• Avtomatik tahrir
  • Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/26
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #262630
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
    Bog'liq
    abdurahmonova sayyora

    Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)
    – bir tildagi matnni ikkinchi bir
    tilga kompyuter vositasida qisqa vaqt ichida tarjima qilish. Mashina tarjimasi
    bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya
    isttitutida o‘tkazildi. 1954-yilda AQSH dagi Jorjtaun universitetida birinchi
    marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha 
    “Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu
    tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Tajriba bazasi algoritmlardan iborat
    bo‘lib, 50 000 ta so‘z (50 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
    SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa
    matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz
    tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA mashina tarjimasi
    tizimi 10 mln ta so‘z bazasiga asoslanib, dunyoning 6 ta yirik tilida
    avtomatik tarjimani ta’minlaydi. YEUROTRA tizimi barcha yevropa tillari
    bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi ham 40 
    mln ta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lib, dunyodagi 40 ta tilda avtomatik
    tarjimani amalga oshiradi.
    Internet tiziming rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global
    tarmoqda ham tashkil etiladi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi faol
    yo‘lga qo‘yilgan
    12

    Avtomatik tahrir
     
    kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan
    biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Exsel, 
    Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Avtomatik tahrir deganda, 
    kompyuterga kiritilayotgan matnning mexanik xatolari avtomatik tarzda
    to‘g‘rilanishi va xato ekanligi haqidagi signallarning foydalanuvchiga taklif
    etilishi nazarda tutiladi. Masalan, Microsoft Word dasturi bilan
    ishlayotganimizda kiritilgan matnda so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar 
    12
    Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011, 143-bet. 


    27 
    bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki yashil rangdagi to‘lqinli chiziqning
    chizilishi; katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning avtomatik tarzda
    bosh harfga o‘tkazilishi, bandlarning avtomatik raqamlashtirilishi; xatboshini
    to‘g‘irlashi kabi mexanik ishlar avtomatik tahrirda erishilgan yutuqlar
    hisoblanadi.
    Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U matn
    muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan
    rivojlanmoqda. Oddiy muharrirlardan farqi shundaki, unda tahrir avtomatik
    tarzda qisqa vaqt ichida katta hajmli matnlar tez tekshirilib, xatolarni samarali 
    to‘g‘rilash kabi imkoniyatlari bo‘ladi. Avtomatik tahrirning pragmatik 
    ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli ma’lumotlar bazasi
    yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqilsa, muharrir kasbi uchun ehtiyoj
    qolmaydi. Bu esa matn bilan ishlashni osonlashtiradi 
    13
    .
    Avtomatik tahrirlash yo‘nalishida ham bugungi kunda barcha
    kompyuterlarda mavjud bo‘lgan avtomatik tahrir qiluvchi dasturlar ishlab 
    chiqilgan bo‘lib, ular ruscha, inglizcha, nemischa, fransuzcha, italyancha
    matnlarni tahrirlaydi. Bunday tahrirlash dasturlari asosan, imloni tekshirishga
    mo‘ljallangan. Ushbu yo‘nalishda R.G.Kotov, V.G.Britvin, I.A.Melchuk, 
    A.B.Kuznetsov, 
    L.I.Belyayeva, 
    V.A.Chijakovskiy, 
    G.G.Belogonov, 
    I.S.Duganovlar samarali tadqiqot olib borganlar.
    Ushbu olimlarning asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir
    qiluvchi dasturlar uchun mutaxassislarga asosiy lingvistik ta’min yaratib
    berishgan. Buning natijasida kompyuterdagi ruscha matnlarni tahrirlovchi
    dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar bugungi kunda barcha 
    kompyuterlarda mavjud.
    Lingvistik tahrirlash (korrektura) – turli ko‘rinishdagi (ilmiy, badiiy, 
    publisistik va rasmiy uslublardagi) matnlarning orfografik, grammatik, stilistik 
    hamda mantiqiy qurilishdagi xatolarni to‘g‘rilash demakdir. Matnlarni
    tahrirlashikki usulda amalga oshiriladi: 
    13
    Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – T., 2011. 98-bet.


    28 
    1.
    Inson tomonidan matnlarning tahrirlanishi (muharrirlik ishi). 
    2.
    Kompyuter vositasida tahrirlash (avtomatik tahrir). 
    Shuni ta’kidlash lozimki, har ikki holatda ham mutaxassisning faoliyati
    (qobiliyat, temperament, xarakter, irodaviy sifatlar, ijtimoiy holati) muhim
    ahamiyatga ega. Muharrir matnlarni bevosita tahrir qiladi, avtomatik tahrirda
    esa tilshunos bilvosita qatnashadi, ya’ni tahrirlash dasturining lingvistik
    bazasini yaratib beradi.
    Ma’lumki, kompyuter yaratilmasdanavval matnlar yozuv mashinkalarida 
    terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion, stilistik va grammatik
    xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, matnni boshidan oxirigacha qayta yozib chiqishga
    to‘g‘ri kelgan, bu esa foydalanuvchiga noqulaylik tug‘dirgan. Bugungi kunga
    kelib, kompyuter orqali matnning tahrir qilinishi bir necha qulayliklarni
    yaratdi. Unda foydalanuvchi dialogli rejimda ishlaydi va o‘z o‘rnida xatolarni
    to‘g‘rilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida uni
    shakl jihatdan ham tahrirlash imkoniyatiga bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
    avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga
    qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, rus, ingliz, fransuz, nemis va boshqa
    tillarida. Bazada lingvistik ta’minoti mavjud bo‘lmagan tilda matn kiritilsa, 
    dastur uni avto-lingvistik tahrirlay olmaydi, aslicha yozilgan internatsional
    so‘zlar esa bundan mustasno. Masalan, kompyuter, internet, klaviatura, modem, 
    telefon, faks kabi. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS Word lug‘atida mavjud
    bo‘lmagan so‘z uchrasa, uning ostiga to‘lqinli qizil chiziq chiziladi. Mazkur
    holatda insonning – foydalanuvchining ishtiroki zarur, ya’ni foydalanuvchini
    so‘zning imlosi to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lsa, uning avtotahrirda to‘g‘ri deb
    tekshirilishi uchun MS WORD lug‘atiga “lug‘at kiritish” (kontekst menyudagi
    «добавитьвсловарь»buyrug‘i orqali mumkin. 
    Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu 
    vazifalarning eng asosiylari quyidagilar: 

    orfografiyani tekshirish; 

    grammatika va stilistikani tekshirish; 


    29 

    kontekstli qidiruv; 

    formatlash; 

    avtomatik referatlash – matndagi kalit so‘zlar asosida uning umumiy 
    mundarijasini yaratish; 

    matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, 
    diagrammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 

    matndagi abzaslar, belgilar, so‘zlarning miqdorini aniqlash (statistikasini 
    ko‘rsatish); 

    tezaurus xizmati – matndagi muayyan so‘zning sinonimik variantlarini 
    aniqlash; 

    transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, krill 
    alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 
    Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 
    1.
    Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga 
    oshiriladi, bunda etalon lug‘atdagi baza asosida tekshiriladi. 
    2.
    Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko‘ra murakkabroq. Chunki 
    orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning 
    sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo‘q. Rasmiy 
    matnlarning avtomatik tahriri bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan. 
    3.
    Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan sun’iy 
    intellekt tizimi bilan bog‘liq ravishda o‘rganilmoqda. Bunda mazkur ko‘p 
    aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini 
    boyitish, so‘z va so‘z birikmalari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar 
    (sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni modellashtirishga tatbiq 
    etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ munosabatlarni 
    o‘z intellektiga tayanib o‘rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun 
    murakkabdir. 
    MC Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 
    hozirgi kunda maxsus Spell Cheker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar 


    30 
    sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz. ispan, 
    italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini 
    tekshiradi. _ SpellLink -Enlis’h, SpellLink French, SpellLink Italian. SpellLink 
    Spanish. Ruta 1.0 rus va ukrain tillaridagi so‘zlarning imlosini tekshirishga yordam 
    beradi), Asutyp. Spellex, Spell atche kabi. Mazkur dasturlar Word dasturiga 
    qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi.
    Matn kiritish davomida so‘z yokiso‘zlar birikmasi ostiga yashil to‘lqinli
    chiziq chiziladi, bu tinish belgining noto‘g‘ri qo‘llanishi yoxud so‘zlarning
    grammatik noto‘g‘ri bog‘lanishi bilan bog‘liq. Bunday holda foydalanuvchi
    xatoni o‘zi to‘g‘rilab qo‘yishi kerak yoki ostiga chizilgan so‘zda
    sichqonchaning o‘ng tomoni bosilsa, kontekst menyu ochiladi, unda so‘zning
    to‘g‘ri varianti taklif etiladi yoki to‘g‘rilash uchun lingvistik ko‘rsatma
    beriladi, so‘ng xatoni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish