• Mavzuning dolzarbligi.
  • ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ




    Download 165,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana28.01.2024
    Hajmi165,54 Kb.
    #147586
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    sharq-mutafakkirlarining-pedagogik-qarashlari-orqali-bo-lajak-pedagoglarda-tayanch-manaviy-kompetensiyalarni-rivojlantirish

    ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 12 (121)
    Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaf-
    faqiyati, jamiyatning axloqiy va ma’naviy takomili 
    ko
    `
    p jihatdan yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga 
    bog'liq. 
    Mavzuning dolzarbligi. Sharqu Gʻarbni 
    oʻzaro bogʻlagan, buyuk sivilizatsiyalar tutas-
    hgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat 
    azaldan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarda ona 
    zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk 
    mutafakkirlar еtishib chiqqan. Ularning matema-
    tika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tib-
    biyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi koʻplab 
    sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, 
    Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaha-
    rlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning 
    maʼnaviy mulki hisoblanadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
    Mirziyoyev taʼkidlaganidek: «tarixiy merosni 
    asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlod-
    larga qoldirish ham davlat siyosatining eng 
    muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir”
    1
    .
    Sharqning ulugʻ allomalari va mutafakkirlarin-
    ing kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqi-
    yot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qan-
    day oʻzgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoni-
    yat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, 
    kashfiyotlar oʻzoʻzidan yuz bermaydi. Buning 
    uchun avvalo asriy anʼanalar, tegishli shartsha-
    roit, tafakkur maktabi, madaniymaʼnaviy muhit 
    mavjud boʻlmogʻi kerak.
    Xush ma`naviy-axloqiy tarbiyaning rivojlanishi 
    avvalo nimaga bogʻliq? Oʻrta asrlar Sharq tarixi 
    shundan dalolat beradiki, ma`naviyat, madaniyat 
    va taʼlim-tarbiya, sohalaridagi beqiyos yuksalish, 
    ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi 
    isteʼdodli avlodlar toʼlqinining paydo boʼlishi va 
    voyaga еtishi —iqtisodiyot, qishloq va shahar 
    xoʼjaligining ancha jadal oʼsishi, hunarmandlik 
    va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlani-
    shi, yoʼllar qurilishi, yangi karvon yoʼllarining 
    ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning 
    taʼminlanishi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan.
    Ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi-
    gan xalqimizning ma’naviy qadriyatlari azal-
    dan umuminsoniy g'ovalar bilan uyg'unlashib 
    ketgan. Bugungi kunda ma’naviyat tarbiyasi 
    bilan shug'ullanuvchi har bir mutaxassisning 
    1
    Mirziyoyev Sh. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar 
    vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi 
    nutqi // Xalq soʻzi, 2016, 19-oktyabr.
    vazifasi ajdodlarimiz asrlar mobaynida yarat-
    gan ma’ naviy merosni о`sib kelayotgan avlod, 
    butun xalqimiz mulkiga aylantirishdan iborat, 
    toki bu meros xalqimizning farovonligi, yuksak 
    ma’naviyati davlatimiz qudratini oshirishga xiz-
    mat qilsin.

    Download 165,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 165,54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

    Download 165,54 Kb.
    Pdf ko'rish