Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va
boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan
xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va
natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq
band
qilish,
inflyasiyani
jilovlash
va
iqtisodiy
muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga
erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha
aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning
alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon
xo‘jaligi o‘rganiladi.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy
xulosalar chiqarishdir.