10
A.K.Po‘latov
3
, S.Muxamedova
4
, S.Rizayev
5
kabi olimlarning
ishlarini alohida
ta’kidlash lozim.
Tilni algoritmik jihatdan tasvirlash jarayoni matnni analiz va sintez qilishni
taqozo etadi. Bu esa “mazmun - matn” muammosi faqatsof lingvistik muammo
bo‘lib qolmay, balki matnni bir qator logik-matematik interpretatsiya (sharhlash)
qilish jarayonini ham taqozo etuvchi murakkab muammo ekanligini ko‘rsatadi. Bu
jarayonlarning barchasi matematik mantiq (logika) elementlari bilan aloqadordir.
Kompyuter lingvistikasi sun’iy intellektni yaratishda tirik mavjudotlar
va insonlardagi intellektual jarayonlarni matematik
va kompyuter modelini
tuzuvchi fan tarmog‘i bo‘lib, uning markazida tabiiy tillar ifodasining
matematik modellaridan foydalanish turadi. Bu soha qisman tabiiy tillarni
qayta ishlash bilan kesishadi. So‘nggi urg‘u
mavhum modellarga emas,
kompyuter tizimi uchun tillarning qayta ishlangan va ularning ifodasidagi
amaliy metodlarga beriladi. Kompyuter lingvistikasi tadqiqotchilarining
faoliyati til ma’lumotlarini qayta ishlash
uchun amaliy dasturlar va
algoritmlar ishlanmasini yaratish hisoblanadi.
Bugungi kunda tilshunoslikda kompyuter orqali bajariladigan ishlar bir
muncha ko‘paydi. Shuningdek, foydalanuvchiga qulaylik
yaratuvchi lingvistik
dasturlarga talab yanada oshib bormoqda.Bunga sabab informatsion olamning
kengayishi va insonlarning qulaylikka hamda tezkorlikka intilishi deb
baholashimiz mumkin.
Kompyuter yordamida orfografik, tarjima dasturlari,
sinonim, antonim, omonim lug‘atlarini yaratish, matnlarni
avtomatik ravishda
tarjima qilish, matnlarni to‘g‘ri tahrir qilish, hujjatlarni tahlil qilish, ma’lumotlar
bazasini ishlab chiqish lingvistik modellar asosidagi
mukammal dasturlarni
yaratishni taqozo etmoqda. Buning natijasida sun’iy intellekt bo‘lmish
3