq davom etadi.
Rotorli va rotor-konveyerli avtomatik liniyalar texnologik oqimni,
liniya’ning moslanuvchanligini, transport (tashish vositasi)ning, boshqarish
sistemasini va x.k.ni tavsiflaydigan ko’p belgilarga qarab tasniflanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, rotorli va rotor-konveyerli avtomatik liniyalar
yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida samarali bo’ladi. Lekin ko’pnomenklaturali
liniyalardan seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida ham samarali foydalanishi
mumkin.
98
2.8-rasm. Rotorli avtomatik liniya’ni sxemasi.
Bulargaixtisoslashtirilgan jihozlardan to’zi lgan avtomat liniyalar qatoriga
ko’pgina rotorli liniyalarni kiritish mumkin.
Rotorli avtomat liniyalar uzluksiz ishlaydigan mashinalardan tashkil
topgan. Bu mashinalarda texnologik jarayon elementar operatsiyalarga bo’lib
Yuborilgan. Avtomat liniyalar presslash, kuydirish, cho’zishda juda samarali
ishlaydi. Rotorli mashinalarning ayrimlarida elementlar aylana bo’ylab,
boshqalarida (zanjirli tipdagilarida) esa to’g’ri chiziqli tutash uchastkalarga
(metrodagi eskalatorga o’xshash) o’tuvchi egri chiziqli uchastkalar bo’ylab
harakatlanadi.
Mashinasozlikda rotorli avtomat liniyalar buyumlarni list materiallardan va
hajmdor qilib shtamplab tayyorlashda, vtulka-rolikli zanjirlar, kichik detallarni
frezalab va yo’nib tayyorlashda, bo’yash, markalash, termin ishlov berishda va
galvaniq usul bilan qoplama qoplashda ishlatiladi. Liniyalarning asosiy afzalligi
shundan iboratki, ularda turli xil operatsiyalarni bajarish mumkin.
Tipaviy rotorli avtomat liniya yuklash rotori, rotorli yoki zanjirli tipdagi ish
mashinasi va tashish rotoridan to’zi lgan. Ish mashinasida bir nechta asbob bloki
bo’lib, ular avtomatik ravishda almashtirilishi mumkin. Asbob mashinadan
tashqarida, maxsus sterjenda sozlanadi va bu vaqtda zapasdagi asbob bloki ishga
tushadi. Rotorli avtomat liniyalarda buyumlarni tekshirish rotorlari yordamida
to’liq tekshirish ko’zda tutilgan.
Rotorli mashinalarda katta kuch hosil qilish uchun mexano-gidravlik yoki
gidravlik yuritmalar, kichik kuch hosil qilish uchun esa kulachokli, mexaniq
99
yuritma qo’llaniladi. Rotorli avtomat liniya’ni yagona boshqarish, ximoya
sistemasi birlashtirib turadi.
Uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar uchun ko’p pozitsiyali mashina,
qisqa vaqt davom etadiganlari uchun esa kam pozitsiyali mashinalar yaratiladi.
Qizdirib shtamplash liniyasida zagotovka rotorli isitish mashinasiga, keyin
shtamplash rotori, chetlarini kesish rotoriga, sovitish rotoriga uzatiladi.
Eng oxiri zagotovka ximiyaviy usulda ishlov berish rotoriga keladi.
Rotorlar 2 va 4 jarayonni boshqarib boradi. Bir xil tipdagi detallar partiyasi kichik
bo’lganda liniya’ning rotorli mashinalari ko’p nomenklaturali qilib yaratiladi va
ular bir yo’la har xil buyumlar ishlaydigan asbob bilan jihozlanadi.
Rotorli avtomat liniya aylana yoylari bo’yicha harakat qiluvchi xom
ashyolarga birdaniga ishlov berishni taminlovchi, bir – biri bilan bog’langan ishchi
mashinalar va transport qurilmalari bilan bog’langan «avtomat» tarzda ishlovchi
kompleksdir. Bunday rotorli avtomat liniyalar shtamplash, presslash, yig’ish,
nazorat qilish va boshqa operatsiyalarni bajarishda keng qo’llaniladi.
Boshqacha qilib aytganda, rotorli avtomat liniya texnologik (ishchi) va
transportlash rotorlaridan tashkil topgan bo’ladi. Xom ashyoni bir texnologik
rotordan ikkinchisiga transport rotori uzatadi. Texnologik rotorda umumiy o’qda
teng joylashgan asboblar bloklari va unga mos holda xom ashyoni ushlab turuvchi
elementlari bo’lib, asboblar bloklariga o’q bo’yicha harakat mexaniq yoki
gidravlik tizimlar yordamida beriladi.
Transport rotorlari baraban yoki disk ko’rinishida bo’lib, xom ashyoni
uzatish organi bilan taminlangan. U xom ashyoni bir ishchi rotordan qabul qilib
olib, tashib ikkinchi ishchi rotorga uzatadi.
Avtomat liniyalarda ishlov beriladigan buyum konstruksiyasi ishlab
chiqarish xajmi, avtomatlashtirilgan tashish va bazalashtirish, progressiv ishlov
berish texnologiyalarini qo’llash nuqtai nazaridan chuqur texnologiklikka taxlil
qilinadi.
100
Zagatovkani o’lchamlari, material tarkibi, bir xil bo’lish, qo’yimlarni va
qattiqlikni bir xil va doimiy bo’lishi, prut va trubalardan bo’lgan zagatovkalarni
tog’rilab olinishi juda zarur. Xom ashyoda birorta defekt bo’lishi mumkin emas.
Zagatovkani tashish chog’ida va ishlov vaqtida, oson o’rnatiladigan,
fiksasiya va maxkamlashga qulay bazalar olinishi kerak.
Amal va o’tishlarni konsentrasiyalash, ko’p tomonli, shpindelli ishlovlar va
har xil texnologik amallarni bajarish imkonini beruvchi ko’p pozitsiyali
agregatlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Texnologik jarayonni amallarga bo’lishda har bir pozitsiyada bir xil
unumdorlik bo’lishi uchun harakat qilish zarur.
Avtomat liniyalarda ishlov berishga ko’ra va toza amallarni alohida
bajarish, bunda toza ishlov beruvchi dastgohlarni liniya’ni oxirida joylashtirish
muximdir. Murakkab xom ashyolarga ishlov berishda kora va toza amallar orasida
termik ishlov berish, sun’iy eskirtirish amallarini qo’llash mumkin. Avtomatik
liniya’ni oxirida yig’ish, yuvish, konservasiyalash va upakovkalash amallari
bajariladi.
Rotorli liniyalar - avtomatik texnologik uskunalarning oliy shakllaridan biri
bo’lib, ish unumining va mahsulot sifatining yuqori darajada bo’lishini
ta’minlaydi. Ular yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida unchalik katta bo’lmagan va
nisbatan oddiy detallarni shtampovka qilish, presslash, kesish va boshqa usullarda
ishlov berish, shuningdek yig’ish, joylash va sifatni nazorat qilish uchun
mo’ljallangan.
Texnologik va tashish rotorlarining ishlash prinsipi quyidagicha:
Zagotovka texnologik rotorga zonada tashish rotori yordamida beriladi.
Bunda texnologik va tashish rotorlari uzluksiz aylanib turadi. Bu zonada tashish
rotorining ko’tarib turuvchi organi ochiladi va zagotovka asboblar blokida qoladi.
Keyinchalik zonada texnologik rotor uzluksiz aylanib turgani holda polzunlar
qo’zg’almas kopirlar ta’sirida blokdagi asboblarni siljitadi, natijada ma’lum
texnologik o’tish (yoki o’tishlar) bajariladi. Zonada tashish rotorining ko’tarib
turuvchi organi ishlov berilgan detalni texnologik rotorning asboblar blokidan
101
qamrab olib, uni texnologik zanjir bo’ylab harakatni davom ettirish uchun uzatadi
(bunda ham rotorlar uzluksiz aylanib turadi).
2.9-rasm. Rotorli avtomatik liniya’ni umumiy sxemasi.
1 - ishchi rotor; 2 - xom ashyoni yurish yo’li; 3 - transport rotorlari ishchi uyalari;
4 - transport rotorlari ishchi uyasidagi xom-ashyo; 5 - ishchi asboblar;
6 - o’q bo’yicha harakat beruvchi mexanizm.
Rotor-konveerli avtomatik liniya rotorli liniyadan farqlanib, unda ishlov
beriladigan buyumlar va asbob texnologik rotorlarning bajaruvchi organlaridan
ajratilgan hamda moslanuvchan tashish konveyerlarida joylashgan.
Eyilgan asbobli bloklar rotorlar aylanishdan to’xtagandan keyin zonada
almashtiriladi. Texnologik va tashish rotorlari aylanma harakatni umumiy
Yuritmadan tishli g’ildiraqlar orqali oladi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, bir staninaga o’rnatilgan va Yuritish
hamda boshqarish sistemalari bilan birlashtirilgan texnologik va tashish
rotorlarining majmuasi rotorli avtomatik liniya’ni tashkil etadi. Bunday liniya’ni
sxemasi ko’rsatilgan. Bu liniyada texnologik rotorlar 9, 8 va 7 mos holda sakkiz,
o’ttiz olti va to’rt pozitsiyaga ega, chunki ularda texnologik o’tishlarni bajarish
vaqti har hil bo’ladi. Zagotovkalar liniyaga magazin 1 dan tashish rotori 2
102
yordamida o’rnatiladi, tashish rotori 5 esa tayyor detallarni liniyadan olib, qabul
magazini 6 ga uzatadi. Tashish rotorlari 3, 4 ishlov beriladigan detallarni
texnologik rotorlar o’rtasida uzatadi.
2.10-rasm. Mexaniq tutgich sxemasi.
2.11-rasm. Buruluvchi yutkichlar sxemasi.
2.12-rasm. Xom-ashyolar taxlangan holdagi shtabelli yuklash moslamalari.
|