105
orasidagi bog’lanishni aniqlovchi tenglama tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik
nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni
qo’llashdan olingan samarani hisoblash bilan bog’liq, balki avtomatlashtirilgan
dastgohlarni bo’lishi mumkin bo’lgan har xil variantlarini taxlil qilish hamda eng
ko’p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul
variantni parametrlarini aniqlash uchun hizmat qiladi.
Umuman olganda mashinalar sinfini uchta asosiy sinnfga: bir turdagi
energiya’ni boshqa turga aylantiruvchi mashina dvigatellari (elektrodvigatellar,
generatorlar, trubinalar, ichki yonish dvigatellari va boshqalar); ma’lumotlarni
aylantirishga hizmat qiluvchi hisoblash mashinalari (sonli va analogli hisoblash
mashinalari), va energiya’ni konkret ishga aylantiruvchi ishchi mashinalarga
ajratish mumkin. Ishchi mashinalar yordamida detallarni formasi, hususiyati, holati
va ishlov berish ob’ektining ko’rinishlari ishlab chiqariladi. Har qanday ishchi
mashinasi dvigatel’, uzatish va ish bajaruvchi mexanizmlardan iborat bo’ladi. Har
qanday mashinani asosini ish bajaruvchi mexanizmlar tashkil etadi. Ularning
tarkibi mashinalar nomlarini (tokarlik dastgohi, har xil qurilmalar yordamida
texnologik jarayonlarni bajarish, pechatlovchi mashina va boshqalar), texnologik
sharoit va universallik darajasini aniqlash imkonini beradi. Har qanday mashinada
ishlov berish jarayoni insonni ishtirokisiz amalga oshiriladi, ammo ishlov berish
jaryonidagi ish qurolini mashinani o’zi boshqaradi.