V guruh. Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/88
Sana31.01.2024
Hajmi8,74 Mb.
#149272
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

V guruh. Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar 
Bunday liniyalar agregat dastgohlardan tashkil topgan bo’lib ko’p seriyali 
va yalpi ishlab chiqarishda juda yaxshi samara beradi. Bu liniyalarda alohida 
tashish qurilmalari sikl bo’yicha aniq ishlov berilishini ta’minlaydi. 
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar juda ko’p texnologik 
o’tishlarni talab etadigan murakkab detallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan. 
Bunday detallarga dvigatellarning silindrlar bloki va bloklarning kallaqlari; 
uzatmalar qutisi va avtomabillar ketingi ko’priklarning korpuslari, elektr 
dvigatellarning staninalari dvigatellarning toza havo kiritish va ishlatilgan gazlarni 
chiqarish kollektorlari, tirsaqli vallar va x.k.kiradi. Ko’rsatilgan detallarni tashish 


93 
va moslamalarga maxkamlash uchun ularda aniq zamin Yuza bo’lmaydi. SHuning 
uchun agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar yo’ldoshlar bilan 
jihozlanishi yoki jihozlanmasligi mumkin. 
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalarda birxillashtirilgan 
qismlar va detallar 60-75 foizni tashkil etadi. Bunga agregat dastgohlarni tashkil 
etgan qismlar va detallar, shuningdek tashish va burish qurilmalari, yordamida 
qurilmalarning gidravlik yuritmalari, qirindilarni yig’ishtirish transportyorlari, 
nazorat qurilmalari va avtomatik liniyalarning boshqa mexanizmlari kiradi. 
Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalardan yirik seriyalab va 
yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida samarali foydalaniladi. 
Teshiklarga ishlov beradigan avtomatik liniyalarda kuch agregatlar 
gorizontal, vertikal va aralash joylashgan birva ikkitomonli agregat dastgohlar 
keng qo’llamda qo’llaniladi. Gorizontal joylashgan ikkita va vertikal joylashgan 
(portalga o’rnatiladigan) bitta kuch agregatlar bilan jihozlangan uch tomonli 
dastgohlar nisbatan kam qo’llaniladi, chunki vertikal kuch agregatga hizmat 
ko’rsatish juda qiyin. 
Ochiq transportyorli avtomatik linyalarda, odatda detallarga bir, ikki yoki 
uch 
tomonlama 
ishlov 
beradigan 
birpozitsiyali 
agregat 
dastgohlar 
qo’llaniladi.Bunday liniyalar mayda detallarga yalpi ishlov berishda befoyda 
bo’ladi. Mayda detallarga bo’lish stollari yoki barabanlari bilan jihozlangan 
ko’ppozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan avtomatik linyalarda ishlov berish foydali 
bo’ladi. Bunday dastgohlarda ishlov berish xillari ko’p bo’lganidan avtomatik 
liniya’ning uzunligi birpozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan liniyalarning 
uzunligidan ancha qisqa bo’ladi. Ko’p pozitsiyali dastgohlardan to’zi lgan 
liniyalarda berk transportyorlar ishlatiladi. Bunday transportyorlar detallarni (yoki 
detallar o’rnatilgan yo’ldoshlarni) dastgohdan dastgohga uzatadi, lekin ular 
dastgohlarning ish zonalaridan o’tmaydi. Detallar (detallar o’rnatilgan 
yo’ldoshlar)dastgohlarning ish zonasiga yakka yuklash-bo’shatish qurilmalari 
(masalan, manipulyatorlar) yordamida uzatiladi va ish zonasidan olinadi, bu esa 
tashish sistemasini murakkablashtiradi. 


94 

Download 8,74 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V guruh. Agregat dastgohlardan to’zi lgan avtomatik liniyalar

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish