19
1. Taqdimot texnologiyasi.
2. Elektron multimediya darsligi.
3. Elektron ensiklopediya.
4. Elektron lug‘at.
5. O‘rgatuvchi audiodasturlar.
6. Universal test dasturi.
7. Elektron virtual kutubxona.
8. Masofaviy ta’lim.
Til
o‘qitish
jarayonini
avtomatlashtirish
o‘zining
samaradorlik
ko‘rsatkichining yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Til o‘qitish maqsadida yaratilgan kompyuter dasturlari ham aynan shu
jarayonga xizmat qiladi. Ona tili sifatida o‘zbek tilini, chet tili sifatida o‘zbek
tilini va chet tillarini o‘qitish jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanishda
lingvistik ta’minot asos vazifasini o‘taydi.
O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarining
yaratilishi uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Grammatikaning o‘zlashtiriladigan mavzulari bir necha bosqichlarga
bo‘linishi.
2. Universal, bugungi kun talablariga
javob bera oladigan imlo va
tarjima lug‘atlarini yaratish.
3. Dastlabki dastur namunasidagi bosqich shunday tuzilishi kerakki, u
o‘zida eng sodda ma’lumotlarni aks ettirsin.
4. Dasturda o‘zbek tili fonetikasi va leksikasi haqidagi tasavvurlarni
shakllantirishda, albatta, audio va video vositalar o‘z aksini topgan bo‘lishi
kerak.
O‘zbek tilini milliy til sifatida o‘rganuvchilar uchun o‘zbek tilidagi
dasturlarning ahamiyati sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
Til savodxonligi oshirish.
O‘z ona tili imkoniyatlarini chuqur o‘rganish orqali boshqa tilni
o‘rganish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish.
20
Xorijiy til dasturlarini ishlash tizimi va mohiyatini anglash
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Biroq til dasturlarini yaratishdan avval bir qator
masalalarni hal qilish
lozim:
a)
ona tili darsliklarida uchraydigan chalkashliklarni bartaraf etish,
ta’lim izchilligini ta’minlash;
b)
til o‘qitish dasturlari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish;
c)
o‘zbekcha imlo, tezaurus, omonimlar lug‘atining kompyuter
dasturlarini yaratish;
d)
matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirish uchun
savol-javobga tizimiga
asoslangan dasturlar yaratish;
e)
bilimlarni baholash bilan bog‘liq dasturlar yaratish va boshqalar.
Shu bilan bir qatorda, ona tilini milliy til sifatida o‘rganuvchilar uchun
tuziladigan o‘qitish dasturlarida asosiy urg‘u grammatik bilimlarni
o‘zlashtirishga emas, tildan to‘g‘ri foydalana olish, amalda oqilona qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek,
maktabda o‘quvchining sinfiga, yoshiga qarab dasturlar yaratish kerak
bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun alohida dasturlar yaratishdan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki yoshlikdan boshlab ularda til
ko‘nikmalarini shakllantirish yuqori sinflarga o‘tganda samarali natija beradi.
Til o‘qitishdagi dasturlarda quyidagi topshiriqlarni tavsiya qilish
mumkin:
1. “Quyidagi so‘zlarni imlo jihatdan to‘g‘irlang : hat, xavas, to‘xson,
xayot, dorihona, ishor, ishlapti … (bu topshiriq
bugungi kunning dolzarb
muammosi bo‘lgan savodxonlik masalasiga yaqindan ko‘mak beradi,
o‘quvchilarda lug‘at bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi).
2. “Do‘stingiz bilan “Kelajakdagi maqsadlarim” mavzusida
suhbatlashing. Suhbat jarayonida anaqa, munaqa, o‘shanaqa kabi olmosh
variantlaridan, shevaga oid so‘zlarda foydalanmang, so‘zlar takroridan
21
saqlaning” ( bu topshiriq dars jarayonida bajarilishi kerak. O‘quvchilarda
nutqiy ravonlikni, muomala madaniyatini shakllantiradi).
3. Dasturda video lavhalar ham o‘z ifodasini topishi kerak. O‘quvchilar
uni kuzatish orqali xatoliklarni topishi yoki yangi jihatlarini o‘rganishi kerak.
4. Qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash mahoratini
shakllantirishga qaratilgan
mashqlar o‘z ifodasini topishi (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun
tuziladigan dasturlarda). Masalan:
Bizda mamlakatimizda juda chiroyli binolarni bor.
O‘quvchilar kutubxonadan boradilar.