• I guruh. Qo’lda boshqariladigan dastgohlar.
  •   2.5 Avtomatik liniyalarning turlari




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/88
    Sana31.01.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #149272
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK

     


    84 
    2.5 Avtomatik liniyalarning turlari. 
    Butun mashinasozlikni darajasi, unda qo’llanilayotgan metall kesish 
    dastgohlarining rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Metallkesish dastgohlarini 
    avtomatlashtirishni tarixiy rivojlanish tendensiyasi, umuman mashinasozlikni 
    avtomatlashtirishni rivojlanishini belgidaydi. 
    Bunda shuni ta’kidlash zarurki avtomatlashtirishni rivojlanishida bir xil 
    ko’rsatgichlar yaxshilansa (eng avalo hizmat ko’rsatadigan ishchilar soni ozayishi 
    va unumdorlikni oshishi) boshqa ko’rsatgichlar, universalligi va moslanuvchanligi 
    kamayadi va qiymati oshadi. 
    «Qo’lda» 
    boshqariladigan 
    dastgohlar, 
    universal, 
    maxsus 
    va 
    maxsuslashtirilgan avtomat va yarim avtomatlar. Quyida avtomatlashtirishni, 
    dastgohlar guruhlarini avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra ularni o’ziga xos 
    hususiyatlari va qo’llashga moyilligini ko’rib chiqamiz. 
    I guruh. Qo’lda boshqariladigan dastgohlar. 
    Bunday dastgohlarni yuqori universalligi va moslanuvchanligi, ularni 
    yuqori unumdorlik talab etilmaydigan donalab va mayda seriyalab ishlab 
    chiqarishda qo’llaniladi. Shuningdek, hizmat muddatini ozligi uchun, o’zini 
    oqlaydigan yuqori unumdorligi, qimmatbaxo maxsus dastgohlar o’rniga, yalpi tez 
    almashinishi mumkin bo’lgan (priborsozlik, samolyosozlik) ishlab chiqarishda 
    universal qo’lda boshqariladigan va raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar 
    qo’llaniladi. 
    Moslanuvchan aloqali liniyalarda har qaysi texnologik uskuna yoki 
    uskunalar guruhi o’rtasida magazinto’plagich bo’ladi. Natijada detal bir uskunada 
    ishlov berilgandan keyin avval to’plagichga uzatiladi, bu to’plagichda avvaldan 
    turgan detal esa navbatdagi uskunaga uzatiladi. Mazkur holatda liniyadagi biror 
    texnologik uskuna to’xtab qolsa, liniya’ning ishga yaroqdi qismi to’plagichlardagi 
    detallar hisobiga ishni davom ettira beradi. Lekin to’plagichlar qo’llanilganda 
    avtomatik liniyalar murakkablashadi. 
    Avtomatik liniyalar ishlov beriladigan detallarni tashish usuliga qarab 
    yo’ldoshli va yo’ldoshsiz bo’ladi. Yo’ldoshli liniyalar tashish yoki ish 


    85 
    pozitsiyalarida moslamalarga mahkamlash uchun noqulay bo’lgan murakkab 
    shaklli detallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Yo’ldoshlar bilan jihozlangan 
    avtomatik liniyalar detallarni texnologik uskunaning bajaruvchi organlariga 
    nisbatan puxta va aniq vaziyatda o’rnatishni ta’minlaydi. Ayni vaqtda 
    yo’ldoshlarni detalni qabul qilish joyiga qaytaruvchi transport (tashish) qurilmalari 
    avtomatik liniyalarni murakkablashtiradi va ularning narxini oshiradi. 
    Avtomatik liniyalar tashish qurilmalarining texnologik uskunaning ish 
    zonasiga nisbatan joylashishiga qarab ochiq va berk bo’ladi. Ochiq liniyalarda 
    tashish qurilmalari texnologik uskunalarning barcha ish zonalaridan o’tadi, berk 
    liniyalarda esa ish zonalaridan tashqarida o’tadi. Berk liniyalarda ishlov 
    beriladigan detallar uskunaning ish zonasiga alohida-alohida tashish qurilmalari 
    yordamida tashib keltiriladi. 
    Ochiq avtomatik liniyalar berk liniyalarga nisbatan oddiy to’zi lgan. Lekin 
    ochiq liniyalar, odatda, uzunroq bo’ladi, chunki ularda detallarning bir yoki ikki 
    tomoniga ishlov beradigan birpozitsiyali agregat dastgohlar (berk liniyalardagi 
    ko’ppozitsiyali 
    dastgohlar 
    o’rniga) 
    ishlatiladi. 
    Ochiq 
    transportyordan 
    foydalanganda agregat dastgohlarning ish zonalarini bir sathda joylashtirish xam 
    zarur bo’ladi, bu esa dastgohlarni murakkablashtiradi va ularni o’rnatish hamda 
    geometrik aniqligini tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, bunday 
    avtomatik liniyalarda korpus detallarga ko’ptomonlama ishlov berishda 
    to’ntargichlar talab etiladi, natijada tashish sistemasi murakkablashadi va liniya 
    uzunlashadi. Ko’rsatilgan kamchiliklar detallarni tashish uchun portal robotlar 
    bilan jihozlangan berk avtomatik liniyalarda bartaraf etiladi. 
    Har qaysi pozitsiyada bir vaqtda ishlov beriladigan bir xil detallar soniga 
    qarab bir va ko’poqimli liniyalar bo’ladi, turli detallar soniga qarab esabirva 
    ko’ppredmetli liniyalar bo’ladi. 
    Avtomatik liniyalar qayta sozlash imkoniyatining mavjudligiga qarab qayta 
    sozlanmaydigan va qayta sozlanadigan yoki moslanuvchan liniyalar deyiladi. 
    Moslanuvchan liniyalar ikki turli bo’ladi: 


    86 
    1) 
    ilgaridan topshiriqda ko’rsatilgan, o’lchamlari va ishlov berish texnologiyasi 
    bir xil bo’lgan detallar guruhiga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar; 
    2) 
    to’zi lishi va ishlov berish texnologiyasi avvaldan ma’lum bo’lmagan yangi 
    detallarga ishlov berishga qayta sozlanadigan liniyalar. Bunday liniyalar 
    texnologik uskunalarning ayrim qismlarini, tashish va Yuklash qurilmalarini, 
    kesish asboblarini rostlash yoki almashtirish yo’li bilan qayta sozlanadi. 

    Download 8,74 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish